Informatika va axborot texnologiyalari



Download 0,54 Mb.
bet3/3
Sana13.11.2019
Hajmi0,54 Mb.
#25864
1   2   3
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari



Malumotlarni kodlash

Inson axborotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa ko'rinishda bo'lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga tovushlarni harf va raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik qonuniyatlarni formulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin.

 

Malumotlarni kodlash haqida

Inson borliqning bir qismi bo'lgani uchun doimo borliqning ta'sirini sezib turadi. Bu ta'sirni turli signallar (tovush, yorug'lik, elektomagnit, nerv va hokazo) ko'rinishida qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta'sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb ataladi

Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uni biror qismini ajratib oladi va tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma'lum bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo'lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan, nutq yoki musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarni bu kabi uzlukli ko'rinishini diskret axborotlar deb ataladi.

Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin.

Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir qoidalar asosida boshqa ko'rinishga o'tkazish jarayoni axborotni kodlash deyiladi. Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo'lishi uchun emas, balki axborotni maxfiy saqlash uchun ham qo'llanilgan. Kodlashning bu ko'rinishi shifrlash deb ataladi.

 

Qadimda axborotlarni kodlash



Hayotda axborotni kodlashning ko'pdan-ko'p usullari mavjud. Birinchi kodlashni qo'llagan inson qadimgi Gretsiya sarkardasi Lisandro hisoblanadi. U axborotni maxfiy saqlash, ya'ni kodlash uchun ma'lum bir qalinlikdagi "Ssital" tayoqchasini o'ylab topgan. Kodlashning bu usuli o'rin almashtirish usuli deb ataladi.

 

Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotni maxfiyligini saqlash uchun matnni kodlash usulini o'ylab topgan. "Sezar shifri"da matndagi harf alifboda o'zidan keyin kelgan uchinchi harfga alimashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usul alifboni surish usuli deyiladi.



 

Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.



 

Axborotlarni kodlashning usullari



Semyuel Morze 1837-yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi ko'rinishida ifodalangan, ya'ni axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: "uzun signal" (tire yordamida ifodalanadi), "qisqa signal" (nuqta yordamida ifodalanadi), "signalsiz" (bo'shliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hozirgi kunda ham qo'llanib kelinmoqda. Morze kodlash usulini notekis (o'zgaruvchan) kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar bu usuldagi ikki yoki undan ko'p belgilar yordamida ifodalanadi. Umuman, kodlash usulida ishtirok etgan belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lsa tekis kodlash usuli, belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lmasa notekis kodlash usuli deb ataladi.

 

Mazkur usul yordamida "elektron" so'zini yozsak, u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.

 

Bir tomondan, Morze usulida belgilarning turli boshqa belgilar bilan hamda ularning bir nechtasi bilan ifodalanishi mazkur usulning keng qo'llanilishiga to'siqlik qilsa, ikkinchi tomondan, uning faqat ikki belgi - nuqta va tiredan iboratligi uni texnik vositalarda qo'llash imkonini beradi. Morze usuli notekis kodlash usuliga, quyidagi usullar tekis kodlash usuliga misol bo'ladi.



Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli - bizga ma'lum bo'lgan alifbodagi harflarni ularning tartibini ko'rsatuvchi sonlar bilan almashtirishdan iborat:

 

Bu usuldan foydalansak, masalan, "Bugun havo lssiq" degan axborot quyidagi ko'rinishni oladi:

02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16

Bu holda tinish belgilari va boshqa kerakli belgilarni ham maxsus sonlar bilan ifodalash va ularni matnga kiritish mumkin. Alifbodagi harflar ketma-ketligini tartiblashning anchagina usuli mavjud. Masalan, quyidagi tartibni olamiz:



 

Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi. Havo issiqligi to'g'risidagi yuqoridagi matn bu holda quyidagi ko'rinishni oladi:

03 18 14 18 27 34 12 16 17 11 28 28 11 21

Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma'lumotlarni bilmasdan qayta kodlash juda murakkab.

3.Axborotlarni ulchash.Sonli malumotlarni kodlash

Klod Shennon (Claude Shannon) axborotning umumiy nazariyasini

tuzuvchisi va raqamli aloqaning asoschisi hisoblanadi. Uning 1948 yilda

e’lon qilingan «Aloqaning matematik nazariyasi» (A Mathematical Theory of

Communication) asarida birinchi bor axborotni ikkilik kodida uzatishni

qo’llash imkoniyatlari asoslab beriladi.

Kompyuterlarda axborotlar o’lchamini aniqlashda quyidagi o’lchov

birliklari ketma ketligi o’rinli bo’ladi



Nomi O’lchami 2 ni darajalari sifatida

1 bayt (b) 8 bit 23=8 bit =1 bayt (b)

1 kilobayt (Kb) 1024 bayt 210 = 1024 b

1 megabayt (Mb) 1024 kilobayt 220 = 1 048 576 b

1 gigabayt (Gb) 1024 megabayt 230 = 1 073 741 824 b

1 terabayt (Tb) 1024 gigabayt 240 = 1 099 511 627 776 b

1 petabayt (Pb) 1024 terabayt 250 = 1 125 899 906 842 624 b

1 eksabayt (Eb) 1024 petabayt 260 = 1 152 921 504 606 846 976 b

1 zettabayt (Zb) 1024 eksabayt 270 = 1 180 591 620 717 411 303 424 b

1 yottabayt (Yb) 1024 zettabayt 280 = 1 208 925 819 614 629 174 706 176

Dastaval EHMlar sonli ma’lumotlarni qayta ishlash vazifasini

bajargan bo’lsa, keyinchalik kompyuterlarning rivojlanishi natijasida,

ulardan matnli, sonli, tovushli va tasvirli axborotlarni saqlash, qayta

ishlash, qidirish va uzatish vositasi sifatida foydalanila boshlandi.

Kompyuterlarda axborotlarni saqlash magnit disk va lentalarda, lazer

disklarda (CD va DVD), energiyaga bog’liq bo’lmagan flesh xotiralarda

saqlash imkoniyati yuzaga keldi.

Axborotni qayta ishlash (o’zgartirish, uzatish, tashqi tashuvchilarga

yozish prosessor tomonidan amalga oshiriladi

Axborot birligi – axborot hajmini hisoblash uchun xizmat qiladi, va

u logarfmik tarzda hisoblanadi

Ko’p xollarda axborotni o’lchash kompyuter xotirasiga va raqamli aloqa

kanallari orqali uzatiladigan berilganlar hajmiga bog’liq bo’ladi.

Birinchi marotaba axborotni o’lchashga obyektiv yondoshuv 1928 yilda

amerikalik injener R.Xartli tomonidan taklif qilingan, keyinchalik bu

yondoshuv amerikalik K.Shennon tomonidan umumlashtirilgan.

Xartli formulasi: I = log2N, bu yerda ikkilik sanoq tizimidagi I –axborotlar soni, N – tengimkoniyatli xabarlar to’plami.

Shennon formulasi: I=-(P1log21/P1+P2log21/P2+…+PNlog21/PN)

Bu yerda Pi – i chi xabarning ehtimoli.

K. Shennon tomonidan kiritilgan axborotni o’lchov birligini

ifodalovchi-bit atamasi har bir arifmetik qurilmalarning registrini va

yacheyka xotirasini bir jinsli elementlardan iboratliggi va har bir

element esa ikki 0 yoki 1 holatdan biri ko’rinishida bo’lishini anglatadi



1-misol. 100 sahifali kitobni 1 ta sahifasi 35 satrdan, har bir satri

esa 50 ta belgidan iborat bo’lsin. Kitobning axborot hajmi aniqlansin.

Sahifa 35 x 50 = 1750 bayt axborotga ega. Kitobdagi axborot hajmi:

1750 x 100 = 175000 bayt.

75000 / 1024 = 170,8984 Kbayt.

170,8984 / 1024 = 0,166893 Mbayt.



2-misol. Nosimmetrik bo’lgan to’rt qirrali piramidani tashlashda

uning bir tomonini tushish ehtimoli, p1=1/2, p2=1/4, p3=1/8, p4=1/8 dan iborat

bo’lsin. Piramdani tashlashdagi axborotlar sonini Shennon formulasi

yordamida aniqlanadi:



I=(1/2)*log21/2+(1/4)*log21/4+(1/8)*log21/8+(1/8)*log21/8)=1/2+2/4+3/8+3/8=1,75

Simmetrik bo’lgan to’rt qirrali piramida uchun bu ko’rsatkich H=log24=2(bit) ga teng bo’ladi

Sakkiz bit - 1 baytgan teng. Demak, kompyuter klaviaturasi alfavitini

kodlash uchun 256 belgi (28 = 256) yetarli bo’ladi.



3-misol. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI FANI

so’zida qancha bit yoki bayt axborot bor?

Vazifani bajarish uchun qo’yidagilarga e’tiborni qaratamiz:

So’zlar soni 5 ta;

Probel (bo’sh joy)siz belgilar soni 38 ta; Agar biz faqat belgilar sonini hisoblasak berilgan so’zda 38 bayt yoki 38*8= 304 bit axborot bor deb hisoblasak, xato natijaga ega bo’lamiz.

To’g’ri javobni aniqlash uchun so’zdagi probel-bo’sh joy belgilarini hisoblash kerak bo’ladi. Probel (bo’sh joy) bilan belgilar soni 42 ta; Demak berilgan so’zda 8*42=336 bit yoki 42 bayt axborot bor. Aksariyat kompyuter muharrirlari 256 ta belgidan iborat alfavit bilan ishlaydi. Agar bitta belgi 1 bayt axborotga ega bo’lsa, matnlarni axborot hajmini aniqlash mumkin bo’ladi.

Joriy matn faylida qancha belgi ishlatilganini bilish uchun Servis menyusidan Statistika buyrug’i beriladi

Statistika oynasiga murojaat qilamiz:

Znakov (bez probelov)- Belgilar (bo’sh joysiz) 8960 ta.

Znakov (s probelami)- Belgilar (bo’sh joy bilan) 10218 ta.

Matnlarni axborot hajmini aniqlash quyidagi formula bilan

aniqlanadi.

I=K.i, bu yerda I-xabarning axborot hajmi (informasionnыy obyem soobщyeniya)

K- matndagi belgilar soni (kolichestvo simvolov v tekste)

i - bitta belgining axborot o’lchami (informasionnыy ves odnogo simvola)

2i =N

N- alfavit quvvati (moщnostalfavita)



4-misol

1) ASCII kodlash tizimida:

Matndagi belgilar soni K = 10218

Bitta belgining axborot o’lchami = 1bayt

Matning axborot hajmi I= K.i =10218x 1 =10218 bayt

Bitta belgining axborot o’lchami i = 8bit



N alfavit quvvati = 2i = 28= 256

2) Unicode kodlash tizimida:

Matndagi belgilar soni K = 10218

Bitta belgining axborot o’lchami = 2 bayt

Matning axborot hajmi I= K.I =10218 x 2 = 20436 bayt

Bitta belgining axborot o’lchami i = 16 bit

Alfavit quvvati N = 2i = 216= 65536

Microsoft Word muharririda jadvalli hujjatlar tuzish.


1) Microsoft Word dasturini ishga tushiring.

Bajarish usuli: Dasturni ishga tushirish uchun:



ПускВсе программыMicrosoft Office 2003Microsoft Word buyruqlari beriladi.

2) Dasturning Мой документы papkasida yangi hujjat yarating va uni Matn 1 nom bilan rasmiylashtiring.

Bajarish usuli: Faol hujjatni berilgan nomda rasmiylashtirish uchun:

· Файл Сохранить buyrug’i beriladi.

·Сохранения документа dialog oynasida Мой документы nomli papkani faollashtiramiz.

· Сохранения документа dialog oynasini Имя файла nomli maydonida Matn 9 so’zlarini yozib, Сохранит tugmasini bosamiz.

3) Ustunlar soni 5 , satrlar soni 4 ta bo’lgan jadval yarating.

Bajarish usuli: Таблица Вставить Таблица buyruqlari beriladi.

Вставить таблицы dialog oynasidagi Размер таблицы bo’limining Число таблицов nomli maydonida tuziladigan jadvalning ustunlar soniga 5, Число строк maydonida satrlar soniga 4 yoziladi va OK tugmasi bosiladi. Natijada quyidagi jadval faol hujjatga qo’yiladi:

1-jadval






























































4) Tuzilgan jadvalni birinchi satr kataklarini birlashtiring.

Bajarish usuli: Berilgan jadvaldagi birinchi satr kataklarini belgilaymiz va таблицаОбеъдинить ячейку buyrug’ini beramiz. Natijada berilgan jadval quyidagi ko’rinishni oladi:

2-jadval


















































5) Tuzilgan 2-jadvalning birinchi ustunidagi ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi kataklarini birlashtiring.

Bajarish usuli. Berilgan jadvalning birinchi ustunidagi ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi kataklarini belgilaymiz va ТаблицаОбъединить ячайку buyrug’ini beramiz. Natijada berilgan jadval quyidagi ko’rinishni oladi:

3-jadval












































6) Tuzilgan 3-jadvalda birinchi ustunning ikkinchi katagini 4 ta ustunli va 3 ta satrli kataklarga bo’ling.

Bajarish usuli: 3-jadvalning birinchi ustunidagi ikkinchi katakka "sichqoncha" ko’rsatkichini keltiramiz va chap klavishini bosib faollashtiramiz va Tablisa menyusidan Razbit yacheyki (Kataklarni bo’lish) buyrug’ini beramiz. Bu buyruq berilishi bilan Razbiyeniye yacheyek dialog oynasi chiqariladi.




5. Microsoft Excelning matematik, statistik va boshqa formulalarni qollab masalalar yechish: 2-vazifa.

Y=COS(X) funksiyani [-3; 3] kesmadagi qiymatlarni hisoblang va grafigini chizing. Hisoblash qadami h=0,4 ga teng.


Funksiyaning argumenti

Funksiyaning qiymati

-3

-0,989992497

-2,6

-0,856888753

-2,2

-0,588501117

-1,8

-0,227202095

-1,4

0,169967143

-1

0,540302306

-0,6

0,825335615

-0,2

0,980066578

0,2

0,980066578

0,6

0,825335615

1

0,540302306

1,4

0,169967143

1,8

-0,227202095

2,2

-0,588501117

2,6

-0,856888753

3

-0,989992497

Y=cos (x) ning [-3; 3] kesmadagi grafigi.





6.Axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash. Quyida berilgan masalalni: 1)sozli algoritmini tuzing; 2)blok-sxemali algoritmini tuzing: 3)dasturlash (paskal) tilida algoritmini tuzing; 4)Turbo-Paskal muhitida dasturni kiriting va natijalarni tahlil qiling: 32-vazifa.

Talaba 5 kunda mos ravishda: C1, C2, C3, C4 va C5 kg paxta tergan. Talabani 5 kunlik paxta terimini o’rtacha ko’rsatkichi miqdoridagi pul bilan mukofotlash rejalashtirilmoqda. Agar 1 kg paxta terimi uchun 67 so’m to’lansa talaba jami bo’lib necha so’m olishini aniqlovchi dasturini tuzing.



      1. so’zli algoritmi:

  1. boshlanishi;

  2. C1, C2, C3, C4, C5 ni qiymatini kiriting;

  3. Talabaning 5 kunlik jami paxtasi C=C1+C2+C3+C4+C5 fomulasi hisoblansin;

  4. Talabani tergan paxta puli S=C*67 formula bilan hisoblansin;

  5. Hisoblash natijasi C va S ni qiymati chiqarilsin;

  6. Hisoblash tugatilsin. Tamom.



      1. Blok-sxemali algoritmi:




      1. Paskal algoritmik tilidagi dasturi;

Programma A2;

Var C1, C2, C3, C4, C5, S:real;

Begin

Readln(C1, C2, C3,C4, C5);



C=C1+C2+C3+C4+C5;

S=C*67;


Writeln(C,S);

End.
Xulosa


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki demak, informatika ham xuddi  fundamyental fanlar singari kompyutyerlar tyexnologiyasi bazasidan ixtiyoriy ob’yektlarni boshqarish jarayonlarining axborot ta’minoti myetodologiyalarini; tarkibiy pryedmyet sifatida esa insonning konkryet ishlab chiqarish faoliyati doirasida axborot tizimlarini yaratish bilan shug’ullanadi.Bu o’rinda elektron hisoblash mashinalari juda katta hajmdagi informatsiyani qayta ishlashga imkon beradigan samarali quroldir. Ikkinchi muhim tushunchasi «Informatsion texnologiyalar» tushunchasidir. Odatda, «texnologiya» so’zi moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan ishlatilib, biror materialni qayta ishlash yoki predmetni tayyorlash jarayonining maxsus texnik usullarini ifodalash maqsadida ishlatiladi. Bundan tashqari grekchadan tarjima qilganda san’at, mahorat degan ma’noni bildiradi. Informatsion texnologiyalarda qayta ishlash uchun «xomashyo» sifatida «axborot» qaraladi va u kompyuter -dastur va qo’shimcha texnik vositalar yordamida avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Hozirgi kunga kelib, «Axborot texnologiyalar» informatika fanining ajralmas bir qismi bo’lib, u inson faoliyatining turli sohalarida uchraydigan informatsiyalarni, apparat-dastur vositalari va usullari yordamida qayta ishlash kabi vazifalarni bajarishga mo’ljallangan. Bu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, informatika va informatsion texnologiyalar tushunchalari bir-biriga juda yaqin. Informatsion texnologiyalarning asosiy apparat vositasi elektron hisoblash mashinasidir. Dunyo bozorida mavjud turli-tuman EHM parklari orasida IVM (International Business Machine Corporation) kompyuterlari yetakchi o’rin tutadi. Demak, informatika uchun asosiy bu- axborotdir




Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish