Chastotali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma`lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning chastotasi o`zgaradi, bunda uning amplitudasi o`zgarmaydi. Eng sodda holda ma`lumotlardan bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma`lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos kеladi, masalan, 980 Gs va 1180 Gs. chastotali modulyatsiya xalaqitlarga juda turg`undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |