Mustahkamlash uchun savollar.
Qo`shimcha kutubxonalar nima uchun kerak ?
kutubxonasi nima uchun kerak ?
Faqat va sana bilan ishlash uchun qaysi kutubxona kerak ?
Bitta simvolni standart oqimda chiqarish uchun qaysi operatordan foydalaniladi ?
Getch() ning vazifasini ayting.
Printf() umumiy yozilishi qanday ?
Printf() ga d parametr qanday amalni bajaradi ?
Printf(―s%s‖,s) nimani anglatadi ?
Formatli kiritish operatorini ayting.
Scanf(―s%s‖,s) nimani anglatadi ?
Oqimli kiritish va chiqarish.
Muhim so`zlar: fayl, oqimli kiritish, chiqarish, buffer, stdin, stdout, fopen, fputs, puts, fclose, perror.
Bilib olasiz: oqim bilan ishlash, fayllardan o`qish, oqim bilan bog`liq fopen() parametrlari, qo`llash, perror() funksiyasi, fayllar bilan ishlovchi oddiy operatorlarni.
C ++ tilining asosiy xususiyatlaridan biri oldindan rejalashtirilgan fayllar strukturasi yo`qligidir. Hamma fayllar, baytlar ketma-ketligi deb ko`riladi. UNIX operatsion sistemasida har bir qurilmaga «Maxsus fayl» mos keladi, shuning uchun C++ kutubxonasidagi funksiyalar fayllar bilan ham, qurilmalar bilan ham ma`lumot almashinishi uchun foydalaniladi. C++ tili kutubxonasida kiritish – chiqarish, quyi darajadagi kiritish, chiqarish va portlar uchun kiritish – chiqarish, oqimli daraja tizim xususiyatlariga bog`liq bo`lishi uchun bu yerda qaralmaydi. Oqimli chiqarish va kiritishda ma`lumotlar bilan almashish baytma-bayt amalga oshiriladi. Lekin tashqi xotira qurilmalari bilan almashish oldidan belgilangan ma`lumotlar bloki orqali amalga oshiriladi. Odatda u blokning minimal hajmi 512 yoki 1024 baytga teng bo`ladi. Diskga o`qilishda ma`lumotlar operatsion qatordagi buferi yoziladi, so`ngra baytma bayt buferga yig`iladi, so`ngra diskka
har bir murojaat qilinganda yagona blok sifatida uzatiladi. Shuning uchun ma`lumot almashishi diskka to`g`ridan to`g`ri murojaat qilishiga ko`ra tezroq amalga oshadi. Shunday qilib, oqim bu buferlash vositalari va fayldir.
Oqim bilan ishlashda quyidagi vazifalarni bajarish mumkin.
-Oqimlarni ochish va yopish.
-Simvol, qator, satr, formatlangan ma`lumot ixtiyoriy uzunlikdagi ma`lumotlarni kiritish yoki chiqarish va fayl oxiriga yetganlik shartini tahlil qilish;
-Buferlash va bufer hajmini boshqarish;
-Ko`rsatkich oqimdagi o`rnini aniqlash yoki yangi o`ringa ko`chirish. Bu vazifalarni boshqaruvchi funksiyalar teng foydalanish dasturiga Stdio.h – faylini ulash lozim. Dastur bajarilishi boshlanganda avtomatik ravishda 5 ta oqim
ochilib, bulardan:
-Standart kiritish oqimi stdin;
-Standart chiqarish oqimi stdout;
-Xatolar haqida ma`lumotlar standart oqimi stderr;
Do'stlaringiz bilan baham: |