3.11*. Quyidagi programma e sonining birinchi 4 ta darajasini chop etadi.
Program Daraja;
const e=2.71828;
var e2: real;
begin e2 :=e*e; writeln(e, e2, e*e2, e2*e2); end.
Bu programma soninig birinchi 4 ta darajalarini chop etishi uchun unga qanday o'zgartirishlar kiritish kerak (iloji boricha minimal)?
3.12. Agar ye soni ye sonidan katta bo'lsa true, aks holda false qiymatni chop etuvchi programma tuzilsin (ye va sonlarni 10-5 aniqlikdagi o'zgarmaslar deb hisoblansin).
3.13. Berilgan radiusli doiraga ichki chizilgan muntazam 17-burchakning perimetri va yuzasini hisoblovchi programma tuzilsin. Programmani 25- burchak uchun qo'llash uchun unga qanday o'zgartirishlar kiritish kerak bo'ladi?
3.14. Quyidagi savollarga javob bering:
a) Paskal programmada ishlatiladigan o'zgaruvchilarning barchasi e'lon qilinishi shartmi?
b) E'lon qilingan o'zgaruvchilardan kompilyator qanday ma'lumot oladi va foydalanadi?
v) Programmadagi buyruqlar bajarilishining boshlanishida o'zgaruvchilar qanday qiymatlar qabul qiladi?
g) O'zgarmaslar qiymatini o'zgartirish mumkinmi?
d) O'zgarmaslar e'lonida ularning turi ko'rsatilmaydi. Bu holda ularning turi qanday aniqlanadi?
e) Nima uchun maxint, true, false o'zgarmaslarini e'lon qilish kerak emas?
3.15. Programmadagi xatolar topilsin:
program Hato
const =3.14159;
var a,b : integer;
begin
read (A);
d:=odd( *0) and b>a ;
writeln (d)
end.
3
b) program B;
const k=true;
var x : real;
begin
read(x);
writeln(ord(x)=k)
end.
.16. Quyidagi programmalardagi xatolar topilsin:
a) program A;
const d=5;
begin
d:=sqr (d);
writeln(‘d**2=’,d)
end.
g) program D;
var x:real;
begin
read(x);
y:=sqrt(x)+1;
writeln(y)
end.
d) program S;
var a,b,c : integer;
begin
read(a,b);
writeln((a+b+c/3)
end.
d) program E;
const B=2.5;
var a, b, c :real;
begin
read(a,c);
writeln(a*c>b)
end.
3.17. Berilgan 31.7 soni uchun quyidagi programma nimani chop etadi?
program time; var fi: real; h,m: integer;
begin read(fi); h:=trunc((fi/30); m:=trunc (fi-30*h)/0.5);
writeln (h,’ ‘,m) end.
Programma o'qishga oson bo'lgan ko'rinishda yozilsin.
3.18. Quyidagi masalalarni yechish uchun programmalar tuzilsin:
a) xx -funksiyasining hosilasi a (a>0) nuqtada hisoblansin;
b) berilgan a soni uchun ln(ctgx-1)=a tenglamaning (, 2) intervalga tegishli ildizi topilsin;
v) berilgan 3 ta musbat sonlar o'rta geometrik qiymatining kasr qismi topilsin;
g) berilgan koeffitsiyent va o'ng tomon qiymatlarida tenglamalar sistemasining determinanti noldan farqli deb hisoblab sistema yechimi topilsin:
d) berilgan radiusdagi aylananing uzunligi, doiraning yuzasi va sharning hajmi hisoblansin;
e) berilgan ikkita katetlari bo'yicha to'g'ri burchakli uchburchakning perimetri va yuzasi hisoblansin.
j) uchburchak uchlarining koordinatalari asosida uning yuzi va perimetri topilsin.
z) berilgan ikki tomon va ular orasidagi burchak (gradusda) asosida uchburchakning uchinchi tomoni va yuzasi topilsin.
i) berilgan to'rt xonali son raqamlarining ko'paytmasi topilsin.
k) berilgan uch xonali son raqamlarini teskari tartibda yozishdan hosil bo'lgan son topilsin.
3.19. Quyidagi masalalarni yechadigan va berilgan shartlarni bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab mos ravishda true yoki false chop etadigan programma tuzilsin:
a) berilgan ixtiyoriy a,b,c haqiqiy sonlarda ax2+bx+c=0 tenglama hech bo'lmaganda bitta haqiqiy ildizga ega;
b) berilgan p,a,b (ax- )= tenglamaning kesmada ildizi bormi?
v) berilgan to'rt xonali son boshidagi ikkita raqamlar yig'indisining qolgan raqamlari yig'indisiga teng yoki yo'qligi aniqlansin;
g) berilgan uch xonali son kvadrati, uning raqamlari yig'indisining kubiga tengmi?
d) berilgan haqiqiy musbat son kasr qismining boshidagi uchta raqamlari orasida 0 raqami bormi?
e) berilgan uch xonali son raqamlari orasida bir xillari bormi?
j) uchta ixtiyoriy son berilgan. Tomonlarining uzunliklari shu sonlarga teng bo'lgan uchburchak yasash mumkinmi?
z) shaxmat doskasining ikkita maydonining koordinatalari (1 dan 8 gacha bo'lgan butun sonlar yordamida) berilgan. Ot bir yurishda bu maydonlarning biridan ikkinchisiga o'tishi mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |