Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni formatlash va taxrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo`yish va xokazolarni bajaradi.
5. Operatsion sistema – tizimli dasturiy vosita.
«Operatsion sistema» tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin. Chunki «sistema» so`zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo`llaniladi va turlicha talqin qilinadi; «operatsion» so`zi esa to`g`ridan-to`g`ri tarjimada «amal» degan ma’noni anglatsada, uning tub mohiyatini bu birgina so`z bilan aniq tavsiflab bo`lmaydi.
Xo`sh, unda «Operatsion sistema»ni qanday tushunish kerak?
Avval uning foydalanuvchisi to`g`risida fikrlashaylik.
«Operatsion sistemaning foydalanuvchisi» tushunchasi ham ancha keng tushuncha bo`lib, oddiy qilib aytganda, foydalanuvchi - mazkur sistemada ishlashi mumkin bo`lgan va o`z dasturiga ega bo`lgan shaxs. Ammo uning dasturi turli xususiyatlarga ega bo`lishi, ya’ni u ichki va tashqi qurilmalarning arzimas imkoniyatlaridan tortib, uning to`liq resurslarini egallashi mumkin.
Odatda kompyuterdan foydalanuvchilar o`z masalalarini to`liq hal qilishlari uchun kompyuterdan ko`proq imkoniyat talab qiladilar va bu muammoni hal qilish uchun odatda turli dasturlar yoki ularning majmuasidan foydalanadilar. Mazkur dasturlar majmui foydalanuvchiga kompyuter imkoniyatlaridan to`liq foydalanish uchun sharoit yaratadi va u operatsion sistema deb yuritiladi.
EHM operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim harakatlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, elektr chirog`ni yoqmoqchi bo`lsangiz, ulagichdagi tugmani bosishingiz, suv tarmog`idan suv olmoqchi bo`lsangiz, ventilni burashingnz yetarli. Keng ko`lamdagi xizmat ko`rsatish qurilmalari va tarmoqlari majmuisiz, bu resurslarni (misolimizda suv va elektr toki) olish uchun ko`pdan - ko`p ishlarni bajarish lozim bo`lar edi. Masalan, katta orolda yolg`iz qolgan kishi suv olishi uchun o`zi quduq qazishi; o`tin yoki qurilish uchun lozim bo`lgan yog`och olish uchun daraxtlarni kesishi, yo`nishi; oziq - ovqat uchun o`zi bug`doy ekishi va shu kabi ishlarni bajarishi kerak bo`ladi.
EHM yaratila boshlagan davrda unda biror arifmetik amalni bajarish uchun katta hajmdagi ishlar qilinar edi (amalda ishtirok etgan har bir ma’lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan va natija yoziladigan barcha adreslarni bilish talab etilar edi, chunki ular dasturda ko`rsatilishi kerak edi-da). Bu ishlarni hozirgi kunda osongina hal qilish mumkin, chunki ko`p ishlarni yengillashtirishga qaratilgan dasturlar (foydalanuvchiga yordamchi dasturlar) majmui ishlab chiqilgan va u amaliy masalalarni hal qilishda qo`l kelmoqda.
Xo`sh, mazkur «yordamchi» dasturlar majmui bo`lmasa, amallar EHMda qanday bajarilgan bo`lur edi?
Bunday holda foydalanuvchidan katta hajmdagi jarida (jurnal) tutib, unda tanlangan axborot EHM xotirasining qaysi joyiga kiritilishi, dastur, boshlang`ich ma’lumotlar va natijaviy axborotlar qayerda joylashishini ko`rsatishi talab qilinadi.
Agar siz EHMning tashqi qurilmalari (klaviatura, printer va boshqalar)ni qo`llamoqchi bo`lsangiz, har safar ana shu qurilmalar bilan aloqani tiklovchi, ularni boshqaruvchi maxsus dastur tayyorlashingiz va shu qurilmalar ishlashi bilan bog`liq turli ishlarni nazorat qilishingiz lozim bo`lar edi. Bundan tashqari siz fayllar bilan ishlashning shunday ketma-ketligini tuzishingiz shart bo`lardiki, uning natijasida barcha ma’lumotlarni biror tartibda saqlash muammosini hal qilishingiz, yani siz fayllar tuzilishini o`zingiz yaratishingiz kerak bo`lardi. Demak, «yordamchi» dasturlarning xizmati beqiyos ekan.
Ma’lumki, hisob-kitob, bosmaga chiqarish, axborotni boshqarish, dasturlash va boshqa ishlar bilan bog`liq masalalarni hal qilish EHM imkoniyatlaridan keng foydalanishni talab etadi.
EHM dasturlash sistemasi paydo bo`lgan dastlabki vaqtlarda translyator va xizmat ko`rsatuvchi dasturlar operatsion sistemaning bir qismi hisoblangan. Zamonaviy sistemalarda esa bu kabi vositalar va operatsion sistema o`rtasida aniq chegara qo`yilgan.
Deyarli barcha sistemalarda fayllarni boshqarish dasturlari mavjud bo`lib, u foydalanuvchi tomonidan qo`yilgan masalani hal qilishda qulaylik yaratadi.
Ta’kidlash lozimki, kompyuterlarning texnikaviy holatiga ko`ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo`ladi, shunday bo`lsada, ularning vazifasi yagona — ichki va tashqi qurilmalarning
birgalikda ishlashini ta’minlashdan iborat.
EHM «dasturli ta’minoti», «texnik ta’minoti» va «operatsion sistema» o`rtasidagi uzviy bo`glanishni quyidagicha ifodalash mumkin.
1 -rasm.
Dasturli ta’minot o`z vazifalarini bajarishda tashqi qurilmalarni apparatli {«vositaviy») asos sifatida ishlatsa, operatsion sistema dasturli ta’minot amallarini dasturli asos sifatida ishlatadi.
Bajaradigan vazifalaridan qat’iy nazar, operatsion sistema quyidagi sifatlarga ega bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |