58
8. Ushbu darchada ma‘lumotlar kiritilish uchun 3 ta joy ajratilgan:
-Shahar kodi (Код города);
-Telefon;
-Mamlakat yoki viloyat kodi (Код страны или области).
Bu ma‘lumotlarni Siz internet xizmati ko‘rsatadigan provayderdan olasiz va ularni shoshmasdan
joy - joyiga yozasiz. (Masalan, O‘zbekiston kodi 998, Qarshi shaxri kodi 375, "SarkorTelecom" internet
provayderi serverining telefon raqami 1386000);
9. Mavjud darchada «Далее» tugmachasini topib va sichqonchaning chap tugmachasini ketma-
ket 2 marta bosasiz.
10. Ushbu darchada «Готово» tugmachasini topib va sichqonchaning chap tugmachasini ket-
maket 2 marta bosing.
«Удалленный доступ к сети» darchasida hozirgina tashkil etilgan yangi bog‘lanish belgisi va
nomi paydo bo‘ladi.
Ushbu tashkil etilgan bog‘lanish
internet xizmati ko‟rsatuvchi provayderga avtomatik ravishda
qo‘ng‘iroq qilib, ulanish imkoniyatini beradi, ammo internetda ishlashni qulaylashtirish uchun yana bir
necha amallarni bajarish lozim bo‘ladi.
Bu amallarni bajarish tartibi quyidagicha bajariladi:
1.«Удалленный доступ к сети» darchasida yangi tashkil etilgan bog‘lanish belgisi va nomini
izlab topasiz va sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosasiz, natijada ekranda yana bir qo‘shimcha darcha
paydo bo‘ladi va ushbu darchaning «Свойства» tugmachasini bosing.
2.Navbatdagi darcha bog‘lanishning umumiy xususiyatlari haqidagi ma‘lumotlarni o‘zida aks
ettirib, «Общые», «Тип сервера», «Сценарий», «Подключения» qismlaridan tashkil topgan. Avvalo
«Общые» qismidagi ma‘lumotlarning to‘g‘ri va aniq ekanligiga ishonch hosil qiling, so‘ngra darchaning
«Тип сервера» qismini oching va undagi foydalanadigan «Драйвер» larnigina qoldiring. Agar sizning
kompyuteringiz mahalliy tarmoqqa ulanmagan bo‗lsa NetBEUI va IPX/CPX protokollarini o‘zib quying
(ya‘ni ushbu protokollar oldidagi belgini olib tashlang).
3.Agar provayder sizga qo‘shimcha ma‘lumot sifatida 2 ta DNS serverning IP adreslarini bergan
bo‘lsa (asosiy va qo‘shimcha), u holda «Настройка TCP/IP» tugmachasi yordamida ma‘lumotlarni
kiritish zarur bo‘ladi.
4.Qolgan «Сценарий», «Подключения» qismlaridagi ma‘lumotlar yordamchi vazifalarni o‘tab,
ularni to‘ldirish zarur emas.
5. Moslashtirish, sozlash jarayoni «OK» tugmachasini bosish bilan tugatiladi.
6.Qulaylik uchun bog‘lanish belgisini ish stoliga ko‘chiring.
7.Internetga bog‘lanish uchun ushbu belgida sichqoncha tugmachasini cherting. Hosil bo‘lgan
darchada «Подключится» tugmachasini bosing.
Yuqoridagi barcha amallarni to‘liq bajarib bo‘lgandan so‘ng internet tarmog‘iga ulanish
mumkin bo‘ladi.
Internet avvalambor uning foydalanuvchilariga axborot xizmatini ko‘rsatish uchun
yaratilgandir. Xo‘sh, bu xizmat nimadan iborat va uning qanday turlari mavjud?
Ushbu sahifada biz mana shu xizmat turlari haqida so‘z yuritamiz.
Umuman olganda internet xizmat turlari nihoyatda ko‘p va xilma-xil bo‘lib (yangi xizmat turlari
kun sayin paydo bo‘lib, ba‘zilari yuqolmoqda) ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
WWW elektron sahifa xizmati;
Elektron pochta xizmati;
Telekonferentsiya (Usenet);
Fayllarni uzatish (FTP);
«Служба имен domen» (DNS);
Telnet xizmati;
IPC xizmati yoki Chat konferentsiya;
Ma‘lumotlarni izlash xizmati va hakoza.
Do'stlaringiz bilan baham: