11 SINF BO’YICHA
KOMPYUTER GRAFIKASI
1) Qaysi qurilma yordamida kompyuterning ekranida paydo bo’ladigan tasvirlarni yaratish va ekranga chiqarish mumkin?
a) videokarta
2) Videokarta qurilmasidagi murakkab va hisoblash ishlarni tez bajaruvchi protsessori?
a) videoprotsessor
3) Kompyuterning ma’lumotlarni electron ko’rinishda tasvirlash qurilmasi nima deb ataladi?
a) monitor (ingl. tilidan - ko’zatish, nazorat)
4) Kompyuterning ma’lumotlarni electron ko’rinishda tasvirlash hamda kompyuterda bo’layotgan jarayonlarni qaysi qurilma orqali kuzatish mumkin?
a) monitor (ingl. tilidan - ko’zatish, nazorat)
5) Monitorning tasvirlar ko’rsatiladigan qismi ya’ni ekrani nima deb ataladi ?
a) display (display ingl. tilidan - tasvirlamoq)
6) Displey tomonlari nisbati qanday bo’lishi mumkin ?
a) 16 x 9 yoki 16 x 10, 4 x 3, 5 x 4 va so’ngi paytda 21 x 9 kabi bo’lishi mumkin.
7) 16 x 9 va 16 x 10 nisbatli displeylar qanday ataladi?
a) keng displey
8) 21 x 9 nisbatli displeylar qanday ataladi?
a) o’ta keng displey
9) 5 x 4 va 4 x 3 nisbatli displeylar qanday ataladi?
a) kvadrat displey
10) Piksellar soni bo’yicha CGA - Color Graphic Adapter (rangli grafik qurilma) deb qanday display nomlanadi ?
a) 320 x 240
11) Piksellar soni bo’yicha VGA - Video Graphic Adapter (video grafik qurilma) deb qanday display nomlanadi ?
a) 640 x 480
12) Piksellar soni bo’yicha SVGA – Super Video Graphic Adapter (super VGA) deb qanday display nomlanadi ?
a) 800 x 600
13) Piksellar soni bo’yicha XVGA – eXtended Video Graphic Adapter (kengaytiriilgan VGA) deb qanday display nomlanadi ?
a) 1024 x 768
14) Piksellar soni bo’yicha HD – High Definition (yuqori aniqlik) deb qanday display nomlanadi ?
a) 1280 x 720
15) Piksellar soni bo’yicha HD + ( HD dan ko’proq) deb qanday display nomlanadi ?
a) 1280 x 800
16) Piksellar soni bo’yicha WXVGA – Wide XVGA (keng XVGA) deb qanday display nomlanadi ?
a) 1366 x 768
17) Piksellar soni bo’yicha HD ++ ( HD + dan yanada ko’proq) deb qanday display nomlanadi ?
a) 1440 x 900
18) Piksellar soni bo’yicha HD +++ ( HD ++ dan yanada ko’proq) deb qanday display nomlanadi ?
a) 1600 x 900
19) Piksellar soni bo’yicha FHD – Full HD ( to’liq HD ) deb qanday display nomlanadi ?
a) 1920 x 1080
20) Piksellar soni bo’yicha QHD – Quadra HD ( to’rtlangan HD ) deb qanday display nomlanadi ?
a) 2560 x 1440
21) Piksellar soni bo’yicha 4K yoki UHD (Ultra HD – o’ta HD) deb qanday display nomlanadi ?
a) 3840 x 2160
22) Pixel bu …?
a) display ekrani satrlarga va ustunlarga ajratib chiqilgan bo’lib, har bir qator va ustun kesishgan joyda joylashgan juda kichik to’rtburchak tavir bo’lakchasi.
23) Har bir pixelga hotiradan qancha joy (nechta rang) ajratilishi mumkin?
a) 1 baytdan (256 ta rang) 4 baytgacha (4 milliard ranggacha)
24) Har bir pixel nechta bo’lakga bo’linadi?
a) 3 ta (asosiy ranglar - qizil, yashil, ko’k)
25) Turli nisbatlarda qo’shilib, aralashmalari tabiatda uchraydigan ranglarning deyarli barchasini yarata oladigan ranglar qanday ataladi ?
a) asosiy ranglar – RGB – red qizil, green yashil, blue ko’k
26) Kompyuter va maxsus yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladidagan, yoki mavjud tasvirlarni raqamli ko’rinishga o’tqazadigan, yoki ularni qayta ishlanadigan, saqlanadigan va qulay ko’rinishda tasvirlaydigan faoliyat turi – bu ….?
a) kompyuter grafikasi
27) Kompyuter grafikasi qachinda ommaviylasha boshladi ?
a) o’tgan asrning 70-80 yillardan boshlab
28) Kompyuter grafikasi yaratiladigan tasvirlarga qarab qanday sinflarga ajratiladi?
a) 3 ta – 1) statsionar yoki oddiy grafika (o’zgarmas), 2) kompyuter animatsiyasi, 3) multimediya
29) Vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydigan tasvirlar yaratish bilan qaysi kompyuter grafikasi shug’ullanadi?
a) oddiy yoki statsionar grafikasi (foto, chizmalar, rasmlar)
30) Vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan tasvirlar yaratish bilan qaysi kompyuter grafikasi shug’ullanadi?
a) animatsiya (multfilm, videoklip, videorolik)
31) Oddiy statsionar rasmlar va animatsiya bilan birga o’z ichiga boshqa turdagi (ovoz, matn, tugmalar va boshqa interfaol elementlar) axborotlarni o’z ichiga olgan qaysi kompyuter grafikasi?
a) multimediya (web sahifalar, electron dastliklar)
32) Ishlatish sohada ishlatilishiga qarab qanday kompyuter grafikalar turlari mavjud ?
a) 5-ta – 1) Ilmiy grafika, 2) Tijort grafikasi, 3) Konstruktorlik grafikasi, 4)Illyustrattiv grafika va 5) Badiy grafika.
33) Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlash uchun ishlatiladigan kompyuter grafikasi bu - …?
a) Ilmiy grafika
34) Iqtisodiy ko’rsatkichlar va jarayonlarni yaqqol ko’rsata bilish uchun xizmat qilish uchun ishlatiladigan kompyuter grafikasi bu - …?
a) Tijorat grafika
35) Iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa sohalarda loyihalash ishlarni osonlashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va avtomatlashtirish uchun ishlatiladigan kompyuter grafikasi bu - …?
a) Konstruktorlik grafika
36) Xizmat ko’rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida foydalaniladigan kompyuter grafikasi bu - …?
a) Illyustrativ grafika
37) San’at asarlarini yaratishda keng qo’llaniladigan kompyuter grafikasi bu - …?
a) Badiiy grafika
38) Yaratilish usuliga ko’ra kompyuter grafikasi necha guruhlarga ajratiladi?
a) 2-ta, 2D ikki o’lchamli (two dimension) va 3D uch o’lchamli (three dimension)
39) Yassi va tekis sirtlarda yoki maxsus matoda (xolst) yaratilgan yoki chop etilgan tasvirlar bu ….?
a) Ikki o’lchamli grafika.
40) Hajmga ega jismlarni tasvirlaydigan grafika bu ….?
a) Uch o’lchamli grafika.
41)Virtual borliq (xayoliy), animatsiya va kompyuter o’yinlar yaratishda keng foydalaniladigan grafika bu …?
a) uch o’chamli grafika
42) Virtual borliqda qullaniladigan maxsus bosh qiyim - …?
a) shlem
43) Ikki o’lchamli kompyuter grafikasi qanday turlarga ajratiladi?
a) 3-ta, bular 1) rastrli, 2)vektorli, 3) fraktal.
44) Rastr qaysi so’zlardan olingan?
a) rastrum – lotin tilida xaskash, omoch
45) Rastrli grafikaga misollar keltiring?
a) skaner olingan, raqamli fotoaparatda olingan, kompyuter ekranida tasvirdan nusxasi, printerda chop etilgan tasvirlar.
46) Rastrli tasvirning o’lchami bu … ?
a) Tasvir ustunlar va satrlar soni (3200x2400 yoki 7 680 000 pixel)
47) Rastrlar zichligi deganda nimani tushunamiz?
a) bir uzunlik birligiga mos keladigan piksellar soni dpi (dots per inch –bir dyuymdagi nuqtalar ( 3200x2400 tasvir 300 dpi zichlikda = 11x8 dyuym2 yoki 27x20 sm2 qog’ozda joylashadi)
48) Rastrli grafika afzalliklari …?
a) har qanday tasvirni saqlay olamiz, tasvir sifati saqlanadi, deyarli barcha quriilmalarda ishlay oladi.
49) Rastrli grafika kamchiliklar …?
a) saqlashda juda kata hajmdagi hotira kerakligi, tasvir kattalashtirilganda sifat pasayishi, ba’zi amallarni bajarish uchun ko’p harakatlar kerakligi.
50) Vectorli grafika bu …?
a) tasvirlarni oddiy shakllarning yig’indisi yordamida hosil qiluvchi grafika.
51) Vektorli grafika afzalliklari …?
a) tasvirlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash va tasvirlash osonligi, saqlashda kam joy talab qilishi, tasvirlarni masshtabini kattalashtirganda uning sifati yomonlashmasligi.
52) Vektorli grafika kamchiliklar …?
a) fotosuratlarni saqlash iloji yo’qligi.
53) Vektorli grafikaga misollar keltiring?
a) chizmalar, animatsiyalar, operatsion tizimdagi shriftlar yaratish.
54) Fraktal grafika bu …?
a) oddiy matematik formulalar yordamida yaratilgan va o’ziga o’xshash qisimlardan iborat bo’lgan geometrik shakllar yig’indisidan hosil qiluvchi grafika
55)Fraktal so’zi ma’nosi?
a)lotincha fractus so’zidan olingan – maydalangan bo’lib chiqilgan
56) Fractal atamasi fanga qachon kiritilgan?
a) 1975 yilda
57) Fraktal grafikaga misollar keltiring?
a) virtual borliq, animatsiya, kompyuter o’yinlari va matematik modellashtirish.
58) Fotosuratlarni tahrirlash (fotomontaj) bu …?
a) suratdagi xatoliklarni tuzatish, mavjud suratga boshqa rasmni joylashtirish yoki boshqa qism bilan amlashtirish, ortiqcha narsalarni olib tashlash, suratlargajilo berish, matn qo’shish, turli filtrlarni qo’llab ularni yangi ko’rinishga o’tqazish…
59) Fotograflar ishini osonlashtirish uchun yordam berivchi dasturlarning eng mashhuri?
a) Abode Photoshop.
60)Adobe Photoshop dastlabki versiyasi qochon yaratilgan?
a) 1990 yilda.
61) Hozirgi paytgacha nechta Photoshop versiyalari ishlab chiqilgan.
a) 20 taga yaqin (1990-yildan AdobePhotoshop 1,2,3,..7 , 2007-yildan boshlab AdobePhotoshop CS 1,2,3..7, 2013-yildan boshlab AdobePhotoshop CC deb nomlanganlar…)
62) AdobePhotoshop yordamida nima bajarish mumkin …?
a) Fotosuratlarning chekka qisimlarini va undagi keraksiz obyektlarni olib tashlash, rasm o’lchamini va undagi piksellar zichligini o’zgartirish, rasm saqlanish formatini o’zgartirish, rasmni boshqa tekislik yoki sirtda ko’rinadigan qilib transformatsiyalash, kamchiliklarini bartaraf qilish, ranglar balansini, yorqinlik yoki kontastligini o’zgartirish, oq-qora suratlarga rang berish, rangli suratlarni oq-qora qilish, fotosuratlarni chop yoki nashr etish uchun tayyorlash, qizil qo’zlarni to’g’irlash, …
63) AbodePhotoShop uskunalar panelida nechta uskuna bor ?
a) 70dan ortiq uskuna (23 ta tugma).
64) AbodePhotoShop nechta palitralar bor ?
a) yigirmadan ortiq palitra .
65) AbodePhotoShop palitralar nima hizmat ko’rsatadi ?
a) dasturda ishlashni osonlashtiradi, uning imkoniyatlarini kengaytiradi.
66) AbodePhotoShop nechta filtralr bor ?
a) o’nlab palitra .
67) AbodePhotoShop filtrlar nima hizmat ko’rsatadi ?
a) suratni o’zi yoki uning bir qismini butunlay qayta ishlab chiqib uni tanib bo’lmas darajada o’zgarishga olibkelish.
68) AdobePhotoShop interfeysi qaysi qismlardan iborat…?
a) 1) sarlavha satri va asosiy menyu, 2) parametrlar paneli, 3) uskunalar paneli, 4) palitralar, 5) ishchi soha, 6) holat satri.
69) AdobePhotoshop asosiy menyusi bo’limlari:
a) Файл, Редактирование, Изображение, Слои, Шрифты, Выделение, Фильтр, 3D, Просмотр, Окно, Справка.
70) AdobePhotoshop dasturining Файл bo’limi vazifalari?
a) tasvirlar saqlanadigan fayllar ustidan amallar.
71) AdobePhotoshop dasturining Редактирование bo’limi vazifalari?
a) tasvirlarni tahrirlash amallar.
72) AdobePhotoshop dasturining Изображение bo’limi vazifalari?
a) tasvirning umumiy parametrlarini o’zgartirish.
73) AdobePhotoshop dasturining Слои bo’limi vazifalari?
a) tasvir qatlamlari bilan ishlash.
74) AdobePhotoshop dasturining Шрифты bo’limi vazifalari?
a) shriftlar bilan ishlash.
75) AdobePhotoshop dasturining Выделение bo’limi vazifalari?
a) tasvir bo’lagini ajratish va ajratmalar bilan ishlash.
76) AdobePhotoshop dasturining Фильтр bo’limi vazifalari?
a) tasvir butunlay yoki qisman o’zgartirish uchun xizmat qiladigan maxsus effektlarni qo’llash uchun ishlatiladi.
77) AdobePhotoshop dasturining 3D bo’limi vazifalari?
a) uch o’lchamli ob’ektlar bilan ishlash.
78) AdobePhotoshop dasturining Просмотр bo’limi vazifalari?
a) dastur oynasining ko’rinishi va undagi ob’ektlarni ko’rsatish uchun xizmat qiladi.
79) AdobePhotoshop dasturining Окно bo’limi vazifalari?
a) dastur oynalari xamda ilova palitralarini boshqarish uchun xizmat qiladi.
80) AdobePhotoshop dasturining Справка bo’limi vazifalari?
a) turli yordamlarni chiqarish uchun xizmat qiladi.
81) Uskunalar paneli vazifasi …?
a) tasvirlar bilan ishlashda kerak bo’ladigan uskunalar .
82) Parametrlar paneli vazifasi …?
a) tanlangan uskunaning joriy parametrlari ko’rsatiladi va ularni o’zgartirishga yordam beradi.
83) Palitralar sohasi vazifasi …?
a) dasturning asosiy va qo’shimcha imkoniyatlaridan foydalanishda yordam beradi.
84) Uskunalar paneli nechta qismlarga ajratilgan?
a) 4 ta qism, bulardan birinchisi 6-ta, ikkinchisi 8-ta, uchinchi 4-ta, to’rtinchi 5-ta tugmadan iborat.
85) Uskunalar panelidagi tugmasining o’ng quyi burchagida qora uchburchak nima ma’no bildiradi?
a) Bu tugma ostida bir nechta uskuna borligini bildiradi.
86) Uskunalar paneli odatdan oynaning qaysi tomonida joylashadi
a) chap tomonida
87) Palitra sohasi yordamida nima qilish mumkin …?
a) kerakli rang va bo’yoqlar tanlash.
88) Palitralar sohasi odatdan oynaning qaysi tomonida joylashadi
a) o’ng tomonida
89) AdobePhotoShop dasturning ajralmas qismi deb hisoblanadigan palitralar?
a) Слои (Qatlamlar), Каналы (Kanallar), История (Oxirgi amallar)
90) Kerakli palitralarni ekranga chiqarish uchun qaysi menyusidan foydalanamiz?
a) Окно (Oyna) bo’limi
91) Слои (Qatlamlar) palitrasining vaizfalari ?
a) tasvirdagi qatlar ro’yhatini kurish va ular ustidan amallar bajarish
92) Каналы (Kanallar) palitrasining vaizfalari ?
a) asosiy ranglar kanallarini o’chirish yoki yoqish
93) История (Oxirgi amallar) palitrasining vaizfalari ?
a) oxirgi bajarilgan harakatlar ro’yxatini ko’rish va kerak bo’lsa ularni bekor qilish
94) Навигатор (Yo’naltiruvchi) palitrasining vaizfalari?
a) rasm masshtabini o’zgartirish
95) Гистограмма (Gistogramma) palitrasining vaizfalari ?
a)
96) Tasvirni masshtabini kattalashtirish uchun qaysi qo’sh tugmalardan foydalaniladi?
a) Ctrl va +
97) Tasvirni masshtabini kamaytirish uchun qaysi qo’sh tugmalardan foydalaniladi?
a) Ctrl va –
98) Rasmni ishchi sohani to’liq egallaydigan qilish uchun nima qilish kerak?
a) Рука (Dastak) uskunasini ikki marta bosamiz, yoki ekranning quyi qismidagi holat satridan foydalanamiz.
99) AdobePhotoShop da yangi fayl yaratish uchun nima qilish kerak?
a) Ctrl va N tugmalari yoki Файл (fayl) menyusining Создать (yaratish) bandining Новый (yangi) buyrug’i
100) AdobePhotoShop da yangi fayl saqlash uchun nima qilish kerak?
a) Ctrl va S tugmalari yoki Файл (fayl) menyusining Сохранить (saqlash) buyrug’i
101) AdobePhotoShop da yangi fayl qayta saqlash uchun nima qilish kerak?
a) Ctrl , Shift va S tugmalari yoki Файл (fayl) menyusining Сохранить как (qayta saqlash) buyrug’i
102) Tasvir formatlaridan BMP formati bu …?
a) Bitmap picture – rastrli tasvir, birinchi Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va keng tarqalgan format.
103) Tasvir formatlaridan GIF formati bu …?
a) Graphic Interchange Format – soda animatsiyalar uchun juda qulay, kam joy egallaydigan? 256 gacha rang saqlaydigan va Internet yoki Web dizaynda keng qo’llaniladigan format.
104) Tasvir formatlaridan TIFF formati bu …?
a) Tagged Image File Format – skanerlar, fotoapparatlar ishlabchiqaruvchilar keng qo’llaniladigan format.
105) Tasvir formatlaridan JPEG formati bu …?
a) Joint Photographic Experts Group – fotografiya ekspertlarining keng qo’llaniladigan format, kam joy egallaydi, tasvir sifati to’liq saqlanadi.
106) Tasvir formatlaridan PCX formati bu …?
a) PC eXchange – birinchi formatlardan biri, keng qo’llaniladigan format.
107) Tasvir formatlaridan RAW formati bu …?
a) raw - xom, hali tayyor emas – faqat qayta ishlanmagan fotosuratlarni saqlash uchun qo’llaniladigan format.
108) Tasvir formatlaridan PNG formati bu …?
a) Portable Network Graphics –Internetda keng qo’llaniladigan format.
109) Tasvir formatlaridan PDF formati bu …?
a) Portable Document Format – electron xujjatlar formati, matn, rastrli va vector turdagi tasvirlarni saqlashda keng qo’llaniladigan format.
109) Tasvir formatlaridan PSD formati bu …?
a) Photo Shop Documents – PhotoShop dasturining barcha imkoniyatlari saqlab olingan format, Adobe PhotoShop dasturining asosiy formati.
110) Adobe PhotoShop dasturining Выделение - Ajratish menyu bo’limida joylashgan buyruqlar…?
a) Tasvir bo’lagini ajratish uchun ishlatiladigan buyruqlar joylashadi.
111) Adobe PhotoShop dasturida tasvirni to’liq ajratib olish qaysi qo’shtugmalar yordamida chiqarish mumkin?
a) CTRL + A (ingliz tilidagi all so’zi - barchasi)
112) Adobe PhotoShop dasturida tasvirni to’liq ajratib olish qaysi menyu bo’limi yordamida chiqarish mumkin?
a) Выделение – menyusining Все - bandi
113) Adobe PhotoShop dasturida tasvir ajratishni bekor qilish qaysi qo’shtugmalar yordamida chiqarish mumkin?
a) CTRL + D (ingliz tilidagi delete so’zi - olib tanlash)
114) Adobe PhotoShop dasturida tasvir ajratishni bekor qilish qaysi menyu bo’limi yordamida chiqarish mumkin?
a) Выделение – menyusining Отменить выделение - bandi
115) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida tasvir sohalarini ajratish tugmalari qayerda joylashgan ?
a) uskunalar panelining birinchi tugmasi (tarkibi: To’g’ri to’rtburchak soha, Ellipssimon soha, Gorizontal qator, Vertikal qator).
116) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida To’g’ri to’rtburchak tasvir sohalarini ajratish tugma …?
a) Прямоугольная область
117) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida Ellipssimon soha tasvir sohalarini ajratish tugma … ?
a) Овальная область
118) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida Gorizontal qator tasvir sohalarini ajratish tugma … ?
a) Область - Горизонтальная строка
119) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida Vertikal qator tasvir sohalarini ajratish tugma … ?
a) Область - Вертикальная строка
120) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida tasvir sohalarini ajratish uchun klaviaturadan qanday tugmalardan foydalanamiz?
a) M - yoki ularni ichidan tanlash uchun - Shift va M
121) Oldin ajratilgan sohaga yangi tanlangan soha bilan birlashtirish uchun ajratish uskunalar bilan qaysi tugma birga bosiladi?
a) Ajratish uskunasi va Shift tugmasi.
122) Oldin ajratilgan sohadan yangi soha ayirish uchun ajratish uskunalar bilan qaysi tugma birga bosiladi?
a) Ajratish uskunasi va Alt tugmasi.
123) Oldin ajratilgan soha bilan yangi sohaning kesishmasini olish uchun ajratish uskunalar bilan qaysi tugma birga bosiladi?
a) Ajratish uskunasi va Alt xamda Shift tugmasi (kitobda hato yozilgan Alt va Ctrl).
124) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida tasvir sohalarini geometric shakl ko’rinishida ajratish tugmalari qayerda joylashgan ?
a) uskunalar panelining ikkinchi tugmasi (tarkibi: Arqon, To’g’ri chiziqli arqon, Magnitli arqon).
125) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida ihtiyoriy sohani sichqoncha yordamida chizilgan tasvirdagi sohalarini ajratish tugma …?
a) Лассо - Arqon
126) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida to’g’ri chiziqli sohani sichqoncha yordamida chizilgan tasvirdagi sohalarini ajratish tugma …?
a) Прямолинейное лассо – To’g’ri chiziqli arqon
127) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida rang chegaralari keskin farqlanishi bo’ycha ajratilgan sohani sichqoncha yordamida chizilgan tasvirdagi sohalarini ajratish tugma …?
a) Магнитное лассо – Magnitli arqon
128) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida tasvir sohalarini geometric shakl ko’rinishida ajratish uchun klaviaturadan qanday tugmalardan foydalanamiz?
a) L - yoki ularni ichidan tanlash uchun - Shift va L
129) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida tasvir sohalarini tanlab ko’rsatilgan tasvirdagi nuqta rangiga yaqin bo’lgan barcha piksellarni ajratish tugmalari qayerda joylashgan ?
a) uskunalar panelining uchinchi tugmasi (tarkibi: Sehirli tayoqcha, Tezkor ajratish).
130) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida ko’rsatilgan tasvirdagi nuqta rangiga yaqin bo’lgan barcha piksellarni ajratish sohani sichqoncha yordamida chizilgan tasvirdagi sohalarini ajratish tugma …?
a) Волшебная палочка – Sehrli tayoqcha
131) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida ko’rsatilgan tasvirdagi nuqta rangiga yaqin bo’lgan barcha piksellarni qadamma-qadam tanlab borib ajratish sohani sichqoncha yordamida chizilgan tasvirdagi sohalarini ajratish tugma …?
a) Быстрое выделение – Tezkor ajratish
132) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida tasvir sohalarini tanlab ko’rsatilgan tasvirdagi nuqta rangiga yaqin bo’lgan barcha piksellarni ajratish uchun klaviaturadan qanday tugmalardan foydalanamiz?
a) W - yoki ularni ichidan tanlash uchun - Shift va W
133) Ajratilgan sohani tasvirdan o’chirish (olib tashlash) uchun klaviaturadan qanday tugmalardan foydalanamiz?
a) Delete (O’chirish).
134) Ajratilgan sohada noto’g’ri tanlangan nuqtani olib tashlash uchun klaviaturadan qanday tugmalardan foydalanamiz?
a) BackSpace (Bitta belgi orqaga).
135) Ajratilgan sohani hotiraga nusxasini olish uchun klaviaturadan qanday tugmalardan foydalanamiz?
a) Ctrl va C (ingliz tilidagi copy so’zi - nusxa olish).
136) Hotiraga olingan ajratilgan sohani tasvirga chiqarish uchun klaviaturadan qanday tugmalardan foydalanamiz?
a) Ctrl va V (ingliz tilidagi paste so’zi - chiqarish).
137) Tanlangan sohani ajratishdan chiqarib, tanlanmaganni esa ajratishga qo’shish uchun nima bajarish kerak?
a) Выделение menyusining Инверсия buyrug’i yoki klaviaturadan Ctrl+Shift va I
138) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida tasvirning chet tomonlarini qirqib tashlash tugmalari qayerda joylashgan ?
a) uskunalar panelining to’rtinchi tugmasi (tarkibi: Kadrlash, Perspektivani o’zgartirib kadrlash, …)
139) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida tasvirning chet tomonlarini qirqib tashlash uchun klaviaturadan qanday tugmalardan foydalanamiz?
a) C yoki ularni ichidan tanlash uchun - Shift va C
140) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida tasvirning chet tomonlarini qiriqib tashlash tugmasi ?
a) Кадрирование (Рамка) - Kadrlash
141) Кадрирование uskunasi yordamida qirqib olinayotgan chetlarni olib tashlash va o’zgarishlarni amalga oshirish uchun qaysi to’gmani bosamiz?
a) Enter
142) Suratga olish nuqtasidan tasvirning ko’rinishi nima deb ataladi?
a) Perspektiva
143) Adobe PhotoShop dasturining uskunalar panelida tasvirning chet tomonlarini perspektivani o’zgartirib qiriqib tashlash tugmasi … ?
a) Кадрирование перспективы - Perspektivani o'zgartirib kadrlash
144) Shakl o’zgartirish amallari qayerda joylashgan?
a) Asosiy menyusining Редактирование bo’limining Трансформирование (Shakl o’zgartirish) bandida.
145) Oxirgi shakl o’zgarish amalini yana bir marta qo’llash buyrugi bu Трансформирование bandidagi …
a) Применить снова buyrug’i
146)Tasvir bo’lagi o’lchamlarini o’zgartirish buyrugi bu Трансформирование bandidagi …
a) Масштабирование buyrug’i
147) Tasvir bo’lagini ixtiyoriy burchakka burish buyrugi bu Трансформирование bandidagi …
a) Поворот buyrug’i
148) Tasvir bo’lagini gorizontal yoki vertical yo’nalishda qiyalash buyrugi bu Трансформирование bandidagi …
a) Наклон buyrug’i
149) Tasvir bo’lagini to’rtburchak ko’rinishida tanlangan sohani qoplaydigan qilib o’zgartirish buyrugi bu Трансформирование bandidagi …
a) Искажение buyrug’i
150) Suratga olish nuqtasini o’zgartirish buyrugi bu Трансформирование bandidagi …
a) Перспектива buyrug’i
151) Tasvir bo’lagini cho’zish bilan qayta shakillantirish buyrugi bu Трансформирование bandidagi …
a) Деформация buyrug’i
152) Tasvir bo’lagini 180 yoki 90 gradusiga burish buyrugi bu Трансформирование bandidagi …
a) Поворот на … buyrug’i
153) Tasvir bo’lagini gorizontal yo’nalishda o’girish buyrugi bu Трансформирование bandidagi …
a) Отразить по горизонтали buyrug’i
154) Tasvir bo’lagini vertikal yo’nalishda o’girish buyrugi bu Трансформирование bandidagi …
a) Отразить по вертикали buyrug’i
155) Tasvir bo’lagini erkin shaklda o’zgartirish buyrugi bu …
a) Редактирование menyusining Свободная трансформация buyrug’i
156) Tasvir bo’lagini erkin shaklda o’zgartirish Свободная трансформация buyrug’i klaviaturadan qanday bajariladi …
a) Ctrl va T
157) Adobe PhotoShopda qatlam bu … ?
a) Qatlam bu shaffof qog’oz (sirt) bo’lib unda qo’shimcha tasvirlar joylashadi. Ustma ust joylashgan qatlamlar bitta yaxlit tasvirni hosil qiladi.
158) Qatlamlar bilan ishlash buyruqlari qayerda joylashgan?
a) Adobe Photoshop ning asosiy menyusining Слои-Qatlamlar bo’limida.
159) Qatlamlar bilan qulay usulda foydalanish uchun bizga yordam beruvchi Слои palitrasini ekranga chiqarish uchun …?
a) Adobe Photoshop ning asosiy menyusining Окно-Oyna bo’limining Слои – Qatlamlar bandini yoqish kerak yoki klaviaturadan F7 funksional tugmasini bosamiz.
160) Qatlamlar bilan qulay usulda foydalanish uchun bizga yordam beruvchi Слои palitrasini ти ekranga chiqarish uchun …?
a) Adobe Photoshop ning asosiy menyusining Окно-Oyna bo’limining Слои – Qatlamlar bandini yoqish kerak yoki klaviaturadan F7 funksional tugmasini bosamiz.
161) Adobe Photoshop ning Слои – Qatlamlar palitrasi yordamida nima qilish mumkin.
a) Qatlamlarning joylashuvini ko’rish va o’larning ketma-ket o’rinlarini o’zgartirish, qatlamlarni ko’rinish yoki ko’rinmasligini o’zgartirish, shaffofligini va bo’yalganligini o’zgartirish, qatlamni qottirish yoki bir–biri bilan bog’lash, qatlamning stilini o’zgartirish, yangi qatlam qo’shish yoki qatlamni o’chirish.
162) Qatlamlarning eng birinchisi va boshqalaridan pastda turadigan qatlam nima deb nomlanadi ?
a) Fon
163) Niqob qatlam bu …?
a) qatlamni niqob bilan berkitilgan qismini o’zgartirib bo’maydigan qatlam.
164) Korreksion qatlam bu …?
a) qatlamdagi komchiliklarni bartaraf qilish ucnun xizmat qiluvchi qatlam
165) Stil qatlam bu …?
a) qatlamgatayyor stilini qo’llash uchun ishlatiladigan qatlam.
166) Bo’yoq qushish qatlami …?
a) Qatlamni ustidan bo’yoq quyish uchun ishlatiladigan qatlam.
167) Kompyuterning RGB ranglar tizimi qaysi asosiy ranglar yordamida hosil qilinadi?
a) 3-ta rang : qizil (Red), yashil (Green) va ko’k (Blue)
168) Kompyuterning RGB ranglar tizimida har bir rang yorqinligi qanday ko’rsatiladi ?
a) 0 dan 255 gacha
169) Yashil va ko’k ranglarni qo’shganda qanday rang hosil qilinadi?
a) havo rang (cyan)
170) qizil va ko’k ranglarni qo’shganda qanday rang hosil qilinadi?
a) pushti (magenta)
171) qizil va yashil ranglarni qo’shganda qanday rang hosil qilinadi?
a) sariq (yellow)
172) Qo’shiluvchi ranglar yordamida qaysi uskunalar ishlaydi?
a) televizor, kompyuter va …
173) Kompyuterning CMYK ranglar tizimi qaysi asosiy ranglar yordamida hosil qilinadi?
a) 4-ta rang : havo rang (Cyan), pushti (Magenta), sariq (Yellow) va qora (blacK)
174) Kompyuterning CMYK ranglar tizimida har bir rang yorqinligi qanday ko’rsatiladi ?
a) har bir asosiy rang foizda ko’rsatiladi.
175) Qo’shiluvchi ranglar yordamida qaysi uskunalar ishlaydi?
a) rangli printerlar, plotterlar, nashriyottning bosma mashinalari va …
176) Kompyuterning HSB ranglar tizimi qaysi asosini ko’rsating ?
a) rang turi (Hue), rang to’yinganligi (Saturation), rang yorqinligi (Brightness)
177) Kompyuterning HSB ranglarida ILIQ ranglari … ?
a) sariq rang, sarg’ish qovoq rangi, qovoq rang, qizg’ish qovoq rang, qizil rang, qizg’ish binafsha
178) Kompyuterning HSB ranglarida SOVUQ ranglari … ?
a) binafsha rang, ko’kimtir binafsha, ko’k rang, havo rang, yashil rang, sarg’ish yashil rang.
179) Kompyuterning LAB ranglar tizimi bu … ?
a) apparatlarga bog’liq bo’lmagan va ranglarni qamram olishi eng kata bo’lgan tizim
180) LAB ranglar tizimining manosi ?
a) L – rangning yorug’ligi Lightless, yoki- qizildanyashilgacha, yoki – sariqdanko’k ranggacha o’zgarishini aniqlaydi.
181) Adobe Photoshop da rang tanlash uchun yordam beruvchi palitra nomi?
a) ranglar palitrasi (Палитра цветов) va rang (Цвет)
182) Палитра цветов - Ranglar palitrasini ekranga chiqarish uchun nima qilish kerak?
a) Uskunalar panelidagi asosiy yoki fon rangi ko’rsatuvchi sohasini tanlash
183) Adobe Photoshop da Цвет - rang palitrasini chiqarish uchun nima qilish kerak?
a) Adobe Photoshop ning asosiy menyusining Окно-Oyna bo’limining Цвет– Ranglar bandini yoqish kerak yoki klaviaturadan F6 funksional tugmasini bosamiz
184) Adobe Photoshop da Цвет - rang palitrasi qaysi qismlardan iborat?
a) Цвет– Ranglar palitrasi ikkita qismdan iborat: Цвет – asosiy ranglarning gorizontal surgichlari, Образцы – avvaldan tanlab qo’yilgan bir qator ranglar.
185) Indekslangan ranglar qaerda keng foydalanadi?
a)nashriyot, animatsiya, Internetdagi web sahifalar yaratish
Do'stlaringiz bilan baham: |