27-Mavzu: Simsiz tarmoqlarda axborot xavfsizligi
Internet ning gurillab rivojlanishi natijasida dunyoda axborotni tarqatish va foydalanishda sifatiy o’zgarish sodir bo’ldi. Internet foydalanuvchilari arzon va qulay kommunikatsiyaga ega bo’ldilar. Korxonalar Internet kanallaridan jiddiy tijorat va boshqaruv axborotlarini uzatish imkoniyatlariga qiziqib qoldilar. Ammo Internetning qurilishi printsi’i niyati buzuq odamlarga axborotni o’g’irlash yoki atayin buzish imkoniyatini yaratdi. Odatda TC’/I’ protokollar va standart Internet-ilovalar (e-mail,
Web, FT’) asosida qurilgan kor’orativ va idora tarmoqlari suqilib kirishdan kafolatlanmaganlar.
Internetning hamma yerda tarqalishidan manfaat ko’rish maqsadida tarmoq xujumlariga samarali qarshilik ko’rsatuvchi va biznesda ochiq tarmoqlardan faol va xavfsiz foydalanishga imkon beruvchi virtual xususiy tarmoq V’N yaratish ustida ishlar olib borildi. Natijada 1990 yilning boshida virtual xususiy tarmoq V’N kontse’tsiyasi yaratildi. "Virtual" iborasi V’N atamasiga ikkita uzel o’rtasidagi ulanishni vaqtincha deb ko’rilishini ta’kidlash maqsadida kiritilgan. Haqiqatan, bu ulanish doimiy, qat’iy bo’lmay, faqat ochiq tarmoq bo’yicha trafik o’tganida mavjud bo’ladi.
Virtual tarmoq V’Nlarni qurish kontse’tsiyasi asosida yetarlicha oddiy g’oya yotadi: agal global tarmoqda axborot almashinuvchi ikkita uzel bo’lsa, bu uzellar orasida ochiq tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning konfidentsialligini va yaxlitligini ta’minlovchi virtual himoyalangan tunnel qurish zarur va bu virtual tunneldan barcha mumkin bo’lgan tashqi faol va passiv kuzatuvchilarning foydalanishi xaddan tashqari qiyin bo’lishi lozim.
SHunday qilib, V’N tunneli ochiq tarmoq orqali o’tkazilgan ulanish bo’lib, u orqali virtual tarmoqning Kriptografik himoyalangan axborot paketlari uzatiladi. Axborotni V’N tunneli bo’yicha uzatilishi jarayonidagi himoyalash quyidagi vazifalarni bajarishga asoslangan:
o’zaro aloqadagi taraflarni autentifikatsiyalash;
uzatiluvchi ma’lumotlarni Kriptografik berkitish (shifrlash);
etkaziladigan axborotning haqiqiyligini va yaxlitligini tekshirish.
Bu vazifalar bir biriga bog’liq bo’lib, ularni amalga oshirishda axborotni Kriptografik himoyalash usullaridan foydalaniladi. Bunday himoyalashning samaradorligi simmetrik va asimmetrik Kriptografik tizimlarning birgalikda ishlatilishi evaziga ta’minlanadi. V’N qurilmalari tomonidan shakllantiriluvchi V’N tunneli himoyalangan ajratilgan liniya xususiyatlariga ega bo’lib, bu himoyalangan ajratilgan liniyalar umumfoydalanuvchi tarmoq, masalan Internet doirasida, saflanadi. V’N qurilmalari virtual xususiy tarmoqlarda V’N-mijoz, V’N-server yoki V’N xavfsizligi shlyuzi vazifasini o’tashi mumkin.
V’N-mijoz odatda shaxsiy kom’yuter asosidagi dasturiy yoki dasturiy-a’’arat kom’leksi bo’lib, uning tarmoq dasturiy ta’minoti u boshqa V’N-mijoz, V’N-server yoki V’N xavfsizligi shlyuzlari bilan almashinadigan trafikni shifrlash va autentifikatsiyalash uchun modifikatsiyalanadi.
V’N-server server vazifasini o’tovchi, kom’yuterga o’rnatiluvchi dasturiy yoki dasturiy-a’’arat kom’leksidan iborat. V’N-server tashqi tarmoqlarning ruxsatsiz foydalanishidan serverlarni himoyalashni hamda alohida kom’yuterlar va mos V’N-mahsulotlari orqali himoyalangan lokal tarmoq segmentlaridagi kom’yuterlar bilan himoyalangan ulanishlarni tashkil etishni ta’minlaydi. V’N-server V’N-mijozning server platformalari uchun funktsional analog hisoblanadi. U avvalo V’N-mijozlar bilan ko’’gina ulanishlarni madadlovchi kengaytirilgan resurslari bilan ajralib turadi. V’N-server mobil foydalanuvchilar bilan ulanishlarni ham madadlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |