6.21. Belgi turidagi s2, s1, s0 o'zgaruvchilariga uch xonali k sonining chap, o'rta va o'ng raqamlari berilsin.
6.22. Faqat belgi turidagi qiymatlarni o'qish amalidan foydalanib (ya'ni read(c), bu yerda s - belgi turi), bo'sh bo'lmagan, boshlanishida «+» yoki «-» belgilari, oxirida probel keluvchi raqamlar ketma-ketligi kiritilsin. Mos son hosil qilinib, u butun turdagi k o'zgaruvchiga qiymat qilib berilsin.
6.23. Faqat belgi turidagi qiymatlarni chop qilish amalidan foydalanib, ya'ni write(c), bu yerda s - belgi turidagi parametr, butun turdagi k o'zgaruvchi qiymati chop qilinsin («+» belgisi chop qilinmasin).
Do'stlaringiz bilan baham: |