Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda ilg’or xorijiy tajribalar Reja



Download 0,98 Mb.
bet8/20
Sana04.06.2022
Hajmi0,98 Mb.
#635658
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
1-4 мавзу

Tayanch tushunchalar: mazmun, shakl, metod, faol ta’lim, an’anaviy ta’lim, zamonaviy ta’lim, interfaol ta’limning omillari.

1.Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunining o‘ziga xosligi. Maktab informatika va axborot texnologiyalari kursida tayanch tushunchalar.
«Informatika va axborot texnologiyalari» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish za-ruriyati, tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi jarayonning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o‘zgarishlarning ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi. Biz axborotlashgan davrida turibmiz. Doimo ortib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o‘z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish zaruriyati bilan duch kelayotgan jamiyat a’zolari, kasb egalari soni tobora ortib bormoqda.
Hozirgi davrda real shart-sharoit shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini axborotlashgan asr ehtiyojlariga moslashtirmalikning iloji yo‘q. Ushbu masalaga «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham alohida e’tibor qaratilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning ikkinchi bosqichida (2001-2005 yillar ) o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli adabiyotlar va ilg‘or pedagogik, shu jumladan, axborot texnologiyalari bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish vazifasi qo‘yilgan edi. Hozirgi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning uchinchi bosqichi amalga ishirmoqda.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi birinchi navbatda informatika fanining metodologiyasiga asoslanadi. O‘zining xulosalarida u ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma’lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fiziologiya va psixologiya fani tomonidan o‘rgatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ta’lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan informatika va axborot texnologiyalarining fan sifatida o‘ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o‘rni va rolidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda o‘qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:

  • o‘quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;

  • o‘quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustaxkam va ongli o‘zlashtirib olishlarini ta’minlash;

  • o‘quvchilarga dunyoning zamonaviy-ilmiy ko‘rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish;

  • hayotida kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;

Informatika va axborot texnologiyalari predmetining pedagogik funksiyalari insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishdagi qo‘shadigan o‘ziga hos qissasi bilan aniqlanadi.

  1. O‘quvchilar tomonidan informatika va axborot texnologiyalari asoslarini egallash va ularni tafakkurini rivojlantirish. Bu vazifa informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchisi oldida turgan birinchi vazifadir.

  2. Ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o‘quv predmetlarini o‘qitish jarayonida ishtirok etadi.

  3. Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.

  4. O‘quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta’lim olishni davom ettirishga tayyorlash.

Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda amalga oshirilishi lozim. O‘quvchilar tomonidan informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish bilangina, o‘quvchilarning informatika va axborot texnologiyalarini fan sifatida uning o‘ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin.
Bundan tashqari informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to‘g‘ri hal etishga erishish uchun kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to‘g‘ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o‘quvchilar har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko‘rsata oladilar. Shuningdek, amaliy ish o‘quvchilarning dunyoqarashini oshirishi va uni yangi faktlar bilan boyitishi bilan bir qatorda, informatika va axborot texnologiyalaridan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to‘liq va mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi bu o‘quv predmeti sifatida va turli yoshdagi o‘quvchilarga informatika va axborot texnologiyalarini o‘rgatish jarayonining qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O‘zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllandi. Bunga asosiy omil bo‘lib umumo‘rta maktablarga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanining kiritilishi bo‘ldi.
Informatika va axborot texnologiyalari o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar birinchilar qatorida, professorlar M.Ziyoxo‘jayev, A.Abduqodirov, T.Azlarov va boshqalar tomonidan olib borildi va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga yangi bo‘g‘in, o‘rta-maxsus va kasb - hunar ta’limining kiritilishi bilan, ushbu bo‘g‘in informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilari uchun o‘qitish metodikasini yaratish dolzarb muammolardan biri bo‘lib qoldi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fanida quyidagi asosiy masalalar ko‘riladi va hal etiladi:

  • Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning maqsadi va vazifalari qanday;

  • O‘quv predmeti sifatida informatika va axborot texnologiyalarining mazmunini nimalar tashkil etishi kerak;

  • Informatika va axborot texnologiyalaridan o‘quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o‘quvchilarga yetkazilishi kerak;

  • Informatika va axborot texnologiyalaridan o‘quv materialini to‘liq va chuqur o‘rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kerak.

Boshqacha qilib aytganda, informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi oldiga an’anaviy savollar uchligi qo‘yiladi:

  1. informatika va axborot texnologiyalarini nima uchun o‘rganish kerak (ya’ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?

  2. nimani o‘rganish kerak (ya’ni, mazmunni aniqlash)?

  3. informatika va axborot texnologiyalarini qanday o‘rgatish kerak (ya’ni, tanlab olingan o‘qitish shakli doirasida ta’limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?

Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasini o‘rganishning maqsadi o‘qituvchilarda shaxsiy metodik tizimini ishlab chiqish va shakllantirishdan iborat.

Informatika va axborot texnologiyalarida nimani va qanday o‘qitish kerak degan savolga javob olish uchun, avvalo ushbu fan rivojining hozirgi bosqichda o‘qitish vazifalarini aniq belgilab olish lozim. Ushbu vazifalar barcha umumilmiy fanlar uchun umumiydir. Shuning bilan birga uzluksiz ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish konsepsiyasi va davlat ta’lim standartlariga asosan bu vazifalarni Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishdagi o‘ziga xos tomonlarini tahlil etish lozim. O‘qitish mazmunini aniqlashda Informatika va axborot texnologiyalarining fan va ikkinchi tomondan o‘quv predmeti ekanligi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqish kerak. Informatika va axborot texnologiyalari fani va o‘quv predmeti bir-biridan avvalambor mazmunining hajmi va chuqurligi bilan farq qiladi. Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmeti o‘quvchilarda informatika haqida bir butun, yaxlit bilimlar tizimini hosil qiladigan va kelajak amaliy faoliyatlarida zarur bo‘ladigan ma’lumotlarnigina oladi. Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv predmeti sifatida o‘quv dasturlari va darsliklarda o‘z aksini topadi. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish uslubiyotining hususiyatlaridan biri o‘quvchilarni fanning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va ish ko‘nikmalarini olishning usul va yo‘llarini belgilash lozim. Bularga o‘quv materialini o‘rganish usullari hamda zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi. Informatika va axborot texnologiyalaridan mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish uchun tegishli material baza, ya’ni maxsus jihozlangan informatika xonasi bo‘lishi lozim. Xavfsizlik texnologiyalar konfiguratsiyasining samaradorligi zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ushbu masalalarni birlashtirish informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish uslubiyotining yana bir masalasini tashkil etadi.



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish