Adobe Photoshop dasturining menyusi. Image - Образ, Select - Выбор va Edit - Редактирование.
Rasm ranlarini, hajmini va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirish uchun maxsum menyu bo‘limi Image buyruqlaridan foydalanish kerak. Bulardan eng asosiylar bilan tanishaylik:
Rejim - Режим (Mode) - buyrug‘i rasm rejimini o‘zgartirish. Asosiy rejimlar:
Grayscale - kul rang holatiga o‘tkazish,
Indexed Color - ko‘rsatilgan ranglar soni holatiga o‘tkazish (256 gacha),
CMYK Color – to‘rta asosiy ranlar orqali kodlash (moviy, sariq, qora va qizgish ranglar),
RGB Color - uchta asosiy ranglar orqali kodlash (qizil, yashil, ko‘k)
Tahrirlash - Коректировка (Adjust) - bu bo‘limda joylashgan buyruqlarni aksariyati rasmni ranglar ustidan har xil tahrirlash amallarni bajarish uchun yordam beradi:
Уровни - Levels – Darajani sozlash (ya’ni yorqinlik darajasi)
Автоуровни - Auto Levels – Yuqoridagi kabi, faqat avtomatik ravishda
Автоконтраст - Auto Contrast – Kontrastni avtomatik sozlash
Цветовой баланс - Color Balance – Ranglar balansi (muvofiqligi, mosligi)
Яркость/Котраст - Bright/Consrast – Yorqin va kontrast
Оттенок/Насыщенность - Hue/Sturation – Ranglarni aralashtirish imkonini beradi.
Заменить цвет - Replace Color – Rasmdagi qaysidir belgilangan rangni o‘zgartirish
Variations – Ranglar muvofiqligi va yuqoridagi imkoniyatlarni sozlash. Bunda sizga bir nechta variantlar beriladi, tanlangan variant ekranda ko‘rsatib turiladi.
Image Size - Изменение размера картинки. Rasmning o‘lchamini o’zgartirish.
Rotate Canvas – Развороты, повороты – rasmlarni burish, aylantirish.
Soha tanlash - bu fotomontajning eng asosiy harakatlardan biri. Shuning uchun bu harakatlarga doir bo‘lgan Select menyu bo‘lim buyruqlari bilan yaqinroq tanishaymiz. Soha tanlash ish qurollar bilan biz yuqoridagi mavzularda tanishganmiz. Ushbu ish qurollar bilan rasmning ixtiriy soha tanlaganimizda, u punktir chiziqlar bilan chegaralanib kurinadi.
Agar shu tanlangan sohaga yana boshqa ixtiyoriy sohani qo‘shish uchun, Shift tugmasini bosib qo‘shimcha sohani tanlaymiz.
Agar esa shu tanlangan sohadan bir qismini tanlangandan chiqarib olish uchun, Alt tugmasini bosib shu sohani tanlaymiz.
Endi Select menyusining asosiy buyruqlari bilan tanishaylik.
Hammasini tanlash - Все (All) -{Ctrl+A}- butun rasm sohasini tanlash.
Tanlashdan chiqarish - Разотменить (Deselect) -{Ctrl+D}- Tanlangan sohani bekor qilish.
Tanlashni ogdarish - Инверсия (Inverse) - Tanlangan sohani tanlovdan chiqarib, tanlanmagan sohani tanlash.
Rang orqali tanlash - Диапазон цветов (Color Range) - Rang asosida tanlash. Sexirli tayokcha rdamchi tugmaga uxshash holatida ishlaydi.
Chegaralar - Растушевка (Feather) - tanlangan sohani chegaralari qalinligini aniqlash
O‘zgartirishlar - Изменить (Modify) - tanlangan sohani har xil holatlar bilan o‘zgartirish. Asosiy holatlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |