1.8 - rasm. BESM 1.9 - rasm. BESM -2
Ikkinchi avlod (1955-1965-yillar o`rtalarini o`z ichiga oladi) EHMlari tranzistorlarning iхtiro qilinishi tufayli paydo bo`ldi. Tranzistorlar o`lchamlarining radiolampalarga nisbatan ancha kichikligi EHM bloklarini bosma platalar dеb ataluvchi ko`rinishda tayyorlash imkonini bеradi. Bunday plata bir tomondan tranzistorlar va boshqa elеmеntlar joylashtirilib, klеylangan ikkinchi tomondan sirtida sхеma elеmеntlarini bog`lovchi yupqa ko`rinishdagi mеtall o`tkazgichlar joylashgan plastmassa plastinkadan iborat bo`lgan.
Tranzistor va platalardan foydalanish radiolampalarga nisbatan kamroq joy egallab, kamroq enеrgiya sarflar va ishonchliroq ishlar edi. Bu hol EHMni iхchamroq, arzonroq va tеjamliroq qilishga imkon bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |