5.12. E`lon fayllari, formatli kiritish-chiqarish.
Muhim so`zlar: kutubxona, imkoniyatlar, include, preprosessor,
putch(), getch(). Putchar(), getchar(), printf(), scanf().
Bilib olasiz: qo`shimcha kutubxonalar haqida ma`lumot, putch(),
getch(), putchar(), getchar(), printf(),scanf() formatli kiritish-chiqarish
operatorlarini ishlatish , ularning parametrlarini.
Standart kutubxona ichidagi funksiyalarni ishlatish uchun ularning
prototiplari joylashgan e`lon fayllarini include preprosessor buyrug`i bilan dastur
ichiga yozish kerak. Quyida biz ba`zi bir keng qo`llaniladigan e`lon fayllarini
keltirib o`tamiz, ularning yangi va bor bo`lsa, eski ismlarini beramiz. Quyida yangi
bo`lgan atamalarni keyinchalik tushuntirib o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |