O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
5110700-informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13.404-guruh bitiruvchisi Mamaro’ziyeva Xilolaxon Ulug’bek qizining
Informatika va axborot texnologiyalari fanining “Dasturlash asoslari” modulini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: Axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi O. Jo’rayev
Farg’ona – 2017
Mundarija
KIRISH 2
I BOB. “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN DASTURLASH ASOSLARI MODULINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI 7
1.1. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasining ustuvor yo‘nalishlari 7
1.2. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasidagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar 16
II BOB. DASTURLASH TILI O‘QUV MODULI ISHLANMASI. 30
2.1. Dasturlash asoslari o‘quv modulining qisqacha tavsifi 30
2.2. “ Algoritmlar. Algoritmlarning berilish usullari, xossalari va turlari” mavzusidagi ma’ruza matni. 35
2.3. DASTURLASH TILLARI O‘QUV MODULI BO‘YICHA KEYSLAR, AMALIY TOPSHIRIQLAR, ISHLANMALAR. 46
Algoritmlar. Algoritmlarning berilish usullari, xossalari va turlari. 56
2.5. Mavzuni o’qitish bo’yicha ishlab chiqilgan didaktik va tarqatma materiallar. 61
XULOSA 70
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 73
74
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning hal qiluvchi omili haqida gapirganda, avvalo odamlarimizning ongu tafakkurida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, ularning yon-atrofdagi voqealarga munosabati, daxldorlik hissi, siyosiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasi tobora o‘sib borayotganini ta’kidlash lozim.
Shu borada, hech shubhasiz, o‘z vaqtida, ya’ni bundan 20-yil oldin Kadrlar tayyorlash va shuningdek, Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturlarini qabul qilganimiz ta’lim-tarbiya sohasida eski qolip va asoratlardan xoli bo‘lgan, bugun o‘zgalarning havasini tortayotgan yangi tizimni hayotimizda tatbiq etganimiz haqiqatan ham tarixiy bir voqea bo‘ldi, desak, adashmagan bo‘lamiz.
Buning natijasida mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talabiga javob beradigan avlodni shakllantirishga erishdik, Vatanimizning ertangi kunini, taqdirini o‘z qo‘liga olishga qodir bo‘lgan farzandlarimiz bugun minbarga chiqmoqda.1
Bu boradagi ilmiy izlanishlar va mustaqil ishlash natijalari shuni ko‘rsatadiki, respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining rivojlanib borishi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining sifatini yanada takomillashtirishni, fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirib borish, izlanuvchanlikka, fikrlash qobiliyatlarini yuksaltirishda, axborot kommunikatsion texnologiyalar xizmatidan maqsadli ravishda samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirishda, talabalar mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biridir.
Bu ishlarni amalga oshirishda oliy ta’lim muassasalari vazifalari aloxida e’tiborga loyiqdir. Oliy ta’lim tizimi uchun zarur me’yoriy xujjatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari davlat ta’lim standartlari tasdiqlandi. Ularda ko‘rsatib o‘tilganidek, oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga qo’yiladigan talablar fundamental fanlar va aniq, kasb doirasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lish, kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalana olish, o‘quv fanlari zarur bo‘lgan bilim majmuasiga ega bo‘lish vazifasi qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |