Informatika va axborot texnologiyalari fani haqida



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/225
Sana31.12.2021
Hajmi3,34 Mb.
#237591
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   225
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

 
Nazorat savollari: 
 
1.Standart funktsiyalarga misolar keltiring? 
2. Paskal tilida dastur strukturasi nima? 
3. Ma‘lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlari? 
 
 
Mavzu: Paskal tilining asosiy operatorlari. Paskal tilida oddiy dasturlar tuzilishi. 
Reja: 
1.  Dastur matnini yozish qoidalari  
2.  CHiziqli tuzilmali algoritmlar 
3.  Chiziqli tuzilmali algoritmlarni dasturlash 
 
Tayanch iboralar: Chiziqli tuzilmali algoritmlar, matn ajratgich, blok-sxema, Program, Var, Begin, read, 
Writeln, end. 
Adabiyotlar: 12, 13, 22, 23, 26, 30, 35, 38 
 
D a s t u r   m a t n i n i   y o z i s h   q o i d a l a r i  
 
Har  bir  algoritmik  tilning  dastur  matnini  yozish  qoidalari  turlicha  bo‘ladi.  Dasturlash  tillaridan 
eng  soddasi  Beysik  tilining  ma‗lum  versiyalarida,  dasturning  har  bir  operatori  qat‗iy  aniqlangan  qator 
nomerlari orqali yoziladi. Pascal tilida esa, operatorlar ketma-ket yozilib, o‘zaro ";" belgisi bilan ajratib 
boriladi.  Bundan  tashqari,  yozilgan  dasturning  o‘qishga  oson  va  undan  foydalanish  qulay  bo‘lishligi 
uchun dasturda "matnni ajratish" tushunchasidan foydalaniladi (bo‘sh joy, qatorni tugashi va izohlar). 
Bo‘sh joy (probel) grafik tasvirga ega emas belgi bo‘lib, qatordagi bo‘sh joyni anglatadi. Lekin, 
bo‘sh  joy  belgisi  o‘zining  sonli  kodiga  ega  va  dastur  matnidagi  boshqa  belgilar  kabi  kompyuterga 
kiritiladi. 


104 
 
Qator oxiri (tugashi) boshqaruvchi belgi bo‘lib, u ham grafik tasvirga ega emas. Ma‗lumki, dastur 
matnini  yozish  davomida  uni  tabiiy  ravishda  yangi  qatorlarga  ajratilib  yoziladi.  Chunki,  shu  matnni 
yozmoqchi bo‘lgan qog‘ozning ham, kompyuter ekranining ham o‘lchamlari cheklangan. Dastur matnini 
alohida qatorlarga ajratmay yozish ham mumkin, lekin bir satrga 256 tadan ortiq belgi sig‘maydi. Dastur 
matnini  alohida  qatorlarga  ajratish,  dastur  tuzuvchining  xohishiga  qarab  bajariladi.  Ma‗lum  bir  qator 
tugamay turib, yangi qatorga o‘tish uchun "qator oxiri" tugmachasi bosiladi. Bu tugmacha ham o‘zining 
maxsus sonli kodiga ega. 
Izoxlar  dasturni  o‘qishga  oson  bo‘lishi,  uni  qiynalmay  tekshirib,  yo‘l  qo‘yilgan  xatolarni 
to‘g‘rilash  va  dasturda  bajarilayotgan  ishlarni  tushuntirib  borish  uchun  qo‘yiladi.  Izoxsiz  yozilgan 
dasturni hujjat sifatida qabul qilinmaydi. Muvaffaqiyatli qo‘yilgan izoh dasturning va dastur tuzuvchining 
katta yutug‘i hisoblanadi. Izoxlar ixtiyoriy vaqtda dastur matniga kiritilishi yoki olib tashlanishi mumkin. 
Bu bilan dasturning ishi o‘zgarib qolmaydi. Izoxlarni "{" va "}" qavslari ichiga olinib yoziladi. 
Dastur "matn ajratgich"laridan foydalanishning quyidagi qoidalariga amal qilish lozim: 

  tilning ketma-ket yozilgan ikkita konstruktsiyasi orasiga albatta bo‘sh joy yozilishi kerak; 

 
ajratgichlarni xizmatchi so‘zlar, sonlar va ismlar orasiga qo‘yish maqsadga muvofiq emas. 
 
 
 
Quyida yuqoridagi qoiadalar asosida yozilgan dasturga doir misol keltirilgan. 
 
Misol. Quyidagi berilgan funktsiyalarning qiymatlarini [a,b] oralig‘idagi х=a+ih, 
n
a
b
h


 lar 
uchun (n-berilgan son) hisoblash dastursini tuzing: f
1
(x)=x
2
,f
2
(x)=3-x, f
3
(x)=0,5-sinx 
 
Program P1; 
 { f
1
(x)=x*x; f
2
(x)=3-x; f
3
(x)=0.5-sin(x) funktsiyalar qiymatini [a,b]  oralig‘ida hisoblash dasturi} 
   const 
        n=10; {[a,b] oraliqni 10 ta bo‟lakchalarga ajratdik} 
   Var 
        a,b:real; 
        i:integer; 
        x,h,y1,y2,y3:real; 
    Begin 
         read(a,b);  
 
      {[a,b] oraliqni chegaralarini ajratish} 
         h:=(b-a)/n;  x:=a;  i:=0;  {Boshlang‟ich ma„lumotlar hisoblandi} 
         Repeat 
               y1:=x*x; 
               y2:=3-x; 
               y3:=0.5-sin(x); 
Writeln (x,y1,y2,y3); {Funktsiyalar hisoblanib, natijalar chop etilmoqda} 
                x:=x+h;  i:=i+1; 
          Until i=n+1 
 
 
 
{Hisob ishlari yakunlandi} 
     end. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish