14. To'plam turi
14.1. type bits=set of 0..1;
var x: bits;
y: set of (a,b,c);
z: set of ‘*’..’*’;
Quyidagi savollarga javob berilsin.
a) Yuqorida keltirilgan to'plamli turlar uchun asos turi aniqlansin.
b) x,y va z o'zgaruvchilari qancha va qanday qiymatlar qabul qilishi mumkin?
14.2. Agar asosiy turda n-ta har xil qiymat bo'lsa, undan hosil qilingan to'plamli turda qancha har xil qiymat bo'ladi?
14.3. type hafta_ kuni=(dush, sesh, chor, pay, jum, shan, yak);
To'plam turi aniqlansin, y:
a) haftani ixtiyoriy kunini;
b) hafta ish kunlarining nomlarini o'z ichiga olsin.
14.4. Quyidagi turlarni qaysi biri to'g'ri emas va nima uchun?
type
Nuqta = set of real;
Bayt = array [1..8] of 0..1;
Berilganlar = set of bayt;
Oy= (yan,fev,mar,apr,may,iyn,iyl,avg,sen,okt,noy,dek);
M1 = set of oy;
M2 = set of iyn...avg;
M3 = set of dek...fev;
M4 = set of (iyn,iyl,avg);
14.5. Quyidagilarning qaysi biri to'plam (Paskal tili ma'nosida), qaysi bir to'plam emas va nima uchun?
a) [9,6,3,0]; b) [2..3,5,7]; d) [1..15,4..18]; g) [‘*’,’*’];
d) [0..0]; ye) [true..false]; j) [2, sqrt(9)]; z) [‘+’,’>+’,’>’];
i) [ [], [5] ]; k) [odd(7), 0<2].
14.6. var p : set of 0..9;
i,j : integer;
Quyidagi o'zlashtirish operatorlari bajarilganda, i=3 va j=5 bo'lganida p o'zgaruvchisi qanday qiymat qabul qiladi:
a) p:= [i+3, j div2, j..sqr(i)-3];
b) p:= [2*i..j];
d) p:=[i,j,2*i, 2*j]
14.7. var s : set of char; c,d : char;
s o'zgaruvchisiga quyidagi qiymatlar berilsin:
a) bo'sh to'plam;
b) kichik lotin unli harflari to'plami- (a,e,i,o,u);
v) barcha raqamlardan hosil bo'lgan to'plam;
g) c va d belgilari orasidagi belgilar to'plamini (c
14.8. Munosabatlar qiymatlari hisoblansin.
a) [2]<>[2,2,2]; b) [‘a’,’b’]=[‘b’,’a’]; d) [4,5,6]=[4..6];
g) [‘c’,’b’]=[‘c’..’b’]; d) [2,3,5,7]<=[1..9]; ye) [3,6..8]<=[2..7,9];
j) []<=[‘0’..’9’]; z) ’g’ in [‘a’..’z’]; i) trunc(3.9) in [1,3,5];
k) k odd(4) in [ ]; l) [2]<[1..3]; m) 66=[66].
14.9. Ifodalar ekvivalentmi:
a) p in [0,5,19] va (p=0) or (p=5) or (p=19) ?
b) p in [20..80] va (p>=20) and (p<=50) ?
14.10. type satr = array [1..100] of char;
Berilgan s satrga kiruvchi ‘+’ , ’-‘ va ’*’ belgilarni va raqamlarning umumiy sonini hisoblovchi hisob(s) funktsiyasi tuzilsin.
14.11. 1 dan 50 gacha sonlardan iborat 100 ta butun son berilgan. Bu sonlarning nechtasi Fibonachchi soni, birinchi raqami 1 va 2 dan boshlanadigan sonlar qancha ekanligini aniqlaydigan programma tuzilsin.
14.12. type oy=1..12;
Berilgan m oydagi kunlar sonini aniqlaydigan kun_soni (m) funktsiyasi tuzilsin (fevral oyi 29 kuni bo'lmagan hol uchun).
Do'stlaringiz bilan baham: |