Bevosita informatika fanidan dasturlash tillarini o‘rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratish sirlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan to‘garaklar tashkil etish mumkin. Bunday to‘garaklarni olib borishda amaliy ishlarni o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda tanlash maqsadga muvofiq. Amaliy ishlarni bajarishda o‘quvchilarga ijodiy yondashishi uchun sharoit yaratish, to‘garakda ijodiy muhitni shakllantirish, har bir o‘quvchining shaxsiy qobiliyatlari, imkoniyatlari va fazilatlarini ochishga yordam berish va ularni vatanimiz taraqqiyotiga yo‘naltirishga erishish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |