Matematik funksiyalar
t/r
|
Funksiya
|
Vazifasi
|
1.
|
ФАКТР
|
argument sifatida berilgan butun son faktorialini
hisoblaydi
|
2.
|
ABS
|
argument qiymatining modulini hisoblaydi
|
3.
|
LN
|
sonning natural logarifmini hisoblaydi
|
4.
|
EXP
|
sonning eksponentasini hisoblaydi
|
5.
|
SIN
|
sonning sinusini hisoblaydi
|
6.
|
COS
|
sonning kosinusini hisoblaydi
|
7.
|
TAN
|
sonning tangensini hisoblaydi (radianda)
|
8.
|
НОД
|
ikki va undan ortiq butun sonlarning eng katta
umumiy bo‘luvchisini hisoblaydi
|
9.
|
НОК
|
ikki va undan ortiq butun sonlarning eng kichik
umumiy bo‘linuvchisini hisoblaydi
|
10.
|
ОКРУГЛ
|
haqiqiy sonni yaxlitlaydi
|
11.
|
СУММ
|
ikki va undan ortiq sonlarning yig‘indisini
hisoblaydi
|
12.
|
ПРОИЗВЕД
|
Ikki va undan ortiq sonlar ko‘paytmasini
hisoblaydi
|
13.
|
ЗНАК
|
Son manfiy bo‘lsa -1 ni, musbat bo‘sa 1 ni, nol
bo‘lsa 0 ni chiqaradi
|
14.
|
КОРЕНЬ
|
Sonni kvadrat ildizini hisoblaydi
|
1-mashq. Berilgan 6,10, 30, 60 sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblang.
Bajarish:
A1 katakka 6 sonini, B1 katakka 10 sonini, A2 katakka 30 sonini, B2
katakka 60 sonini kiritamiz;
C4 katakka quyidagi formulani kiritamiz: =НОД(A1:B2)
Enter tugmasi bosiladi.Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
|
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
|
1.
|
СУММПРОИЗ funksiyasidan foydalanib (5;10), (15;20), (25;30) sonlar juftliklari ko‘paytmalari yig‘indisini hisoblang.
|
2.
|
Berilgan -99, -23. -6, 0, 10, 56, 77, 89, 123, 345, 678, 2345
sonlarning ichidan eng katta va eng kichigining yig‘indisi va ko‘paytmasini hisoblang.
|
3.
|
-7,8; -9,67865; -4,6; -3,8; 7,8 sonlarning ko‘paytmasini hisoblang
va ОКРУГЛ funksiyasi yordamida 2 ta raqamgacha yaxlitlang.
|
|
UYGA VAZIFA
|
1.
|
1,2,3,4,5,6,8,9 sonlarning kvadrat ildizlari yig‘indisini hisoblang.
|
2.
|
15, 20, 45 62, 94, 112 sonlarning eng kichik umumiy
bo‘linuvchisini toping.
|
3.
|
4,10 sonini faktorialini hisoblang.
|
MS Excel 2010 da ishlatiluvchi funksiyalar mazmunan bir-biridan
keskin farq qilishi mumkinligidan ularning argumentlari ham o‘z navbatida turli ko‘rinishda berilishi mumkin.
Masalan, Математические функции qismida cos(x) funksiyasida argument bitta haqiqiy qiymatdan iborat bo‘ladi va burchakning qiymati radianda beriladi:
Логические функции qismidagi ЕСЛИ funksiyasida argument mantiqiy ifoda bo‘lib, uning faqat ikkita qiymati (“rost” yoki “yolg‘on”) ga ko‘ra ikki xil natijaga ega bo‘lishimiz mumkin:
Мастер функций oynasida birinchi qadamda kerakli funksiyani kiritib Найти tugmasi yordamida izlab topiladi, ikkinchi qadamda ushbu funksiyaga murojaat etib, argumentlariga qiymatlar beriladi. So‘ngra tanlab olingan funksiya kerakli katakka joylashtiriladi:
1-mashq. Bajarish:
log 5 25
ifodaning qiymatini hisoblang.
MS Excel 2010 tasmasidan tugmasi tanlanadi;
Мастер функций oynasidan logarifmni hisoblash Log funksiyasi tanlanadi;
Число qatoriga 25 soni, Основание qatoriga esa, 5 soni kiritilib,
OK tugmasi bosiladi:
|
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
|
1.
|
Мастер функций qanday vazifani amalga oshiradi?
|
2.
|
Funksiyaning argumentlari haqida ma’lumot bering.
|
3.
|
5, 10, 15, 20, 25, 30 sonlarining natural logarifmlari yig‘indisini
hisoblang va natijani 3 ta raqamgacha yaxlitlang.
|
4.
|
Мастер функцийdan foydalanib berilgan 4, 6, 10, 23 sonlarning
eksponentasini hisoblang.
|
5.
|
Мастер функцийdan foydalanib, berilgan 15, 20, 45 62, 94, 112
sonlarining eng kichik umumiy bo‘linuvchisini toping.
|
|
UYGA VAZIFA
|
1.
|
Мастер функцийdan foydalanib, berilgan 15, 20, 45 62, 94, 112
sonlarining eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblang.
|
2.
|
Мастер функцийdan foydalanib, berilgan 10 sonining faktorialini
hisoblang.
|
3.
|
Мастер функцийdan foydalanib 2,4567 sonining sinusini hisoblang.
8-DARS. FORMULALAR SATRIDAN FOYDALANISH
|
Formulalar satri joriy katakdagi qiymatning formulasini ko‘rish yoki ushbu katakka ma’lumotlar va formulalar kiritish uchun mo‘ljallangan:
Oynadagi - tugma amalni inkor qilish, - tugma amalni bajarish, - tugma kutubxonaga murojaat qilish vazifasini bajaradi.
1-mashq. Formulalar satridan foydalanib quyidagi ma’lumotli jadval tayyorlang. Hisob ishlarini formulalar satridan foydalanib bajaring. Korxonaning xizmat safari xarajatlari (ming so‘m hisobida):
Mazkur masala uchun “Jami xarajat” bandi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
“Jami xarajat” = (2* “yo‘l narxi” + “Kunlar soni” * “Kunlik xarajat” )* “Kishilar soni”
Bajarish:
ustun va satrlar kengligi yetarli bo‘lmaganligi sababli uni kerakli miqdorda o‘zgartiramiz.
kataklarni kerakli ma’lumotlar bilan to‘ldiramiz:
Файл bo‘limidan Сохранить как bandini tanlaymiz va Имя файла qatoriga fayl nomini, masalan “comras .xlsx” ni kiritamiz.
diskdan jadvalni yuklash uchun Файл bo‘limidan Открыть bandini tanlaymiz. Файл ro‘yxatidan kerakli faylni tanlab (xususan, “comras.xlsx”) sichqoncha tugmasi bosiladi.
G2 katakka quyidagi formulani kiritamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |