Matlab tizimi, uning vazifalari va imkoniyatlari.
Oxirgi yillarda bir qancha davlatlarning Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar
tomonidan turli fanlarni ma‘ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda o‘rganish
jarayonida, kurs ishlarini, loyihalarni, bitiruv ishlari va dissertatsiyalarni bajarishda
bir qancha dasturiy komplekslardan iborat modellashtirish tizimi va tahlili keng
qo‘llanilmoqda. Dastury komplekslar orasida «Matlab» paketi o‘zining soddaligi,
ixchamligi, ishonchliligi, kengaytirilgan imkoniyati, zamonaviy talablarga javob
138
berishi o‘qish jarayonida zamonaviy texnologiyalarga asoslanganlifi bilan farq
qiladi.
«Matlab» «The Mathwoks Inc» firmasining mahsulotidir. «Matlab»
paketining birinchi versiyasi yaratilganiga 20 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bu paketning
rivojlanishi va takomillanishi hisoblash texnikasi vositalarini rivojlanishi bilan bir
vaqtga tog‘ri kelgan. «Matlab» paketining nomi Matrix Laboratory so‘zlaridan
olingan bo‘lib, u birinchi navbatda kattaliklar massivini(matrisa va vektor) qayta
ishlashga yo‘naltirilgan. Shuning uchun ham, hisoblash texnikasi avlodlari
almashinuvi yetarli darajada yuqori tezlikda bo‘lishiga qaramasdan, «Matlab»
ularning har biridan eng mukammalini o‘ziga singdirishga ulgurgan. «Matlab»
vaqt davomida rivojlanib boradigan dasturdir. 2000 yildan buyon u yiliga ikki
marotaba yangilanib turibdi. Paket nomidan u kattaliklar massivini(matrisa va
vektor) qayta ishlashga yo‘naltirilganligi ko‘rinib turibdi. Bu foydalanuvchilarga
ma‘lumotlarning ko‘rsatilgan turi bilan ishlovchi proseduralarning samaradorligini
yetarli darajada oshirish imkonini berdi.
Natijada hozirgi vaqtga kelib, «Matlab» 800dan ortiq funksiya va modellar
kutubxonasini tashkil qiladi. Ish jarayonidagi birgina muammo, qo‘yilgan
masakani yechish uchun kerak bo‘ladigan funksiya va modellarni tez qidirib
topishdadir.
Matematik modellashtirish doirasida «Matlab» kompyuter texnologiyasining
barcha zamonaviy yutuqlarini to‘liq ishlatish imkonini beradi, shu qatori
vizuallashtirish va kattaliklarning audifikatsiya(ovozli) vositalarini ishlatish.
Internet orqali kattaliklarni almashtirish imkoniyati ham mavjud. Bulardan
tashqari, foydalanuvchi «Matlab» vositalarining imkoniyatlari orqali yechilayotgan
masala talabiga va o‘zining ta‘biga qarab shaxsiy grafik interfeys yaratishi
mumkin. Ilmiy va texnika sohasining
mutaxassislariga paketda ishlash yengil bo‘lishi uchun funksiya kutubxonasi
bo‘limlarga bo‘lingan. Umumiy o‘ziga xos xarakterli model va funksiyalar
«Matlab» paketi asosiy yadrosi tarkibiga kiradi. Aniq sohafa xos model va
funksiyalar kengaytirilgan paket(Toolboxes) tarkibiga kiritilgan.
Shunday qilib, «Matlab» birinchi navbatda matematik modellashtirish
vositasidit. U ilm va texnikaning barcha ko‘zga ko‘ringan sohalarida analiz va
sintez nuqtai nazaridan tadqiqot ishlarini olib borishni ta‘minlaydi. Bunda paket
tuzilishi model yaratishdagi ikkita asosiy bo‘lgan -analitik va imitatsion
yondashuvlarni samarali qo‘shish imkonini beradi.
MatLab installyatsiyasi vaqtida tizim va jarayonlarni visual modellashtirish
paketi — Simulinkni o‘rnatish mumkin. Yangi model yaratish uchun
piktogrammasini sichqoncha yordamida belgilang yoki simulink buyrug‘ini
tanlang(63-rasm). Ekranda ikkita oyna hosil bo‘ladi. Birinchi oynada
kutubxonadan model tanlash, ikkinchisidan esa tuzumning umumiy modelini
yig‘ish uchun g‘ishtchalar tanlanadi.
Source (Manba) piktogrammasini faollashtirib manba kutubxonasini ochish
mumkin. Mos kutubxonalarni ochib va tanlangan modelni tizim modellarini
yaratish oynasiga sudrab,real tizim modelini yig‘ish mumkin. So‘ngra, modelni
139
ishga tushirib yechim olinadi. Sozlash jarayonida tizimni ishlash vaqtini, uechish
usulini va boshqa parametrlarni tanlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |