5-SINF YANGI KITOB BO’YICHA
INFORMATIKA VA AXBOROT OLAMI
1.Kompyuter xonasiga faqat kimning ruxsati bilan kirish va kompyuterga o'tirish mumkin ? А informatika fan o'qituvchisi
O'quvchi ish stoligacha bo'lgan masofa necha sm dan kam bo'lmasligi kerak ?
20 sm
Monitordan ko'zgacha bo'lgan masofa necha sm dan kam bo'lmasligi kerak?
50 sm
Qo'llarni ish stoliga qo'yganda tirsaklar necha gradus burchakni tashkil etishi maqsadga muvofiq ?
90-120 gradus
Yosh bolalar kuniga necha soat davomidan ortiq ishlamaslik zarur?
2-3 soat
Informatika fan sifatida qachon va qaerda asos solingan ?
XX asr 50 yil Fransiyada
Informatika atamasi qaysi so'zlardan tashkil topgan?
fransuzcha : informatique va avtomatique 8. Axborotlarni katta tezlikda qayta ishlay oladigan
EHM – bu … ?
A elektron hisoblash mashinasi
9. Informatika fani qanday nom bilan dunyoda nomlanadi ?
A Yevropa da "informatics" AQSh da
"computer science" 10. Informatika bu - ... ?
A kompyuter va kommunikatsiyalar yordamida axborotlarni katta tezlikda izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini o'rganuvchi fan.
11. Vosil Qobulovich Qobulov - kim ? A O'zbekistonda informatika fanining rivojlanishiga katta hissani qo'shgan matematik olim, O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi va "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori
12.Vosil Qobulovich Qobulov - kim ? A Hisoblash texnikasini fan, texnika va xalq xo'jaligining turli sohalarida qo'llash hamda ish jarayonlarni avtomatlashtirish ilmiy ishlar muallifi
13. Kibernetika so’z ma’nosi ?
A Yunoncha kibernetile - boshqarish san'ati 14. Kibernetika nima deb atashadi ? A Raqamli olamning malikasi
Kibernetika bu ... ?
axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash jarayonlarni avtomatik tarzida boshqarish bilan shug'ullanuvchi fan
Informatika fanini o'rganish jarayoni qaysi bo'limlarga ega?
А Brainware Software Hardware
Informatika fanida texnika ta'minot - bu ... ? A Hardware
Informatika fanida dasturiy ta'minot - bu ... ?
Software
Informatika fanida aqliy ta'minot (intelekt) - bu ... ?
Brainware
Informatika fanini o'rganishda nima asosiy ashyo hisoblanadi ?
axborot
Informatika fanini o'rganishda nima asosiy qurol hisoblanadi ?
kompyuter
Informatika fani ilmiy asoslari qaysi tushunchalar ustiga qurilgan?
bilish, mantiq, algoritm
Kompyuter ishlash prinsiplar nazariyasida muhim rol egallaydigan - formal mantiq va mulohaza tushunchalarga kim asos solgan ?
Arastu
24.Mantiq ilmga o'z hissasini qo'shgan, IX asrda faoliyat ko'rsatgan Markaziy Osiyolik faylasuf olimni ko'rsating ?
A Abu Nasr al-Farobiy
Amallarni bajarish ketma-ketligi qoidasi (algoritm va algoritmlash), IX asrda faoliyat ko'rsatgan Markaziy Osiyolik matematik, astronom, geograf va faylasuf olimni ko'rsating ?
Muso al-Xorazmiy
Inson axborotlarni qabul qilishda nima muhim rol o'ynaydi ?
А sezgi organlar (retseptorlar)
Axborotlarni qabul qilish organlari nechta ?
5
Atrof-muhit, ranglar va obrazlarni nima orqali qabul qilamiz ?
ko'z
Tovush, musiqa, ovoz kabi axborotlarni nima orqali qabul qilamiz ?
quloq
Turli hidlarni ajratish nima yordamida amalga oshiriladi ?
burun
Achchiq, chuchuk, sho'r, nordon, shirin ta'mlarni ajratish nima yordamida amalga oshiriladi ?
til
Narsalarni issiq, sovuq, yumshoq, qattiq, shakl va o'chamlarini ajratish nima yordamida amalga oshiriladi?
teri-badan
Inson barcha sezgi organlari orqali atrof-muhitdan olingan turli ma'lumotlar nima deb ataladi ?
axborot
Inson ko'rish orqali taxminan necha foiz axborotlarni qabul qilar ekan ?
90%
Inson eshitish orqali taxminan necha foiz axborotlarni qabul qilar ekan ?
9%
Inson his qilish, hid va ta'm bilish orqali taxminan necha foiz axborotlarni qabul qilar ekan ?
1%
Axborot necha turlari mavjud ?
2
Analog (uzluksiz) axborot bu ... ? A Tovush, nur, kamalak ranglari, tabiat manzaralari, havo harorati, vaqt kabi axborotlar
Diskret (uzlukli yoki raqamli) axborot bu ... ? А Olingan foto, musiqa, film, video kabi axborotlar
Hozirgi davrda axborotlarni qabul qilish, to'plash va uzatish usul va manbalarini ko'rsating ?
А xabar, bilim, gazeta va jurnal; kitob, radio va televideniye; internet sayt va mobil ilova
Axborot sifatlarini to'g'ri ko'rsating ? A aniq, tushunarli, ishonchli, dolzarb va foydali 42. Inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayonida ishlatiladigan usullar va texnik vositalar bu ?
А Axborot texnologiyalar
Axborot texnologiyalarni bajarilishiga ko'ra necha yo'nalishda o'rganiladi ... ?
4 (aloqa, telekommunikatsiya, kompyuter va internet)
Axborotlarni kodlash bu ... ?
axborotlarni boshqacha qulayroq ko'rinishga o'tqazish
Axborotlarni dekodlash bu ... ? A axborotlarni asl holiga qayta tiklash 46. Kodlash va dekodlash yoki shifrlash va deshifrlash usullar bilan shug'ullanuvchi maxsus ilmiy yo'nalish - .?
kriptografiya
Kodlashning asosiy usullarini ko'rsating ?
raqam, belgi yoki grafik
Kim XIX asr boshida telegraf yordamida na'lumotlarni faqat nuqta va tire belgilarning (qisqa va uzun signal tovushining) turli kombinatsiyalari yordamida kodlab uzoq masofaga uzatish usulini o'ylab topgan?
Samuel Morze
Kim alifbodagi harflarning o'rni o'zgartirish yani harfni alifbodagi o'zidan keyingi 3-chi harfga almashtirish(alifboni surish) yordamida kodlab, harbiy sirlarni yashirish usulini o'ylab topgan ? A Yuliy Sezar
Kim milloddan avvalgi V asrlarda alifbodagi harflarning o'rnini maxsus Ssital tayoqchasi yordamida o'zgartirish (o'rin almashtirish) yordamida kodlab maxfiy yozishmalarni olib borish usulini o'ylab topgan?
Lisandro
Kompyuter texnikasida barcha turdagi axborotlar qanday ifodalanadi ?
А 0 va 1 orqali
Axborot o'lchov birligining eng kichik qiymati?
bit
Bir bit yordamida nechta kodlar kombinatsiyasini hosil qilish mumkin ?
2
Ikki bit yordamida nechta kodlar kombinatsiyasini hosil qilish mumkin ?
4
Uchta bit yordamida nechta kodlar kombinatsiyasini hosil qilish mumkin ?
8
Turli xil belgilarni, ingliz yoki rus harflari hamda raqamlarni kodlash (jami 256 kombinatsiya) uchun necha bitdan foydalaniladi ?
8
1 bayt = ... ?
8 bit
1 bayt = ... ? A ixtiyoriy 1 ta belgi 59. 100 Kilobayt = ... ? A kichik hajmdagi rasimcha 60. 1 Megabayt = ... ? A o'rtacha hajmdagi badiy kitob 61. 100 Megabayt = ... ? A kichik o'lchamli video 62. 1 Gegabayt = ... ?
yuqori sifatli video
63. Xato ko'rsatilgan axborot o'lchovlarni ko'rsating?
A 1 Gegabayt = 1024 Terabayt 64. Kompyuterning axborotlarni kodlash sistemasi ASCII ma'nosini to'g'ri ko'rsating ?
А American Standart Code for Information Interchange
Agar bitta harf kodlash uchun hotirada 1 bayt ajratilsa, "Baraka-Ustoz" yozuv uchun necha bit kerak ?
96
Agar hujjatimiz jami 8 sahifadan iborat bo'lib, har bir sahifada 32 ta satr, har bir satrda esa 40 ta belgi mavjud bo'lsa, ushbu hujjatimizning hajmini Kilobayt va baytlarda hisoblang ?
10 Kilobayt
Agar oddiy 12 varoqli (24 sahifali) katak daftarida, har bir sahifada eniga 25 ta, buyiga esa 40 ta katakdan iborat bo'lsa va har bir katakga 1 raqam yozilsa, xosil bo'lgan son necha baytga teng ? А 24 000 bayt
Agar har bir lampochka 3 ta rang bilan yonishi aniq bo'lsa, jami 2 lampochka yordamida necha kod hosil qilish mumkin ?
9 ta
Agar bank karta parolida faqat 0, 5 va 7 raqamlardan foydalanganligi va parol jami 4 ta raqamdan iboratligini bilsak, parolni aniqlash uchun jami nechta kodlar kombinatsiyasi mavjud ?
81 ta kombinatsiya
40 bayt = ... bit ? A 320 71. 32 bit = ... bayt ?
4
2 Mega bayt = ... Kilo bayt ?
A 2048
4096 Mega bayt = ... Gega bayt ?
A 4
Agar lotin alifbo harflari qo'yidagi jadval orqali kodlangan bo'lsa,
01-A 02-B 03-D 04-E 05-F 06-G 07-H
08-I 09-J 10-K 11-L 12-M 13-N 14-O
15-P 16-Q 17-R 18-S 19-T 20-U 21-V
22-X 23-Y 24-Z 25-O' 26-G' 27-W 28Ch29-Sh 30-Ng
- 02 14 11 01 11 01 17 - sonlar qatorida qanday so'z kodlangan ?
A BOLALAR
75. Agar lotin alifbo harflari qo'yidagi jadval orqali kodlangan bo'lsa,
18-A 12-B 09-D 14-E 21-F 17-G 23-H
15-I 03-J 30-K 27-L 24-M 01-N 25-O
08-P 19-Q 06-R 13-S 16-T 28-U 05-V
29-X 07-Y 02-Z 04-O' 26-G' 11-W 20-Ch
22-Sh 10-Ng
- 12 18 06 18 30 18 - sonlar qatorida qanday so'z kodlangan ?
A BARAKA
Do'stlaringiz bilan baham: |