9-SINF BO’YICHA
ALGORITMLASH ASOSLARI
Masalalarni yecilishi bosqichlari?
Masala qo’yilishi, masala yechish uchun formula va munosabatlarni hosil qilish, amallarni bajarish ketma-ketligini aniqlash, natija olish va tahlil qilish.
Masalalarni kompyuterda yecilishi bosqichlari?
Masala qo’yilishi, masala modelini tuzish, algoritm tuzish, dastur tuzish, dasturni komyuterga kiritish, natija olish va tahlil qilish.
Biz o’rganilayotgan narsa yoki jarayon nima deyiladi?
obyekt
Biz o’rganilayotgan bir turdagi obyektlar o’zining nimasiga ega buladi?
xususiyatlar – tavsif (masalan massasi)
Har bir o’rganilayotgan aloida ob’ekt tavsifiga mos nimasiga ega buladi?
tavsif qiymatiga (masalan massa=50kg)
Model bu …?
haqiqiy ob’ektning izlanish olib borilayotgan sohaning ma’lum talablariga javob beradigan nusxasi
Model so’zi qaysi so’zdan olingan?
lotincha modulus – o’lchov, me’yor
Matematik model bu …?
O’rganilayotgan ob’ektni tavsiflarining matematik munosabatlar, belgilar va bog’lanishlar orqali ifodasi
Modellar necha asosiy turlari mavjud?
3
Model asosiy turlarini to’gri ko’rsatilgan?
Abstract, fizik, biologik
Abstrakt modellar turi necha guruxga bo’linadi?
2
Abstrakt modellar turi necha guruxga bo’linadi?
Matematik, iqtisodiy 13. Abstrakt model bu ...?
a) Ob’ekt tuzulishini xayolda xosil qilish 14. Matematik model bu ...?
a) O’bektning tuzilishi va o’zaro bog’lanish qonuniyatlarining matematik munosabatlar, formulalar va matematik-mantiqiy tavsifdan iborat.
Iqtisodiy model bu ...?
Ular yordamida iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari tekshiriladi.
Fizik model bu ...?
Ob’ektning tabiati va tuzilishi deyarli asl nusxasi kabi bo’ladi, lekin undan miqdor (o’lchami, tezligi va …) jihatdan farq qiladi.
Biologik model bu ...?
Turli jonli ob’ektlar va ularning qismlariga
(hujayra, organism va …)xos biologic tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashtirish.
Algoritm so’zi qaysi alomma nomidan kelib chiqqan?
Al-Xorazmiy.
Al-Xorazmiy qachon yashagan?
783-850.
Al-Xorazmiy to’liq nomi?
Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Al-
Xorazmiy.
Al-Xorazmiy ning taniqli (Dediki al-Xorazmiy nomli) arifmetikaga bag’ishlangan risolasi?
“Dixit Algorithmi” 22. Algoritm bu …?
a) Biror maqsadga erishishga yo’naltirilgan ,ijrochi bajarishi uchun mo’ljallangan buyruqlarning ketmaketligi .
Algoritmdagi har bir amal nima deb nomlanadi?
Algoritmning qadami.
Algoritmni bajarayotgan abstract yoki real (texnik yoki biologic) sistema nima deb nomlanadi?
Algoritm ijrochisi.
Algoritm ijrochisi bajara olishi mumkin bulgan ko’rsatmalar yoki buyruqlar to’plami nima deb ataladi?
Ijrochining ko’rsatmalar sistemasi.
Algoritm asosiy xossalari nechta?
5
Algoritm asosiy xossalari?
Tushunarlik, aniqlik, diskretlik, natijaviylik, ommaviylik
Tushunarlik xossaning ma’nosi?
Algoritmni ijrochining imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi. 29. Aniqlik xossaning ma’nosi?
a) Algoritmda barcha amallar, ko’rsatmalar yoki buyruqlar bir ma’noli va aniq bo’lishi kerak.
Diskretlik xossaning ma’nosi?
Algoritmda masalani yechish jarayoni alohida olingan soda ko’rsatmalar ketma-ketligini qadammaqadam bajarishdan iborat bo’lishi kerak.
Natijaviylik xossaning ma’nosi?
Algoritmni ijrosi chekli qadamdan so’ng oxiroqibat ma’lum bir yechimga olib kelish kerak.
Ommaviylik xossaning ma’nosi?
Algoritm ijrosi umumiy hollar uchun tuzilishi.
Algoritmning tasvirlash usullari nechta?
5.
Algoritmning tasvirlash usullarini kursating?
So’zlar, formulalar, jadvallar, grafik, dastur.
So’zlar orqali tasvirlash usullida …?
Algoritm qadamlari so’lar orqali ifodalanadi.
Formulalar orqali tasvirlash usullida …?
Algoritm qadamlari arifmetik amllarni hisoblash qoidalariga rioya qilingan xolda bajarilishi.
Jadvallar orqali tasvirlash usullida …?
Algoritm jadval orqali funksiya argument qiymatlarini aniqlash.
Grafik orqali tasvirlash usullida …?
Algoritm qadamlari yo’nalish chiziqlari orqali tutashtirilgan ma’lum buyruq yoki ko’rsatmalar aks ettiruvchi maxsus geometric shakillar.
Dastur orqali tasvirlash usullida …?
Algoritm komyuter tushunadigan tilda yozilishi.
Kompyuter tushunadigan til bu …?
Dasturlash tili.
Dasturlash tillarini ko’rsating?
Basic, Pascal, Delphi, C, VBA, C++.
Algoritmning asosiy turlari nechta?
3.
Algoritmning asosiy turlarini ko’rsating?
Chiziqli, tarmoqlanuvshi va takrorlanuvchi.
Chiziqli algoritm bu …?
Barcha buyruqlar ketma-ket bajarib boriladigan algoritm
Tarmoqlanuvchi algoritm bu …?
Shartga muvofiq bajariladigan buyruqlar ishtirok etgan algoritm.
Takrorlanuvchi (siklik) algoritm bu …?
Algoritmdagi ba’zi ko’rsatmalar takroriy bajariladigan algoritm.
Do'stlaringiz bilan baham: |