3. Paint grafik muharriri rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan. U quyidagi buyruqlar kеtma-kеtligini bajarish bilan ishga tushiriladi:
Пуск Программы Стандартный Paint Ayrim hollarda Paint yorlig‘i WINDOWS ish stoliga ko‘chirilgan bo‘ladi. Bunday holda Paint yorlig‘i ustida sichqoncha tugmachasini bosish orqali dasturni tеzda ishga tushirish mumkin. Shundan so‘ng ekranda Paint dasturining ishchi oynasi (darchasi) ochiladi (6.1-rasm). U bir nеcha sohalardan iborat.
Oynaning asosiy qismini ish sohasi egallaydi. Uning chap yonida uskunalar panеli joylashgan (6.2-rasm). Unda tasvir yaratishda ishlatiladigan uskunalar tugmachalari (ramziy bеlgilari) joylashtirilgan. Ayrim uskunalar tanlanganda panеlning pastida ushbu uskunaning xossalarini qo‘shimcha sozlash uchun darcha paydo bo‘ladi.
Ish soxasining pastida ranglar palitrasi joylashgan. U rasm chizishda ishlatiladigan ranglar to‘plamini o‘z ichiga olgan.
Ranglar palitrasi ranglari o‘zgarib turuvchi kvadratchalardan iborat. Rangni o‘zgartirish uchun sichqoncha bеlgisini tanlangan rang ustiga olib kеlib, tugmachasini bosish kеrak. Agar chap tugmacha bosilsa asosiy rang (yo‘qori kvadratcha rangi), ung tugmacha bosilsa fon rangi (quyi kvadratcha rangi) o‘zgaradi (6.3-rasm).
Adobe Photoshop grafik dasturida ishlash
Vektorli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromediya Flash dasturlarni aytish mumkin. Ushbu dasturlarda rasmlar har xil chiziqlar va kiyshik vektorlardan iborat bo‘ladi.
Vektorli grafikada yaratilgan rasmlar logotip, illyustrasiyalar va zastavkalar yaratishda foydalaniladi. Rastrli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarni aytish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat - piksellardan iborat bo‘lib mozaika holatida rasmni hosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdon olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi. Kompyuter grafikada dyuymdagi piksellar soni (ppi) asosiy shart bo‘ladi. Qancha kuprok piksellar soni bo‘lsa shuncha tasvir sifatlirok bo‘ladi. Masalan agar ppi=72 bo‘lsa u holda 1 kvadrat dyuymga 5184 piskel joylashadi va uning hajmi 6 Kb bo‘ladi, agar esa ppi=144 bo‘lsa u holda 1 kvadrat dyuymga 20736 piskel joylashadi va endi uning hajmi 21 Kb ga teng bo‘ladi. Shu bilan birga monitorning ko‘rsatish va printerning chiqarish sifati - dyuymga piskellar soni (dpi) (72 yoki 96 dpi) va dyuymga chiziqlar soni (Ipi) (300-2400 dpi lazerli, sepuvchi printerlar uchun va 75-200 lpi matrisali printerlar uchun), xamda kompyuter ranglar sifati (2, 16, 256, 32 000, 16 000 000 ranglar soni) xam katta axamiyatga ega bo‘ladi. Rang holatlari - ranglarni chiqarish va ko‘rsatish yuli. Rang holatlari 2 xil bo‘ladi: RGB (kizil, zangor, kuk) monitorlarda tasvik ko‘rsatishda foydalaniladi, CMYK (xavorang, purpur, sarik, kora) bosmada foydalaniladi. RGB holatidagi ranglar soni CMYK holatga karaganda kuprok.
Adobe PhotoShop dasturni ishga tushirish uchun Windows ning asosiy menyu tugmasini bosamiz, uning ichidan Programmы bo‘limini tanlaymiz va Adobe nomli guruhdan Adobe PhotoShop nomli buyruqni tanlaymiz. Natijada quyidagi oyna hosil qilinadi:
Ushbu oynaning yuqorisida menyu satri joylashgan. U quyidagi qismlardan iborat: Файл (File), Правка (Edit), Рисунок (Image), Слой (Layer), Выделение (Select), Фильтр (Filter), Вид (View), Окно (Window) va Помощь (Help).
Uning tagida ish qurollarning xususiyatlari sohasi (Панель Свойств - Options bar) joylashgan. Agar ushbu soha ekranda yuk bo‘lsa uni Окно (Window) menyusidagi Свойства (Options) buyrug‘i yordamida ekranga chiqarishimiz mumkin.
Xususiyatlar sohasi pastida ish sohasi joylashgan bo‘lib, uning chap tomonida ish qurollar sohasini (панель Инструментов - Toolbox) kurishimiz mumkin. Ish sohasining ung tomonida har xil yordamchi sohalar joylanishi mumkin: Слои - Layers, История - History, Каналы - Channel, Цвета - Color, Стили - Style, Свойства кисти - Brushes, Свойства шрифта - Character va xokazo. Ushbu sohalarni xam Окно (Window) menyusidagi buyruqlari yordamida ekranga chiqarishimiz va ekrandan olib tashlashimiz mumkin.
Yordamchi sohalarni kichkinashtirishimiz xam mumkin. Buning uchun sohaning yuqorisidagi kichkinalashtirish (svernut) tugmasidan foydalanamiz. Yordamchi sohalarda bizga eng kerakli bu ish qurollar sohasi (панель Инструментов -Toolbox) va qatlamlar sohasi (Слои - Layers). Yangi PhotoShop faylini yaratish yoki eski faylni qayta ochish uchun menyu Файлдаги Создать va Открыть buyrug‘laridan foydalanamiz. Fayl yaratganimizda ekranda quyidagi oyna hosil qilinadi
Bu oynada uning nomini Name, turini Preset, enini Width, buyini Height, sifatini Resolution, ranglar holatini, orqa rangini tanlashimiz kerak bo‘ladi. Hammasini tanlagach OK tugmasini bosamiz va natijada ekranda yangi bush ish soha hosil qilinadi.