Alta Vista – Internetdagi yirik izlash serverlaridan biri.
Archie - arxiv. Fayllarning Internetni ommaviy arxivlaridagi joyini aniqlab beruvchi tizim.
ARP (Address Resolution Protocol) – Manzil aniqlash protokoli. U kompyuterning Internetdagi IP- adresi bo‘yicha hududiy manzilini aniqlaydi.
ARPA (Advanced Research Projects Agency) – AQSH mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar loyiha (dastur)lari agentligi.
ARPANET – Dastlabki Internet uchun asos bo‘lgan tarmoq. Unda yetmishinchi yillarda Internetning nazariy asoslari va dasturiy ta'minoti sinovdan o‘tgan . Hozirda Internetga singib alohida tarmoq sifatida mavjud emas.