9.4. Elementlari haqiqiy sonlardan iborat 4-chi tartibli kvadrat matritsani satrlari bo'yicha o'qilsin va ustunlari bo'yicha chop etilsin.
9.5. const n 20;
var A, B, C: array[1..n,1..n] of real;
x, y: array[1..n] of real;
Quyidagilar hisoblansin:
a) C=A+B; b) y=Ax; v) C=AB; g) B=BT
9.6. var C, D: array[0..9,-5..3] of integer; t: boolean;
Agar C va D matritsalar teng bo'lsa t o'zgaruvchiga true qiymat, aks holda false qiymat berilsin.
9.7. n-natural soni va 5-chi tartibli haqiqiy kvadrat matritsaning elementlari (satrlar bo'yicha) berilgan. Bu matritsaning n-darajasi topilsin (A1A, A2AA, A2A2A va hokazo).
9.8. type vektor array[1..10] of real;
table1 array[1..8] of vektor;
table2 array[1..8,1..10] of real;
var x: vektor; A: table1; B: table2;
Quyida ko'rsatilgan o'zlashtirish operatorlarining qaysi biri noto'g'ri:
a) A:B; b) A[1]:A[8]; v) B[3]:A[3];
g) B[1]:B[8]; d) x:A[5]; e) B[5]:x;
9.9. type vector array[1..20] of integer;
matrica array[1..20] of vector;
var A: matrica; x: vector;
B: array[1..20,1..20] of integer;
Quyidagi masalalar uchun programma tuzilsin:
a) A matritsaning toq satrlari x bilan almashtirilsin;
b) A matritsaning juft ustunlari x bilan almashtirilsin;
v) B matritsaning 1-chi 6 ta satri x bilan almashtirilsin;
g) A matritsada 1- satr, 2- satr bilan, 3-satr 4-satr bilan,..., 19-satr 20-satr bilan o'rinlari almashtirilsin (x-yordamchi jadvaldan foydalanilgan holda).
9.10. 7x4 o'lchamdagi haqiqiy matritsa satrlari orqali berilgan. Satr va ustunlarini shunday almashtirish kerakki, natijada eng katta element (yoki ulardan biri) matritsaning yuqori chap burchagida joylashsin.
9.11. type nuqta array[ 1..2] of real;
var M: array [1..40] of nuqta; d:real;
Berilgan M matritsa elementlari tekislikdagi nuqtalarning koordinatalari deb qarab, shu nuqtalar orasidagi eng katta masofa d topilsin.
9.12. type davlat (Aljir, Misr, Zair, Kamerun, Qongo,
Liviya, Mali, Nigeriya, Sudan, Chad, Efiopiya);
var qushni: array[davlat, davlat] of boolean;
s: davlat;
Agar a va b davlatlar umumiy chegaraga ega bo'lsa, u holda qushni[a,b] elementga true qiymat, aks holda false qiymat berilsin. Yuqorida sanab o'tilgan davlatlar orasidan eng ko'p qo'shniga ega bo'lgan S davlat topilsin.
9.13*. type orol (Barbados, Gayiti, Grenada, Quba,
Martinika, Yamayka);
oy = (yan,fev,mar,apr,may, iyn,iyl,avg,sen,okt,noy,dek);
var t: array [orol, oy] of real;
i: orol; m: oy;
t[x,y]- element u oyda x oroldagi o'rtacha oylik haroratini bildiradi. Qaysi orolda (i) qaysi oyda (m) eng sovuq ob-havo bo'lganligi aniqlansin.
9.14. var A: array [ 1..9, 1..9 ] of real; s: real;
A matritsaning bo'yalgan sohasidagi elementlar yig'indisi S topilsin (3-rasm).
3-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |