1.1-rasm.
Shaxsiy kompyuterlarning tarkibiy sxemasi.
Mikroprotsessor (MP).
Bu shaxsiy kompyuterning asosiy bloki bo‗lib, kompyuterning
boshqa bloklari ishini boshqaradi hamda ma‘lumotlar ustida arifmetik va mantiqiy amallar
bajarilishini ta‘minlaydi. Uning tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi:
Boshqarish qurilmasi (BQ)
—
kompyuterning boshqa bloklariga zaruriy soniyalarda
ma‘lum boshqaruv signal (impuls)larini shakllantiradi va yuboradi, amal bajarilishida
qatnashuvchi ma‘lumotlar (operandlar)ning tezkor xotiradagi adreslarini tegishli bloklarga
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |