8.16-rasm. Microsoft Excel dasturining oynasi.
Microsoft Excel 2007 (Excel) asosan hisob – kitob ishlari, ma`lumotlarning turli ko`rinishlari, ma`lumotlarni qayta ishlash, saralash kabi amallarni bajarishga mo`ljallangan. Excelning oynasi Word oynasi kabi 4 qismdan iborat. Bular: Sarlavha satri, lentalar, ishchi maydon va holat satri. Sarlavha va holat satri xuddi word dasturiniki bilan bir xil. Shuning uchun bu qismlarga to`xtalib o`tmaymiz. Excelda tayyorlanadigan hujjat ishchi kitob deb nomlanadi. Ishchi kitob o`z navbatida varaqlardan iborat bo`ladi.
Dastur oynasining ishchi maydonida ishchi kitob bilan ishlash uchun qulay bo`lgan vositalar joylashgan. Ishchi maydon asosan yacheykalardan iborat. Yacheykalar esa ustun va qatorning kesishmasidan tashkil topgan. Excelda hammasi bo`lib qatorlar soni 1048576=220 ta bo`lib, ular raqamlar bilan tartiblanadi. So`nggi qatorga o`tish uchun [Ctrl] + [] tugmachalar majmuasi bosiladi. Ustunlar soni esa 16384=214 ta bo`lib, lotin harflari bilan belgilanadi. So`ngi ustunga o`tish uchun [Ctrl]+[] tugmachalar majmuasi bosiladi. Excelda hammasi bo`lib 17179869184 = 234 ta yacheykalar bor. Har bir yacheyka o`z nomiga ega. Masalan, A4, D11. A4 – A nomli ustunning 4 qator degan ma`noni beradi va biz bu yacheykaga doimo A4 deb murojaat etamiz. Ishchi kitobda tezkorning quvvati yetguncha varaqlarni yaratish mumkin. Avtomatik tarzda 3 ta
varaq yaratiladi. Ustunlarning maksimal uzunligi 255 ta belgi, qatorlarning maksimal balandligi 409 yozuv o`lchami. Har bir varaqda 1026 ta vertikal va gorizontal chiziqlar bor bo`lib, 38117488 ta bet bor. Har betda 450ta yacheyka bor. Har bir yacheykada 32767 ta belgini yozish mumkin. Ishchi kitobda 16 million xil rangdan ya`ni 32 bitli ranglar to`plami va 24 bitli ranglar to`plamidan to`liq foydalanish mumkin. ishchi kitobdagi betlarni varaqlaydi. [ |◄] belgisi birinchi varaqqa o`tish, [◄] bitta oldingi, [►] bitta keyingi va [►|] oxirgi varaqqa o`tish uchun ishlatiladi.
Excelning lentalari Wordning lentalaridan farqli ravishda 7ta bo`lib, ularga:
[Главная] bosh lenta, [Вставка] ob`yektlarni o`rnatish, [Рaзметка страницы] bet xususiyatlari, [Формулы] formulalar, [Данные] ma`lumotlar, [Рецензтрование] taqrizlash, [Вид] ko`rinish lentalaridir.
Bosh lenta 7 ta bo`limdan iborat bo`lib, windows cho`ntagi, matn yozuvlari, matnlarni tekislash va yacheykaga joylashtirish, yacheykani formatlash, stillar, yacheykani shartli formatlash, yacheykalar qo`shish, o`chrish va tahrirlash amallarini bajarish uchun mo`ljallangan.
Ob`yektlarni joylashtirish lentasi yordamida jadvallarni ko`chirish, ko`rgazmali rasmlarni, diagrammalar, aloqalar, ob`yektli matnlarini joylashtirishimiz mumkin.
Bet xususiyatlari lentasida ishchi kitobning varaqlari betlari uchun temalar, bet parametrlari, chegaralari, o`lchamlari, turlarini tanlash mumkin.
Formulalar lentasi yordamida turli hisob-kitoblarni bajarish uchun formulalar kategoriyalarini tanlash, formulalar kutubxonasi, maydonlarni nomlash, maxsus hisoblash formulalar jarayoni bilan ishlash imkoniyatlari bor.
Ma`lumotlar lentasidan ichki ma`lumotlarni joylashtirish, ma`lumotlar bilan bog`lanish, ma`lumotlarni saralash, ma`lumotlar bilan ishlash kabi amallarni bajarish uchun mo`ljallangan.
Taqrizlash lentasida ma`lumotlarning to`g`ri yozilganligini tekshirish, izohlar yaratish, ishchi kitob varaqlarini himoyalash kabi amallarni bajarish mumkin.
Ko`rinish lentasida varaqlarning ko`rinishi, maxsus elementlarni ko`rsatish yoki yashirish, varaqning masshtabini aniqlash va o`zgartirish, Excel oynalari bilan ishlash va makroslar yaratish imkoniyatlari mavjud.
Lentalar bilan ishlash foydalanuvchiga katta qulayliklar yaratib beradi.
Sichqonchasiz ham lentalardan foydalanib bo`ladi xuddi Worddagi kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |