Elektron soat va Taymer ilovasi. Elektron soat ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning sarlavhasini elektron soatga o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga ikkita obyekt: Label va Timer joylaymiz. Label ning Font (shrift) xossasini ikki marta bosib, shrift muloqot oynasida shrift o‘lchamini 24 ga teng qilib o‘rnatamiz:
Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga Label1.Caption:=TimeToStr(Now); operatorini kiritamiz. Bu operatorda ikkita standart funksiyadan foydalanilayapti. Ulardan birinchisi Now (hozir) bo‘lib, uning qiymati kompyuterning soati bu funksiya ishga tushgandagi vaqtiga teng:
Ikkinchi funksiya TimeToStr (Time to String) vaqt turidan matn satri turiga degan ma’noni anglatadi) bo‘lib, uning qiymati matn satri turida bo‘ladi. Bu qiymatni Label1 obyektining Caption xossasiga berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |