Mathcad - matematik amaliy dastur
Muhim so`zlar: kompyuterli algebra, Mathcad, WYSIWYG texnologiyasi, variant, interfeys, yozish qoidasi, asboblar paneli, matematik amallar, munosabat amallari, funksiya.
Bilib olasiz: kompyuterli algebra dasturlari to`g`risida ma`lumot, mathcad dasturi,interfeysi, formula yozish qoidasi, asboblar paneli, oddiy matematik amallar,munosabat amallari standart funksiyalardan foydalanish, oddiy hisoblashlarni.
Mathcad — kompyuterli algebra tizimi bolib, unda avtomatlash, loyihalash, hisob-kitob amallari interaktiv va visual hisoblashlarga mo`ljallangan dastur.
Mathcad dasturi Mussachus texnologiya institute (MIT) olimi Allenom Razdovom (Алленом Раздовом) tomonidan Mathsoft kompaniyasida yaratilgan. Mathsoft 2006 yildan buyon PTC (Parametric Technology Corporation) kompaniyasi tarkibida faoliyat olib boradi. Mathcad juda qulay interfeysli dastur bo`lib, ma`lumot va formulalarni kiritish uchun klaviaturadan foydalanish yoki maxsus asboblar panellaridan foydalanish imkoniyati bor. Yana bir qulaylik tomoni shundaki, mathcadda formulalarni xuddi matematik ko`rinishda yozish mumkin. Hisoblashlar faqat formulalar orqali emas balki dasturlash, loyihalash orqali bajarish mumkin. Mathcadning ba`zi imkoniyatlar Maple (MKM, Maple Kernel Mathsoft) kompyuterli algebra tizimi asosida yaratilgan (13.1 variantigacha). 14 versiyadan boshlash MuPAD yadro simvollari foydalanilgan.
Mathcad dasturining varaqlarida bajariladigan amallar va tenglamalar, grafikli tasvirlar, matnlar dasturlash tili asosida yaratilgan. Bu varaqlarni varaq – dastur deyiladi va uni ishlash prinsiplari WYSIWYG (What You See Is What You Get — «что видишь, то и получаешь») texnologiyasi asosida yaratilgan.
Ta`lim jarayoni, hisoblash va injenerlik tajribalarida Mathcad dasturidan foydalanish qulay. Bundan tashqari XML va .NET texnologiya asoslarida ishlash, e-kitoblarni tez va oson tayyorlash mumkin. Mathcad dasturidan foydalanuvchilar soni taxminan 1.8 mlnga yetarkan.
Bugungi kunga kelib Mathcad dasturining quyidagi Mathcad 1.0-5.xx, Mathcad 6, Mathcad 7, Mathcad 8, Mathcad 2000 (9 variant), Mathcad 2001 (10 variant), Mathcad 2001i, («interaktivli»), Mathcad 11-11.2a, Mathcad 12, Mathcad 13-13.1, Mathcad 14, Mathcad 15, Mathcad Prime 1.0 variantlari bor.
Mathcad dasturining texnologiyasini kelajakda rivojlantirib, Mathcad Application Server (MAS) texnologiyasini yaratish ko`zda tutilgan. MAS texnologiyasida Mathcadning ixtiyoriy variantini tan olish, hamda Mathcad varaqlarini veb- interfeys (Web Calc texnologiya) ga o`tkazish rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |