O`quvchi mustaqil ishining uslubiy (axborot) ta`minoti
O`quvchi uchun ma`lum bir mutaxassislik Informatika va axborot texnologiyalari fani bo`yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra tomonidan o`quv mashg`ulotlarining bevosita olib boruvchi o`qituvchi bilan birgalikda tuziladi hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. O`quvchiga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish bo`yicha dastlabki ko`rsatmalar va tavsiyalar qayd etiladi.
O`quvchilarning mustaqil ishini bajarishlari uchun axborot manbaasi sifatida adabiyotlarning yangi avlodlari, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, metodik qo`llanma, internet tarmog`idan tegishli ma`lumotlar, berilgan mavzu bo`yicha avval bajarilgan ishlar haqidagi ma`lumotlar xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |