ISBN 978-9943-5127-2-6
SO‘Z BOSHI
Qadrli o'quvchilar!
Ushbu darslik 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining dav- lat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan tasdiq- langan umumiy o‘rta ta’liirming davlat ta’lim standard hamda umumiy o‘rta ta’limning “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha malaka talablari asosida yaratilgan.
Darslikning birinchi bobida kompyuter grafikasi tushunchasi, uning tur- lari, PhotoShop 6 - rastrli grafik muharririda tasvirlami yaratish, boshqarish, turli ranglar holatlarida ishlash, tasvirlami bog'lash, matnlami tahrirlash, pa- litralami birlashtirish imkoniyatlari bilan tanishasiz.
Darslikning ikkinchi bobida web-sahifa, web-sayt, web-dizayn tushun- chalari, Macromedia Flash 8 dasturi yordamida web-sahifa yaratish, bezash va animatsiyalar yaratish imkoniyatlari bilan tanishasiz.
Darslikning uchinchi bobida axborot xavfsizligi tushunchasi, uning jami- yatdagi о‘mi, muammolari, axborotlami himoya qilish usullari, lokal, min- taqaviy, global kompyuter tarmoqlari, tarmoq xavfsizligi chora-tadbirlari, lokal va global kompyuter tarmog‘ida saqlanayotgan axborotlaming xavf- sizligini ta’minlash, elektron pochta xizmati tuzilmasi, kompyuter viruslari, antiviruslar bilan ishlashga oid ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Bir so‘z bilan aytganda, darslikdagi bilimlami o‘zlashtirib, siz uzviy ravishda informatika va axborot texnologiyalari sohasida o‘z-o‘zingizni intelektual rivojlantirish, kamolotga intilish, kognitivlik ko‘nikmalaringizni mustaqil ravishda muntazam oshirib borasiz va o‘z xatti-harakatingizni baho- lash imkoniyatiga ega bo‘lasiz degan umiddamiz.
Mualliflar
I BOB. KOMPYUTER GRAFIKASI
Siz ushbu bobni mutolaa qilib, grafik obyektlar va ulami kompyuterda tasvirlash usullari, ikki va uch o‘lchamli kompyuter grafikasi turlari, PhotoShop rastrli grafik muharririda ishlash asoslari, interfeysi, uskunalar paneli va palitralari, grafik obyekt fayllari bilan ishlash, tasviming geometrik shakl ko‘rinishidagi qismini ajratib olish, tasvir bo‘lagini ajratib olish usullari, tasvirlami kadrlash va ularda shakl almashtirish amallarini bajarish, qatlamlar va ulardan foydalanish, rang tizimlari, ranglar bilan ishlash, kanallar va filtrlar haqida ma’lumot, mo‘yqalam va qalam bilan ishlash, tasvirga geometrik shakllami va vektorli obyektlami joylash, tasvirga matn joylash haqida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo'lasiz. / x
Do'stlaringiz bilan baham: |