Информатика


Dunyodagi eng mashhur online e-librarylar nomlari



Download 7,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet432/485
Sana11.07.2021
Hajmi7,86 Mb.
#115730
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   485
Bog'liq
informatika

Dunyodagi eng mashhur online e-librarylar nomlari: 

Gutenberg  proekti  asosida 

http://www.gutenberg.org

. Juda ko`plab  elektron 

ma`lumotlarga  ochiq  va  erkin  murojaat  qilish  mumkin.  Mualliflik  huquqlari 

himoya qilinmagan, tezda yuklab olish imkoniyati mavjud, bepul e-kutubxona. 

  

Questia proekti asosida  



http://www.questia.com/publicdomainindex

.  Ilmiy 

ishlarga  online  bog`lanish  imkoniyatini  beruvchi,  juda  ko`plab  tadqiqot  natijalari 

mavjud bo`lgan  e-kutubxona. 

Massachuset  texnologiya  institute  qoshidagi    CourseWare  e-kutubxonasi. 

http://ocw.mit.edu/index.html

.    O`quv  ma`teriallariga  erkin  ruxsat  etgan    va  1000 

ta kurslar materiallari bor.  




 

481 


Pensilvanin 

universitetining 

onlinebooks 

nomi 


e-kutubxonasi. 

http://onlinebooks.library.upenn.edu/lists.html

.  Juda  ko`plab  e-kitoblarni  ko`rish, 

o`qish va yuklab olish imkoniyatlari mavjud, bepul kutubxona.  

Tadqiqotlar  bo`yicha    ―Ла  Троба‖,   

http://www.lib.latrobe.edu.au/arrow

 

12000 dan ko`p ilmiy ishlarni o`qish va yuklab olish mumkin hamda darsliklarning 



mundarijalarini ham ko`rib chiqish imkoniyati bor. 

  

AQSHning  Milliy  ilmiy  fondlar  va  milliy  fizika  nazariyasi  instituti 



hamkorligida   

http://www.arxiv.org

  e-kutubxona  yaratilgan.  Unda    100000  ortiq 

nashr  qilingan  statistika,  fizika,  matematika  va  informatika  va  boshqa  ilmiy 

yo`nalishlar bo`yicha kitoblar bor.  

Xalqaro e-kutubxonalar ro`yxati: 

Google kompaniyasining proekti  Google Book  Search    juda  ko`plab  matnli 

ma`lumotlarni Ingliz va rus tilida mavjud. Bundan tashqari AQSH da yashovchilar 

uchun 1900 yildan 1923 gacha bo`lgan ma`lumotlardan foydalanish qulayligi bor.  

Umumyevropaning  elektron  kutubxonasi  «Europeana»  —  Yevropaning 

tarixi  va  madaniyatiga  oid  :kitoblar,  rasmlar,ovozli  yozuvlar  litsenziya  bilan 

qo`yilgan.  Chunki  ulardan  tijorat  maqasadida  foydalanishlari  mumkin.  2008  yil 

noyabrda  2 mln dan ko`p materiallari bor edi. 2015 yilga kelib, 20 mln ga borishi 

rejalashtirilgan. 

openlibrary.org  —Internet  Archive  tashkilotining proekti  asosida  yaratilgan 

―Ochiq  kutubxona‖nomli  e-kutubxona.    2008  yil  noyabrda  1064822  maqolalar 

to`plami  bor  edi.  Qaysiki  ularni  bepul  ko`rish  va  yuklab  olish  qulayliklar  faqat 

ro`yxatdan  o`tganlar  uchun.  Bulardan  tashqari  XIX—XX  asrlarga  ta`luqli  rus 

tildagi badiy adabiyotlar ham mavjud. 

Gallica  —  fransuz  arxivi.  U  Fransiyaning  Milly  kutubxonasining  elektron 

variant  bo`lib  hisoblandi.  Unda  12  mln  dan  ortiq  kitob  va  kichik  scriptlar,    500 

ming tabiat manzaralari, 800 ming medal va tangalar, 650 ming rasmlar bor.  

Proekt  «Гутенберг» — Birinchi e-library bo`lib hisoblanadi. Unda 20 000 

matnli, ovozli, notali yozuv, MIDI va video rolliklar mavjud.  

LibriVox — Ovozli kitoblar kutubxonasi.  



 

482 


World  Digital  Library  (Dunyoning  raqamli  kutubonasi)  —Kongress 

kutubxonasi. 2007 yilda Rossiya milliy kutubxonasi bilan qo`shilgan. 

Respublikamizda  ham  juda  ko`plab  e-kutubxonalar  bor.  Ulardan  biri  bu 

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Ziyoney 

axborot  –  ta`lim  portal  bo`lib  hisoblanadi.  Bu  portal  o`zbekcha  (kril,  lotin 

alifbosida)  va  rus  tilida  foaliyat  olib  boradi.  Undan 

Respublikamiz olimlari, Oily va o`rta maxsus ta`lim 

o`qituvchilari  tomonidan  yaratilgan  ilmiy-ommabob 

nashrlar,  darslik,  o`quv,  uslubiy  qo`llanmalar,  ilmiy 

tadqoqot natijalari ko`rish, yuklab olish mumkin.  

2011  yil  12  may  kuni  O‘zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish  agentligi 

qoshidagi  Respublika  axborot-kutubxona  markazida  Koreya  Respublikasi  granti 

asosida  tashkil  etilgan  ilmiy-texnik  adabiyotlar  elektron  kutubxona  majmuining 

ochilish  marosimi  bo‘lib  o‘tdi.  Ilmiy-texnik  adabiyotlar  elektron  kutubxonasi 

O‘zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish  agentligi  va  Koreya  xalqaro  hamkorlik 

agentligining  (KOICA)  mutaxassislari  ishtirokida  tashkil  etildi.  Ushbu  loyiha 

O‘zbekistonda  ilmiy-texnik  adabiyotlar  elektron  kutubxonasining  kompleks 

tizimini yaratish bo‘yicha hukumatlararo bitim doirasida amalga oshirildi. Elektron 

kutubxonaning  ochilishida  O‘zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish  agentligi  bosh 

direktori  H.Muhiddinov  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  -  yil  20 

iyunda qabul qilingan ―Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta‘minlashni 

tashkil  etish  to‘g‘risida‖gi  qarori  aholiga  ko‘rsatilayotgan  axborot-kutubxona 

xizmatini  yanada  rivojlantirish  va  takomillashtirish,  kutubxona  ishiga  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  keng  joriy  etishda  muhim  ahamiyat  kasb 

etayotganini  ta‘kidladi.  Davlatimiz  rahbarining  mazkur  qarori  ijrosi  samarasida 

so‘nggi  yillarda  mamlakatimizda  kutubxona  sohasida  muhim  o‘zgarishlar  yuz 

berdi, axborot-kutubxona muassasalari faoliyati yangi bosqichga ko‘tarildi.  Yangi 

tashkil  etilgan  ilmiy-ma‘rifiy  muassasa  taqdimoti  ham  buning  yaqqol  misolidir. 

Axborot-kutubxonalarida 

aholiga 


zamonaviy 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalaridan  foydalangan  holda  xizmat  ko‘rsatishni  yaxshilash  bilan  birga 

 



 

483 


tizimdagi  muassasalar  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  axborotlashtirish  va 

kutubxona ishida o‘zaro hamkorlik va tashkiliy-uslubiy ta‘minotni yo‘lga qo‘yish 

muhim o‘rin tutadi.  

Koreya  Respublikasi  Milliy  Assambleyasi  a‘zosi  Xak  Jin  Mun 

mamlakatlarimiz  o‘rtasidagi  do‘stlik  va  hamkorlik  aloqalari  mustahkamlanib 

borayotganini  ta‘kidladi.  Ayni  paytda  iqtisodiy  va  gumanitar  yo‘nalishlardagi 

aloqalar  ko‘lami  tobora  kengaymoqda.  Muvaffaqiyatli  amalga  oshirilgan  ushbu 

loyiha  ham  ikki  tomonlama  strategik  hamkorlik  aloqalarining  rivojlanib 

borayotgani samarasidir.  

Respublika  axborot-kutubxona  markazi  rahbari  A.Ishmatovning  aytishicha, 

Toshkent shahar ―Bilim‖ axborot-kutubxona markazi negizida tashkil etilgan yangi 

kutubxona  jamoasi  oldida  ilmiy-texnik  axborot  resurslari  fondini  tashkil  qilish, 

aholining  to‘plangan  elektron  axborot,  jumladan,  to‘liq  matnli  axborotdan  keng 

foydalanishini  ta‘minlash,  markaziy  hamda  ilmiy  va  ilmiy-texnik  axborot 

resurslarini  doimiy  qo‘llab-quvvatlash  kabi  vazifalar  turibdi.  Kutubxonaning 

asosiy  vazifalari  bosma  nashrlar  va  chop  etilmagan  hujjatlarni  raqamlashtirish, 

materiallarni  ko‘chirish  va  internetga  joylashtirish,  mualliflar,  noshirlar,  elektron 

baza  generatorlari  hamda  tematik  ilmiy-ma‘rifiy  jamoalardan  elektron 

materillardan  foydalanish  huquqini  olishdan  iboratdir.  Bu  bilan  foydalanish 

chegaralangan  hujjatlardan  (nodir  filmlar,  fotoalbomlar,  qo‘lyozmalar, 

dissertatsiyalar) keng foydalanish imkoniyati yaratiladi.  

Bu  yerda  o‘quv  zali,  kompyuter  xonalari,  kitoblar  saqlanadigan  joy,  turli 

xildagi  texnika,  mebellar,  kino  uskunalari  mavjud.  Ayni  paytda  ushbu 

muassasaning  kitob  fondi  shakllantirilmoqda.  U  mamlakatimiz  va  xorijda 

chiqarilgan  yuzlab  jilddagi  turli  adabiyotlar,  davriy  nashrlarni  o‘z  ichiga  oladi. 

Mazkur qo‘llanmalar elektron formatga o‘tkaziladi. Natijada tashrif buyuruvchilar 

ulardan  on-layn  rejimida  foydalanishi,  internet  orqali  obunani  rasmiylashtirishi, 

shuningdek,  elektron  ilmiy-ommabop  jurnallardan  foydalanish  uchun  turli 

agentliklar, kutubxonalar va nashriyotlar bilan bog‘lanishi mumkin bo‘ladi. 



 

484 


 


Download 7,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish