5-BOB. WEB - DIZAYN ASOSLARI.
(20 soat)
Web-dizayn va uning dasturiy ta'minoti. JavaScript dasturi yordamida web- sahifa yaratish va bezash. JavaScript, dasturini ishga tushirish, jihozlar paneli. Web-sahifalarga rasmli, grafikli ma'lumotlarni joylashtirish va bezash. Grafik obektlarining qo‘shimcha imkoniyatlari. Web-sahifalarda formalar yaratish va bezash. JavaScript dasturida arfimetik amallar. Web-sahifalarda animastiyalar va ularni o‘rnatish. JavaScript dasturida oddiy matnni harakatlantirish, JavaScript dasturida aylana shakl harakatlanib to‘rtburchak hosil qilish. Tovushli ma'lumotlar va ular bilan ishlash. Video fayllarni o‘rnatish ketma-ketligi, dasturning ishchi sohasiga video va audio fayllarni o‘rnatish. Web-sahifalar orasida aloqalarni o‘rnatish imkoniyatlari. Gipermatnli bog‘lanish.
6-BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI
(14 soat)
Axborot xavfsizligi tushunchasi va samaradorligi ko‘rsatkichlari. Axborot xavfsizligi, Identifikatsiya, Avtorizatsiya, Axborotni muhofazalash, Ma'lumotni ochish. Axborot xavfsizligi muammolari. Axborotlarni himoyalashning tarkibiy qismlari va usullari. Axborot xavfsizligiga asosiy tahdidlar, “Ko‘rinmas” fayllar, Axborot muhofazisining tashkiliy tadbirlari, Axborotni himoyalashning texnik vositalari.
Mintaqaviy va Global kompyuter tarmog‘i va uni himoyalash. Modem, Internet Protocol – IP, IR-adres, Simple Mail Transfer Protocol – SMTP, User Datagram Protocol – UDP, Brandmauer, kriptologiya, kriptotahlil, tarmoq viruslari, Detektor –dasturlar, Doktor – dasturlar, Filtr – dasturlar.
Elektron xukumat. Elektron xukumat va uni ximoyalash usullari. Raqamli imzoni shakllantirish, Elektron tijorat va elektron to‘lov tizimlari, Mail User Agent – MUA, Local Delivery Agent – LDA, Message Submission Agent –MSA, Mail Transfer Agent – MTA. Interaktiv davlat xizmatlari. Davlat xizmatlari, my.gov.uz — yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
3. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
O‘quv moduli davomida o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha amaldagi tartib asosida baholanadi. Baholash usullari yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular o‘quv elementini o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga hamohang bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |