Shift + Home ёки End - Сатр бошигача ёки охиригача гурухга олиш
|
Ctrl + Shift + Home ёки End - Докуметнт бошигача ёки охиригача гурухга олиш
|
MICROSOFT ECXEL
FORMULALAR
Formula – bu “ =” tenglikdan boshlangan sonlar, jadval katakcha (yacheyka) larining adresi (murojatlar), maxsus xizmatchi so’zlar (funksiyalar) va arifmetik amallar ( + qushish , - ayirish , * kupaytirish , / bulish, % foiz hisoblash, ^ darajaga ko’tarish ) ketma-ketligi.
A1 - jadval katakcha(yacheyka)sining adresi (murojatlar) bizga qaysi jadval ustunu va satri kesishida joylashganini ko’rsatadi.
A1 - nisbiy murojat – u nusxalashda simetrik satrlar va ustun nomlari o’zgaradi.
$A1, A$1 yoki $A$1, - absolyut murojat – u nusxalashda yoki ustun yoki satr yoki butunlay ikalasining nomlari o’zgarmaydi. Absolyut murojatga o’tish uchun klaviaturadan – F4 tugmasini bosamiz.
[fayl_nomi.xls] Лист 1!A1 - MS Excel dasturida boshqa fayldagi Лист 1 nomli ishchi varoqda joylashgan A1 yacheykaga murojaat
FUNKSIYALAR
Funksiyalar – bu formulalarda qullash uchun maxsus xizmatchi so’zlar. Excelda 400 dan ortiq bo’lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliyaviy, vaqt va sana bilan ishlovchi to’rlarga bo’linadi.
=СУММ(yacheykalar bloki) - ko’rsatilgan yacheykalar bloki summasini xisoblash
=СЧЕТ(yacheykalar bloki) - ko’rsatilgan yacheykalar bloki ichida raqamlilar sonini xisoblash
=СЧЕТЗ(yacheykalar bloki) - ko’rsatilgan yacheykalar bloki ichida bush bo’lmaganlar sonini xisoblash
=СРЗНАЧ(yacheykalar bloki) - ko’rsatilgan yacheykalar bloki o’rta arifmetik sonini xisoblash
=МАКС(yacheykalar bloki) - ko’rsatilgan yacheykalar bloki ichida eng katta sonini aniqlash
=МИН(yacheykalar bloki) - ko’rsatilgan yacheykalar bloki ichida eng kichik sonini aniqlash
=КОРЕНЬ(yacheyka) - ko’rsatilgan yacheykani kvadrat ildizini xisoblash
=ЗНАК(yacheyka) - ko’rsatilgan yacheykani ishorasini aniqlaydi (-1 yoki 0 yoki 1)
=ЦЕЛОЕ(yacheyka) - ko’rsatilgan yacheykani yaxlitlash (chap tomondagi butun son)
=ABS(yacheyka) - ko’rsatilgan yacheyka modulini (absolyut qiymati – | x | ) xisoblaydi
=СТЕПЕНЬ(1-yacheyka; 2-yacheyka) - ko’rsatilgan 1-chi sonni, 2-chi son darajasiga kutarish
=ОСТАТОК(1-yacheyka; 2-yacheyka) - ko’rsatilgan 1-chi sonni, 2-chi songa bulinish qoldigi
=ФАКТ( ) - butun son faktorialini hisoblash
=LN( ) - sonning natural logarifmini hisoblash
=EXP ( ) - sonning eksponentasini hisoblash
=НОД ( ) - sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisini hisoblash
=НОК( ) - sonlarning eng kichik umumiy bo’linuvchisini hisoblash
=ОКРУГЛ( ) - sonni yaxlitlash
=ПРОИЗВЕД( ) - sonlarning ko’paytmasini hisoblash
=SIN(yacheyka)- ko’rsatilgan yacheykani sinusini aniqlash
=COS(yacheyka)- ko’rsatilgan yacheykani cosinusini aniqlash
=TAN(yacheyka) - ko’rsatilgan yacheykani tangensini aniqlash
=ATAN(yacheyka) - ko’rsatilgan yacheykani arctangensini aniqlash
=ДЛСТР(yacheyka) - ko’rsatilgan yacheykada xarflar sonini aniqlash
=БАТТЕКСТ( ) - sonni matnga almashtiradi
=ЗНАЧЕН ( ) - matn ko’rinishidagi sonni songa o’tqazish
=СЦЕПИТЬ(1-yacheyka; 2-yacheyka) - ko’rsatilgan 1-chi yacheykadagi matnga, 2-chi matn ko’shish
=НАЙТИ(1-yacheyka; 2-yacheyka) - ko’rsatilgan 1-chi yacheykadagi matnni, 2-chi matn ichida topish
=ЛЕВСИМВ(1-yacheyka; 2-yacheyka) - ko’rsatilgan 1-chi yacheykadagi matnda, 2-chi yacheykadagi son xarflarni chap tomondan olish
=ПСТР(1-yacheyka; 2-yacheyka; 3-yacheyka) - ko’rsatilgan 1-chi yacheykadagi matnda, 2-chi yacheykadan, 3-chi yacheyka xarflarni o’ng tomondan olish
=ЗАМЕНИТЬ(1-yacheyka; 2-yacheyka; 3-yacheyka) - ko’rsatilgan 1-chi yacheykadagi matnda, 2-chi yacheykadan, 3-chi yacheykadagi matnni qo’shish
=ПОВТОР(1-yacheyka; 2-yacheyka) - ko’rsatilgan 1-chi yacheykadagi matnni, 2-chi yacheyka marta takrorlash
=СЧЁТЕСЛИ(yacheykalar bloki; mantiqiy mulohaza) - ko’rsatilgan yacheykalar bloki ichida shartga javob beruvchi sonlar sonini aniqlash
=И(mantiqiy mulohazalar) - ko’rsatilgan mantiqiy mulohazalarni ko’paytirish amali
=ИЛИ(mantiqiy mulohazalar) - ko’rsatilgan mantiqiy mulohazalarni qu’shish amali
=НЕ(mantiqiy mulohazalar) - ko’rsatilgan mantiqiy mulohazalarni inqor etish amali
= ЕСЛИ(mantiqiy mulohaza; 1-amal; 2-amal) - ko’rsatilgan mulohaza bajarilishiga qarab yoki 1-amal (rost bulsa) yoki 2-amal (yolgon bulsa) bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |