ILIQ
SOVUQ
SARIQ
hirlamchi
sarg'ish yashil
Rangning uchinchi parametri tanlangan rangning yorqinligini bildiradi va 0 dan 100 gacha bo‘lgan qiymatlami qabul qiladi. Masalan, oq rang tanlangan bo‘l- sin. Uning yorqinligi 100 (foiz) ga teng bo‘lsa, u oqligicha qoladi. Yorqinlik 0 ga teng qilib olinsa, oq rang qora rangga aylanib qoladi. 50 ga teng bo‘lsa, kul rang, 25 ga teng bo‘lsa, to‘q kul rang, 75 ga teng bo‘Isa, och kul rangga aylanadi.
Bu tizimning yaxshi tomoni unda bir-birini to‘ldiruvchi va bir-biriga yaqin bo‘lgan ranglar yaqqol ко‘rinib
turadi. Bir-birini to‘ldiruvchi ranglar deb doiraning bitta diametrida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ranglarga aytiladi.
Masalan, qizil va havo rang; va ko‘k; yashil va pushti ranglar; shu- ningdek, oq va qora ranglar bir-birini to'ldiruvchi ranglar hisoblanadi. To‘l- diruvchi ranglardan biri fon uchun olinsa, ikkinchisi chiziqlar chizish, matn yozish uchun ishlatiladi. Bunda chiziq va yozuvlar fonda yaqqol ko‘rinib tu
radi. Matnning biron qismini ajratish uchun matnning asosiy rangiga yaqin- roq rang tanlanadi.
Ranglar ikki turga ajratiladi. Ulardan birinchi iliq ranglar, ikkinchisi esa sovuq ranglar deb ataladi. Iliq ranglarga tarkibida qizil va sariq ranglar ko‘proq bo‘lgan ranglar, sovuq ranglarga tarkibida ko‘k va siyoh ranglar ko’proq bo‘lgan ranglar kiradi. Ayniqsa, ularga qora va kul ranglar aralashsa, ular yanada sovuqlashadi. Iliq va sovuq ranglar orasidagi yashil va binafsha ranglar neytral ranglar hisoblanadi.
Iliq ranglar odamning kayfiyatini ko‘taradi. Sovuq ranglar esa ruhiyatga yomon ta’sir qiladi. Dizayn bilan jiddiy shug‘ullanishni istaganlar iliq, sovuq, neytral ranglami va ular bilan ishlashni yaxshi bilib olishlari kerak.
(©) YODDA SAQLANG!
Turli ranglar inson kayfiyatiga turlicha ta’sir qiladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Yorug'lik nurlari haqida nimalar bilasiz?
Qo‘shiluvchi ranglar tizimi qanday ishlaydi?
Ayiriluvchi ranglar tizimi qanday ishlaydi?
HSB ranglar tizimi qanday ishlaydi?
HSB ranglar tizimidagi har bir parametr nimani anglatadi?
Bir-birini to‘ldiruvchi ranglar deb qanday ranglarga aytiladi? UYGAVAZIFA
Mavzuga doir o‘nta test tuzing.
12-DARS. PHOTOSHOPDA RANGLAR BILAN
ISHLASH
Yuqorida ko'rib chiqilgan ranglar tizimlari tabiatda uchraydigan ranglar- ning barchasini ham ko'rsatib bera olmaydi. Ulaming yana bir kamchiligi, bu tizimlar apparatga bog'liqdir. Boshqacha aytganda, bir tizimda ishlaydigan ikkita turli qurilma ranglami bir xil ko'rsata olmaydi.
I * Apparatlarga bog‘liq bo'lmagan va
ranglami qamrab olishi eng katta bo‘lgan ti- zim ishlab chiqilgan bo‘lib, u Lab deb ataladi. Ulardan birinchisi rangning yorug'ligini (ingliz tilidagi Lightless so'zidan olingan) anglatadi. Ikkinchi parametr a esa rangning qizildan yashilgacha, uchinchi parametr b rangning sariqdan ko‘k ranggacha bo'lgan o‘zgarishini aniqlaydi.
PhotoShopda bu tizimdan yuqorida kel- tirilgan bir tizimdan ikkinchisiga o‘tishda
foydalaniladi. Ya’ni bir tizimdan olingan rang awal Lab tizimiga o‘tkaziladi, so‘ng undan boshqa tizimga o'giriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |