Информатика



Download 6,61 Mb.
bet325/338
Sana18.07.2021
Hajmi6,61 Mb.
#122213
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   338
Bog'liq
informatika

10.23-rasm. Programming

ketligi yoki [Math] asboblar panelidan [Programming] asbobini tanlash kerak. Ekranda [Programming] muloqot oynasi chiqadi va unda dasturlash operatorlari joylashgan (10.23-rasmga qarang)

10.12-jadval. Dasturlash operatorlari


Nomi

tugmasi

Vazifasi

Add line

[ ] ]

Dasturlash uchun soha e`lon qilish



[ { ]

Dasturlashda qiymatni o`zlashtirish

if

[ } ]

Shart amali

otherwise

[Ctrl]+[ } ]

Qolgan hollarda

For

[Ctrl]+[ ― ]

Takrorlanish for operatori

While

[Ctrl]+[ ] ]

Takrorlanish While operatori

Break

[Ctrl]+[ { ]

To`xtatish, qadamni keying amalga uzatish

continue

[Ctrl]+[ [ ]

Takrorlanish jarayonida amalni uzatish

Return

[Ctrl]+[ | ]

Qiymat qaytarish

On error

[Ctrl]+[ ‗ ]

Xato bo`lgan holatda

Mathcad dasturida dasturlash uchun e`lon qilingan o`zgaruvchilar faqat dasturning ichki matniga ta`sir ko`rsatadi(-rasm, ―local o`zgaruvchi‖). Dasturlash operatorlar yordamida funksiyalarni oson va qulay e`lon qilish mumkin (10.24- rasm).



10.24-rasm. Misollar

Matematika va sonlar nazariyasida ba`zi funksiyalarni shartlar orqali aniqlashda to`gri keladi. masalan,

Berilgan uchta (1), (2) va (3) funksiyalar mathcadda aniqlash osondir. – rasmning ―modulni aniqlash‖ -(1) , ―berilgan nuqtani aniqlash‖ –(2), ―shartli

funksiyalarni aniqlash‖ –(3) larni aniqlaydi. (3) funksiyani ikki xil usul bilan aniqlangan.

Yuqoridagi misollar orqali [add line], [], [if], [otherwise] dasturlash operatorlari va munosabat amallaridan foydalandik.





10.25-rasm. Misollar.

Mathcadda nafaqat sonlar, balki so`zlar bilan ham ishlash mumkin. – rasmning 1- misoliga qarang. Misolda agar f(x) ning parametri sifatida ixtiyoriy son berilsa, uning toq yoki juftligini aniqlaydi. mod(a,b) funksiyasi ani b ga bo`lib, qoldiqni qaytaradi. Ceil(x) funksiya esa sonni yaxlitlaydi (ceil(1.01)=2). –rasmdagi 2-misol murakkab munosabat operatorlariga doir misol ko`rsatilgan.

Mathcad takrorlanish For operatoriga doir misollarni ko`rib chiqamiz. – rasmda keltirilgan 1 – misol diagonal elementlari 1 bo`lgan nxn o`lchovli matritsani aniqlaydi. Xuddi Identity(n) kabi. 2-misolda uch o`lchovli massiv yaratilgan. 3-misolda vektor hosil qilinmoqda. Vektorni hosil qilishda n,a,b parameterlardan foydalanilmoqda. Bu yerda n – vektor elementlarining eng yuqori chegarasi bo`lib, n gacha bo`lgan sonlar a yoki b qoldiqsiz bo`linsa vektor elementi bo`la oladi. 4- misolda M,k operatorlar parametr sifatida olingan. Bunda M matritsadan k qiymatga teng bo`lgan birinchi elementning joylashgan o`rni aniqlanadi.



10.26-rasm. Takrorlanishga doir misollar

10.27-rasm. Takrorlanishga doir misollar natijasi.



10.28-rasm. For takrorlanishga doir misollar.

1-misol n gacha bo`lgan sonlar yig`indisini hisoblaydi. Masalan, sum(5)=15. 2 – misol vektor hosil qiladi. Vec(b,t,h) da b – vektorning birinchi elementi, t- vektorning oxirgi elementi, h – vektor elementlari orasidagi farq. Prod(v) – bu vektor elementlarini ko`paytiradi. 3-misol matritsa hosil qiladi. 4 – misol fibonachi ketma – ketligini hisoblaydi.





10.29-rasm. For takrorlanishga doir misollar natijasi.

Mathcadda while operatoriga doir dasturlash bilan tanishib chiqamiz. – rasmdagi 1 – misol hosil qilingan vektorning  aniqlikdagi element indeksini va elementni qiymatini qaytaradi. 2- misol vektorning x teng bo`lgan element indeksini va elementni qiymatini qaytaradi.





10.30-rasm. While ga doir misollar.

Dasturlash texnologiyasida barcha funksiyalar dasturchilar tomonidan yoziladi. Mathcadda ham bu imkoniyat mavjud. – rasmdagi 1 – misolda while takrorlanish operatori yordamida berilgan a sonidan  aniqlikda kvadrat ildiz olish dasturi keltirilgan. 2-misolda ham a sonidan  aniqlikda kvadrat ildiz olish dasturi keltirilgan bo`lib, unda if – shart operatori va break o`tish operatorlaridan foydalanilgan. 3- misolda faktarial while va break operatorlari yordamida amalga oshirilgan.





10.31-rasm. While, break operatorlariga doir misollar.

Mathcad dasturida ham Rekursiv dasturlarni tuzish mumkin. –rasmda rekursiv dasturlashdan foydalanib, faktorial va fibonachi ketma-ketliklari hisoblash dasturlari keltirilgan.





10.32-rasm. Rekursiv dasturlashga oid misollar.

Mathcadda continue va return operatorlariga doir misollar keltiramiz (- rasm). Rasmdagi 1- misol continue operatoriga bagishlangan bo`lib, berilgan n gacha sonlardan faqat toqlarining yig`indisini hisoblaydi. Misolda agar k 2 ga qoldiqsiz bo`linsa, pastdagi ss+k amali bajarilmaydi va continue operatori ish jarayonini for operatoriga uzatadi. 2-misol return operatori yordamida bajarilgan bo`lib, unda parametr sifatida kiritilgan a sonining necha xonaligini aniqlab beradi. Bu misol ikki variantda tuzilgan.





10.33-rasm. Continue va return operatorlariga doir misollar.

Matematika va sonlar nazariyasida aniqlab bo`lmaydigan hisoblashlarga duch kelamiz. Masalan, 1/0 holat. Mathcadda dasturlash jarayonida bunday xatoliklarni boshqarish imkoniyati bor. –rasmda 2 ta misol keltirib o`tilgan. 1-

misolda e`lon qilingan f(x) ni x=0 da hisoblab bo`lmaydi. Mathcadda uni boshqarib bo`ladi. F(x) ni e`lon qilishda on error funksiyasidan foydalanilgan bo`lib, ya`ni 1/x xato bo`lganda 0 ni qiymat qilib qaytarish olingan. 2-misol 1- misoldan farqli bo`lib F(x) ning xato qiymatida Mathcad xato ko`rsatadi va xato funksiya tanlanganda xatoda ko`rsatilgan so`zni chiqaradi.



10.34-rasm. Hisoblashdagi xatolikni aniqlash.

Mathcad dasturida dasturlash uchun barcha qulayliklar mavjud. Tuzilgan dasturlarning algoritmi bilan bir xil bo`lishi ham mumkin. Mathcadda dasturlash uchun atigi 10 ta dasturlash operatorlarini bilish talab etiladi.



Download 6,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish