O ‟ z g a r u v c h i l a r
O‘zgaruvchi, dastur ob‗ekti bo‘lib, turli xil qiymatlarni xotirada ma‗lum nom bilan saqlab turish
uchun ishlatiladi. o‘zgaruvchi o‘z qiymatini dasturni bajarilish davomida, o‘zlashtirish operatori
yordamida qabul qiladi. qabul qilingan qiymat, o‘zgaruvchiga boshqa yangi qiymat berilmaguncha
saqlanib turiladi va yangi qiymat berilishi bilan eski qiymat butunlay o‘chib, yo‘q bo‘lib ketadi. Har bir
o‘zgaruvchiga ma‗lum bir tipga tegishli qiymatlarnigina qabul qilish huquqi beriladi. Boshqa tipdagi
qiymatlarni o‘zlashtirishga urinish dasturning xatoligini ta‗minlaydi.
o‘zgaruvchi - bu identifikatordir. Uning ismi o‘zgaruvchining qiymatiga murojaat qilishda
ishlatiladi. Boshqacha aytganda, dastur matnidagi ism, shu o‘zgaruvchining qiymatini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |