CALS-texnologiyalari tushunchasi.
CALS-texnologiya
—
bu
sanoat
ishlab
chiqarishini
kompleks
kompyuterlashtirishdir. Uning maqsadi sanoat mahsulotini uning faoliyat davri
barcha bosqichlarida o‘ziga xos xususiyatlarini standartlashtirish va
unifikasiyalshdir. Asosiy o‘ziga xos xususiyatlar loyiha, texnologik, ishlab
chiqarish, marketing, ekspluatasiya hujjatlarida taqdim etilgan. CALS-tizimlarda
kompyuter muhitida ma‘lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish ko‘zda
tutilgan. Avtomatlashtirishning mos tizimlari avtomatlashtirilgan mantiqiy tizimlar
yoki CALS(Computer Aided Logistic Systems) deb nomlangan. Sababi mantiqiy
deganda odatda zahiralarni boshqarish va ta‘minlashga qaratilgan masalalar
tushuniladi, CALS vazifalari esa kengroq bo‘lib, sanoat mahsulotlari faoliyat
davrining barcha bosqichlari bilan bog‘liqdir. Bularni e‘tiborga olgan holda CALS
ni quyidagicha shifrdan chiqarish mumkin CALS — Computer Acquisition and
LifeCycle Support.
CALSni qo‘llash loyihalash ishi ko‘lamini qisqartirish imkonini beradi.
Sababi oldindan loyihalangan jixozlar qismlari, mashinalar va tizimlar tarkibining
tavsiflari CALS texnologiyasi foydalanuvchilariga kirish mumkin bo‘lgan tarmoq
serverlarining ma‘lumotlar bazalarida saqlanadi. Turli tizim va sohalardagi
mahsulotlarning yaroqliligi va integrasiyasi yechimi, ekspluatasiya sharoitlarini
o‘zgarishiga moslashuvi, loyihalash tashkilotlarini ixtisoslashtirish va boshqa shu
kabi muammolar ancha yengillashadi. Murakkab texnik mahsulotlarning bozordagi
yutug‘ini CALS texnolosiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Sanoatda
Loyihalash
va
boshqarish
uchun
ochiq
taqsimlangan
avtomatlashtirilgan tizimni qurish zamonaviy CALS-texnologiyasining asosini
tashkil qiladi. Ularni qurishdagi asosiy muammo global mashtabga ega bo‘lgan
umumiy tizimda joy va vaqtdan qat‘iy nazar kattaliklar interpretasiyasini va ularni
bir hilda tavsiflashni ta‘minlashdir. Loyiha, texnologik va ekspluatasion hujjatlar
tuzilmasi hamda uni tasvirlash tillari standartlashgan bo‘lishi kerak. U holda turli
CAE/CAD/CAM tizimlarni ishlatadigan, vaqt va fazoda bo‘lingan turli
kollektivlarning umumiy loyihasi ustida olib borilayotgan ishning muvoffaqiyatli
bo‘lishi muqarrardir. Bitta konstruktorlik hujjati turli loyuhalarda ko‘p marotaba
ishlatilishi mumkin. Texnologik hujjat esa turli ishlab chiqarish talablariga
moslashgan. Bu esa loyihalash va ishlab chiqarish umumiy davrini qisqartirish va
arzonlashtirishga olib keladi. Bundan tashqari tizim ekspluatasiyasi soddalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |