Pero - Pen (перо) - [P] - sichqoncha yordamida nuktalar orqali shaklni yaratish.
Ixtiyoriy pero - Freeform Pen (произвольное перо) - [P] - sichqoncha yordamida harakat orqali shaklni yaratish.
Yangi nukta qo‘shish - Add Anchor Point (добавить точку) - [нет] - sichqoncha yordamida shaklga yangi burilish nukta qo‘shish.
Nukta uchirish - Delete Anchor Point (удалить точку) - [нет] - sichqoncha yordamida shakldan burilish nuktasini uchirish.
Nukta o‘zgartirish - Convert Point (преобразовать точку) - [нет] - shakl nuktalarining joylanishini o‘zgartirish (chuzish).
Izoxlar - Notes (заметки) - [N] - rasm ixtiyoriy sohasiga matnli izox qo‘shish.
Tovush izoxlar - Audio Annotation (звуковое описание) - [N] - rasm ixtiyoriy sohasiga tovush izoxni mikrafon orqali qo‘shish. Paydo bo‘lgan oynada Start tugmasini bosib yozishni boshlaymiz, tuxtatish uchun Stop tugmasini bosamiz, yozish oynasidan chiqib ketish uchun Cancel tugmasini bosamiz.
Tomizgich (pipetka) - Eyedropper (пипетка) - [I] - ixtiyoriy rangni qayta asosiy rang qilib tanlash imkoniyatini yaratadi. Agar sizga orqa rang qilib tanlash kerak bo‘lsa u holda Alt tugmasini bosib turishingiz shart bo‘ladi.
Ranglarni solishtirish - Color Sampler (сравнение цветов) - [I] - Info yordamchi sohada 4 nuktalar ranglari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi. Nuktani sichqoncha yordamida kuyamiz, uchirish uchun esa Alt tugmasini bosib turib sichqoncha bin nuktaga bosish kerak.
Chizgich- Measure (измеритель) - [I] - rasmdagi masofani aniqlash uchun qo‘llaniladi. Agar Alt tugmasidan foydalanib chizgich boshidan yoki oxiridan yana bitta chiziq chizish mumkin va u yordamida transportir sifatida foydalansa bo‘ladi, chunki ikkita chiziqlar hosil kilgan burchak ulchamini ko‘rsatadi.
Xususiyatlar satrida quyidagilar aktiv bo‘ladi:
boshlovchi nukta koordinatalari (X, Y)
birinchi nuktadan ikkinchisigacha bo‘lgan masofa vertikal va gorizontal bo‘yicha (W, H)
X uki bo‘yicha egilish burchagi (A)
birinchi nuktadan ikkinchisigacha bo‘lgan masofa (D1)
birinchi nuktadan uchinchigacha bo‘lgan masofa (transportirdan foydalanganda) (D2)