Informatika o‘qituvchisi innovasion pedagogik faoliyatining nazariy- metodik asoslari


Innovatsiya tushunchasi. Interfoal usullar va ularning ahamiyati



Download 83,49 Kb.
bet2/5
Sana14.06.2022
Hajmi83,49 Kb.
#670706
1   2   3   4   5
Innovatsiya tushunchasi. Interfoal usullar va ularning ahamiyati.
Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, «Innovatsion texnologiya» terminining etimologiyasiga ko‘ra, «innovatsiya» (inglizcha innovation — kiritilgan yangilik, ixtiro) «fan-texnikada joriy etilgan yangilik» ma’nosini ifodalaydi, «texnologiya» esa lingvodidaktik tushuncha sifatida «kam vaqt, kuch va mablag’ sarflab, ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlovchi sa’y-harakatni ilmiy tashkil qilishning oqilona usullari majmui»ni ifodalaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, an’anaviy pedagogikada innovatsion texnologiyaning muayyan usullari sifatida, masalan, Brain storming, case, zigzag, cluster, project, method kabi turlarini qo‘llash katta natija beradi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi) faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublaridan foydaniladi.
Interfaol (“Inter”-bu o‘zaro, “act”- harakat qilmoq)-o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qitishning interfaol uslublari – bilish va kommunikativ faoliyatini tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qisman talaba (yoki o‘quvchi)larning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi.
Bu uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talaba (yoki o‘quvchi)larning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga:
- talaba (yoki o‘quvchi)larning dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
- talaba (yoki o‘quvchi)larning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;
- pedagog va talaba (yoki o‘quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.
Pedagogik texnologiya masalalarini va mummolarini o‘rganayotgan ba’zi o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya –faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanilishi zarur bo;lgan o‘qitishning texnik vositalari kompyuter, proyektor yoki boshqa texnik vositalari pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi)ning belgilangan maqsaddan kafolatgan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog’liq. O‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi) o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida talaba (yoki o‘quvchi)lar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh va ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu – o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor. O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u talaba (yoki o‘quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Download 83,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish