Informatika va at


Sanalanuvchi va chegaralangan turlar. Tanlash operatori



Download 5,36 Mb.
bet163/201
Sana14.01.2022
Hajmi5,36 Mb.
#365225
TuriРеферат
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   201
Bog'liq
algatirm mazmua

7. Sanalanuvchi va chegaralangan turlar. Tanlash operatori




7.1. Tur va o'zgaruvchilar e'loni berilgan:

type mavsum = (qish, bahor, yoz, kuz);

var x,y: mavsum;

t: (issiq, sovuq);

Quyidagi savollarga javob berilsin:

a) x, u va t o'zgaruvchilar qanday qiymatlar qabul qilishi mumkin? Quyidagicha qiymat berish mumkinmi?:

1) x:= bahor; 2) u:=x; 3) t:= issiq; 4) u:= t; 5) t:= juda issiq.

b) Ifodalarning qiymati hisoblansin:

1) bahor < yoz; 2) qish yoz; 3) kuz < qish;

4) bahor <> issiq; 5) succ(bahor); 6) pred(bahor);

7) succ(kuz); 8) pred(sovuq).

v) Ifodalarning qiymati hisoblansin:

1) ord(bahor); 2) ord(kuz) + ord(sovuq).

g) Takrorlash operatorini quyidagicha e'lon qilsa bo'ladimi?

for x:= bahor to kuz do

d) Quyidagi o'qish-yozish amallari o'rinlimi?

1) read(x); 2) write(yoz); 3) writeln(‘qish’, t)?

7.2. Quyidagi turlar bo'limidagi xatolar ko'rsatilsin:

type


harf = (‘a’,‘b’,‘c’,‘d’); unli = (a,e,i,o,u);

undosh = (b..d,f,g); ildiz = (1.00,1.41,1.73,2.00);

qarta = (6,7,8,9,10, valet, dama, qirol, tuz);

shaxmat_donasi = (fil, ot, ruh, farzin);

ot = (pegiy, siviy,qauriy);

hayvon = (sher, fil, girafa);

bulish= (div,mod); mantiq = boolean;

7.3. Tur va o'zgaruvchilar e'loni berilgan:

type digit = ’0’..’9’;

var d: digit; k: 0..9; n: integer;

Quyidagi savollarga javob berilsin:

a) digit turining qiymatlari nima bo'lishi mumkin? Bu chegaralangan tur uchun asos tur nima? Quyidagicha qiymat berish mumkinmi?

1) d:= ‘7’; 2) d:= ‘a'; 3) d:=7;

b) k qanday qiymat qabul qilishi mumkin? Uning uchun asos tur nima? Quyidagicha qiymat berish mumkinmi?

1) k:=5; 2) k:=10; 3) k:=-0;

4) k:=‘5’; 5) k:=ord(d); 6) k:=ord(d)-ord(‘0’).

v) chegaralangan turdagi qiymatlarga, uning uchun asos bo'lgan tur qiymatlari ustida bajariladigan amallarni qo'llash mumkinmi? Quyidagi operatorda xatolar bormi?

if k+n>7*k then k:=abs(n) mod(10) else d:=chr(k+ord(‘0’));

g) tub sonlardan iborat chegaralangan turni Paskal tilida aniqlash mumkinmi?



7.4. Quyidagi e'lon qilishlardagi xatolar ko'rsatilsin?

const n=180; pi=3.14159;

type raqam = ’0’..’9’;

harf = a..z;

burchak = -n..n;

kesma = 0..n-1;

davr = -pi..pi;

plyus = ’+’..’+’;

hafta = (yaksh, dush, sesh, chor, paysh, juma, shanba);

ish_kuni = dush..juma;

dam_olish = shanba..yaksh;

7.5. Berilganlar turi va o'zgaruvchilar quyidagicha aniqlangan:

type oy =(yan,fev,mar,apr,may, iyn,iyl,avg,sen,okt,noy,dek);

kun = 1..31;

var d1, d2: kun; m1, m2: oy; t: boolean;

Agar d1, m1 sana (yil hisobida) d2, m2 sanadan oldin kelsa, t o'zgaruvchiga true qiymat, aks holda false qiymat berilsin.

7.6. var m, m1:oy; {‘oy'ning aniqlanishi 7.5 da};

k: 1..maxint; n:1..12;

m1 o'zgaruvchiga qiymat berilsin:

a) m oydan keyingi oyning nomi (dekabrdan keyin yanvar kelishini hisobga olgan holda);

b) m oydan keyingi k-chi oyning nomi;

v) yilning n-chi oyi nomi berilsin.



7.7. type davlat = (Avstriya, Bulgorya, Yunoniston, Italiya,

Norvegiya, Fransiya, Germaniya);

poytaxt = (Vena, Sofiya, Afina, Rim, Oslo, Parij, Berlin);

var st: davlat; shahar: poytaxt;

st o'zgaruvchining (davlatning nomi) qiymatiga ko'ra shahar o'zgaruvchiga shu davlat poytaxtining nomi berilsin.

7.8. var p: (ad, bas, mdl, lsp, pas, pl, for);

a: ( ada, basic, modula2, lisp, pascal, pl1, fortran);

Programmalash tilining p qisqa nomiga ko'ra shu tilning to'la nomi a o'zgaruvchiga berilsin.


Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish