Информатика


  Internet – bilim manbai (E-library)



Download 7,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet431/485
Sana11.07.2021
Hajmi7,86 Mb.
#115730
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   485
Bog'liq
informatika

9.9.  Internet – bilim manbai (E-library) 



    Muhim  so`zlar:  internet,  e-library,  elektron  kutubxona,  virtual 



kutubxona, e-kutubxona, digital library.   



        Bilib  olasiz:  Elektron  kutubxonalarning  imkoniyatlari,  nomlanishi, 



asosiy  qulayliklari,  dunyodagi  bepul  va  muhim  kutubxonalar  haqida  ma`lumot, 

Ziyonet va milliy e-library haqida. 

Internet  tizimining  ajoyib  xizmatlari  bor.  Dunyo  jamiyatida  yashovchi 

insonlarning  30-40  %  internet  haqida  tur  xil  tasavvurlarga  ega  desak  xato 

bo`lmaydi.  Internetning  elektron  pochta,  interaktiv  muloqot,  forum,  e-

kutubxona, masofali talim, e-birja, e-tijorat, masofali konferensiyalar, qidiruv 

tizimlari,  yangiliklar,  RSS  (Really  Simple  Syndication)  kabi  xizmatlarini 

sanab  o`tish  mumkin.  Elеktron  kutubxona  kutubxonaning  elеktron  shaklidir. 

Kutubxona  dеganda  odatda  ko`z  oldimizga  kitoblar  turgan  uzundan  -  uzoq 

kitob javonli katta xonalar kеladi. Elеktron kutubxonada ham kitoblar elektron 

variantda  joylashtirilgan.  Bu  kitoblarni  o`qish,  ko`chirib  olish  mumkin. 

Elektron  kutubxonaning  oddiy  kutubxonadan  farqi  shundaki,  unda  kitoblarni 

saralash  mumkin.  Dunyoning  ixtiyoriy  nuqtasidan  elеktron  kutubxona 

ma`lumotlaridan foydalana olish mumkin.  

Elеktron kutubxonalarni turlicha nomlashadi: 

 

•  Elеktron kutubxona 



 

•  Virtual kutubxona 

 

•  е - kutubxona 



 

•  e - library 

 

•  digital library 




 

479 


 

Elеktron  kutubxona  odatdagi  kutubxonadan  bir  qancha    qulayliklarga 

ega: 

 

Joyning tеjamlanishi, ya`ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joyning zarurati 



yo`qligi. 

  Nodir  asar  va  ma`lumotlarni  saqlash  va  ulardan  foydalana  olish 

imkoniyatining mavjudligi 

  Foydalanishning qulayligi va yеngilligi. 

  Qidiruv tizimlarining mavjudligi. 

 

Ma`lumotlar hajmining chеklanmaganligi. 



 

Ma`lumotning  audio,  vidеo  va  kompyutеr  grafikasi  yordamida  sifatli  va 

yaxshiroq aks ettirish mumkinligi. 

 

Vaqtning  tеjalishi  va  chеklanmaganligi,  ya`ni  undan  24  soat  mobaynida 



foydalanishingiz mumkin. 

  Qo`shimcha xizmatlarning mavjudligi. 

  Yangi kitoblar bilan tanishish; 

  Kitob sotib olish uchun magazinga borish vaqti; 

  Giperhavolalarning mavjudligi; 

Dеmak, elеktron kutubxona bu turli ma`lumotlar jamlangan Intеrnеtga xizmat 

ko`rsatuvchi 

serverlardir. 

Bu 

serverda 



maxsus 

markaz 


mutaxassislari 

ma`lumotlarni muntazam ravishda kiritadi va yig`adi. Ya`ni ma`lumotlar doimo 

yangilanib turiladi va kutubxona hajmi kеngayib boradi. 

 

E-kutubxona bilan ishlash uchun manzilni maydoniga yozishingiz zarur. 



Odatdagi  kutubxona  singari  elеktron  kutubxona  ma`lumotlari  mavzu  yoki 

alfavit  bo`yicha  tartiblanadi.  Shuning  uchun  zarur  ma`lumotni  shu  tartibda 

topish  mumkin.  Virtual  kutubxona  haqida  batafsil  ma`lumot  bilan  tanishib 

chiqamiz.  

1971  -yil  «Гутенберг»  proekti  asosida  Maksima  Moshkova  (Максима 

Мошкова)  elektron  kutubxonasi  yaratildi.  O`sha  paytda  juda  ko`p 

foydalanuvchilar  elektron  kitoblar  bilan  ishlash  ko`nikmalariga  ega  edi  hamda  e-

kutubxona 

foydalanuvchilari 

online 


muloqot 

qilishga 

kirishgandi. 

E-



 

480 


kutubxonalardan foydalanish ommalashib bormoqda. Masalan, Aydaxo unversiteti 

misolida  olsak,  1997-2002  -yillarda  tashrif  buyuruvchilar  soni  20%  ga,  e-

kitoblardan foydalanuvchilar soni esa 350% oshganligi kuzatilgan. Shundan so`ng 

jahondagi kutubxonalar o`z fondlaridagi kitoblarning elektron variantini yaratib, e-

labrary variantlarini yaratgan. 

1990  -yilda  ASHQda  ―America  xotirasi‖  nomli  proekt  asosida  congress 

kutubxonasi  ish  boshladi.  Unda  birinchi  marta  bepul  xizmatlar,  e-kitoblar,  turli 

materiallarni olish  imkoniyati mavjud edi. 

2002- yil Google o`zining shaxsiy raqamlangan kitoblar proektini boshladi.  

2004 yil dekabrda «Google Print» e-libraryni ochilganini e`lon qildi va  2005 yilda 

u qayta «Google da kitob qidirish» deb nomladi  . 

2008-  yil  20  noyabrda  umumyevropa  raqamli  kutubxona  Europeana  tashkil 

qilishga  harakat  boshlandi.  2009  yil  21  aprelda  Dunyoviy  raqamli  kutubxona 

ochilganligi rasman e`lon qilindi. 

2009- yil 27 mayda  ― Бориса Ельцина‖ nomli e-library Sankt-Peterburgda 

ochildi. Unda Rossiyaning tarixi haqidagi barcha ma`lumotlar elektron ko`rinishda 

joylashtirilgan 

 

 




Download 7,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish