Kompyuterga ma`lumotlarni kiritish.
Klaviatura bilan ishlash
IBM PC shaxsiy kompyuteriga ma`lumotlar odatda klaviatura qurilmasi orqali kiritiladi. Klaviaturaning yuqori registrida joylashgan bosh harf va boshqa belgilarni kiritish uchun “Shift” tugmasi (klavishi) dan foydalaniladi. Masalan, kichik “n” harfi kiritilishi lozim bo`lsa, u holda klaviaturadagi “N” harfi kiritilishi lozim bo`lsa, u holda “Shift” tugmasi bosib turib, uni qo`yib yubormay, “N” harfi yozilgan tugmani bosish kerak.
“Caps Lock” – bosh (katta) harflarni kiritish rejimini tayinlaydi. “Caps Lock” tugmasini qayta bosilganda tayinlash rejimidan dastlabki rejimga o`tiladi. “Caps Lock” rejimida “Shift” tugmasini bosib turib kerakli ma`lumotlarni terish, o`z navbatida kichik harflarni kiritish imkoniyatini beradi. Ba`zan “Caps Lock” tugmasidan kirill alfabitiga o`tishda ham foydalaniladi. Alohhida son yoki harf yozilgan tugmalardan farqli o`laroq, klaviatura qurilmasida maxsus tugmalar ham mavjudki, ularning ayirmalari xususida to`xtalib o`tammiz:
- “Enter” (ayrim seriyali kompyuterlarda “Return” yoki “CR”)tugmasi qator nihoyasida bosiladi;
- “Del” (delete-o`chirish) tugmasi strelka ko`rsatkich yoki kursor ostida joylashgan belgilarni o`chirishda ishlatiladi;
- “Ins” tugmasidan ikkita rejimda – belgilarni kiritish uchun, ya`ni mavjud belgini surib yoki mavjud belgining o`rniga yangi belgini almashtirib kiritishda qo`llaniladi;
- “→”, “←”, “↑”, “↓” tugmalari kursorni mos holda o`ngga, chapga, yuqoriga va pastga surishda ishlatiladi;
- “Home” tugmasi kursorni qator boshiga, “End” tugmasi esa oxiriga olib borish uchun ishlatiladi;
- “Pg Up” tugmasi ekrandagi mavjud bo`lgan matbdan bir sahifa yuqorida joylashgan ma`lumotlarni, “Pg Up” tugmasi esa bir sahifa quydagi joylashgan ma`lumotlarni ekranga chiqarish va ko`rsatkichi olib borishda ishlatiladi;
- “Num Lock” tugmasi (klaviatura qurilmasining o`ng qismida joylashgan) sonlarni (0-9) va nuqta belgilarini kiritishda o`ng`aylik tug`diradi;
- “Esc” tugmasi qandaydir harakatdan chiqishda, masalan, dastur bajarilishini to`xtatishda ishlatiladi;
- “Ctrl” va”Alt” tugmalaridan ayrim tugmalar vazifasini, ya`ni bajaruvchi funksiyasini bir qator o`zgartirishda foydalaniladi. DOS tizimida foydalanuvchi ba`zan maxsus tugmalar majmuasi (kombinatsiyasi) bilan ish yuritishiga to`g`ri keladi. Biz ularning ayrimlari xususida to`xtalib o`tamiz:
- “Ctrl-Break” amalda bajarilayotgan buyruq yoki dasturning ishlashini tugallash uchun ishlatiladi;
- “Ctrl-Alt-Del” DOS ni qayta ishga tushirish uchun ishlatiladi;
- “Ctrl-Print Screen” yoki “Ctrl-P” dan ekrandagi ma`lumotlar nusxasini qog`ozga chiqarish uchun foydalaniladi;
- “Ctrl-Alt-F2” milliy klaviatura o`tish uchun ishlatiladi;
- “Ctrl-C” DOS ning ixtiyoriy buyruq yoki dasturi bajarilishini to`xtatish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |