Информатика


 Mustahkamlash uchun savollar



Download 6,61 Mb.
bet229/338
Sana18.07.2021
Hajmi6,61 Mb.
#122213
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   338
Bog'liq
informatika

 Mustahkamlash uchun savollar.


      1. Matn muharririning vazifalarini ayting.

      2. Microsoft word qanday dastur ?

      3. Word so`zining o`zbekcha ma`nosini bilasizmi ?

      4. Word oynasi necha qismdan iborat ?

      5. O`ng tomondagi tugmachalar vazifalarini ayting.

      6. [Ctrl]+[G] tugmachalarining vazifasini ayting.

      7. [Статистика] oynasi qanday ma`lumotlarni chiqaradi ?

      8. Kerakli ibora (belgi)ni qidirib topish uchun qaysi tugma bosiladi ?

      9. Microsoft Wordning nechta lentasi bor ? 10.Jo`natmalar lentasining vazifasini ayting.
    1. Matnli hujjatlarni tayyorlash

Muhim so`zlar: hujjat, matnli hujjat, belgi, ibora, so`z, qator, word cho`ntagi, format, funksional tugma, shrift, bo`lim, tekislash, stil, bet .

Bilib olasiz: matnli hujjatlar bilan ishlash, windows cho`ntagidan foydalanish, matn ustida bajariladigan amallar, foydali tugmalar, matnlarni formatlash, stillardan foydalanish, yaratish,bet xususiyatlari bilan ishlash imkoniyatlarini.

Matnli hujjatlarni tayyorlash uchun odatda matn bo`limlari, qatorlar va so`zlar bilan ishlanadi. So`zlarni klaviatura yordamida kiritiladi. Bir bo`limni tugatib, ikkinchi bo`limni yaratish uchun [Enter] tugmasi bosiladi. Matnning biror qismini nusxalash yoki ko`paytirish uchun Windows cho`ntaklaridan foydalanamiz. Wordda oxirgi 24 ta nusxalangan ma`lumotni saqlovchi cho`ntak mavjud. Uni ekranga chiqarish uchun bosh lentaning [Буфер обмена] bo`limiga murojat qilish kerak. Bo`limning past o`ng tomonidagi tugmacha bosilsa, ekranda cho`ntak oynasi hosil bo`ladi. Uni sozlash uchun параметры bo`limidan foydalanamiz. Ma`lumotlarni cho`ntakka ikki usulda olish mumkin. [Копировать]


  • nusxalash, bunda matnning qismi belgilanib olinadi va nusxasi cho`ntakka uzatiladi. Bu amalni bajarish uchun [Буфер обмена] bo`limidan [Копировать]

tugmasini bosish kerak yoki [Ctrl]+[C] yoki [Ctrl]+[inseret] tugmalar majmuasini bosish yetarli. [Вырезать] – kesib olish, bunda matnning qismi belgilanib olinadi va matnda qoldirmasdan cho`ntakka ko`chiriladi. Bu amalni bajarish uchun [Буфер обмена] bo`limidan [Вырезать] tugmasini bosish kerak yoki [Ctrl]+[X] yoki [Ctrl]+[Delete] tugmalar majmuasini bosish yetarli. Cho`ntakdagi ma`lumotni matnning biror qismida qo`yish uchun kerakli joyga borib (kursor turgan joy) [Буфер обмена] bo`limidan [Вставить] tugmasini bosish kerak yoki [Ctrl]+[V] yoki [Shift]+[insert] tugmalar majmuasini bosish yetarli. [Буфер обмена] bo`limida yana bir tugma [Формат по образу] – namuna bo`yicha formatlashdir. Matnning biror qismini formatlash kerak bo`lsa, tayyorlangan format [Формат по образу] tugmasi orqali nusxalanadi va format kerakli joyi (bo`lim, so`z, harf)ga bosiladi.

Matnli hujjatda matnlar bilan ishlaganda interaktiv amallar mavjud. Ular matnli hujjat bilan ishlashni yengillashtiradi. Ular:



    • qator boshiga o`tish uchun [Home] tugmasi;

    • qator oxiriga o`tish uchun [End] tugmasi;

    • So`zni harfma - harf belgilash uchun [Shift] va [], [] yo`nalish tugmasi;

    • Matnni qator-qator belgilash uchun [Shift] va [],[] yo`nalish tugmasi;

    • Matnni so`zma-so`z belgilash uchun [Ctrl]+[Shift] va [], [] yo`nalish tugmasi;

    • Matnni bo`lim-bo`lim belgilash uchun [Ctrl]+[Shift] va [],[] yo`nalish tugmasi;

    • Matnda so`zma-so`z harakatlanish uchun [Ctrl]+[] yo`nalish tugmasi;

    • Hujjatda qator oxirigacha belgilash uchun [Shift]+[End] tugmasi;

    • Hujjatda qator boshigacha belgilash uchun [Shift]+[Home] tugmasi;

    • Hujjatni varaqlash uchun [PageUp] oldinga, [PageDn] navbatdagiga o`tish uchun;

    • Hujjat boshiga o`tish uchun [Ctrl]+[Home] tugmasi;

    • Hujjat oxiriga o`tish uchun [Ctrl]+[End] tugmasi;

    • Matndan bitta so`zni belgilash uchun so`zning ustiga sichqoncha ikki marta tez-tez bosiladi;

    • Matndan bitta bo`limni belgilash uchun bo`limning ustiga sichqoncha uch marta tez-tez bosiladi;

Matnli hujjatlarda matnning shrifti bilan ishlash imkoniyati matnni tayyorlashda qulay bolib, yozuv turi, o`lchami, shakli rangi va bir qator amallarni bajarishga xizmat qiladi. Bu vazifalarni bosh lentadagi [Шрифт] yozuvni tayyorlash bo`limi yordamida amalga oshirsa bo`ladi.


Download 6,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish