Informatika fanidan



Download 0,97 Mb.
bet17/32
Sana18.07.2022
Hajmi0,97 Mb.
#822664
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
Informatika fanidan

MA’LUMOTLAR OMBORI
1) Ma’lumotlar ombori ( MO) bu - … ?
a) kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o’zaro bir-biri bilan bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir.
2) Ma’lumotlar modeli bu - … ?
a) bu ma’lumotlarning o’zaro bog’langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to’plamidir.
3) Ma’lumotlar omborining tuzishning asosiy usullari nechta ?
a) 3 ta (ierarxik, tarmoq va relyatsion).
4) Ma’lumotlar omborining tuzishning Ierarxik (shajara) modeli bu ?
a) ma’lumotlar (yozuvlar) daraxtsimon ko’rinishida saqlanadi.
5) Ma’lumotlar omborining tuzishning Tarmoq modeli bu ?
a) ma’lumotlar (yozuvlar) daraxtsimon ko’rinishida bo’lsada, tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo’q.
6) Ma’lumotlar omborining tuzishning Relyatsion (o’zaro bog’langan) modeli bu ?
a) ma’lumotlar jadval ko’rinishda saqlanadi.
7) Ma’lumotlar necha usuldan foydalanib olish mumkin ?
a) 2 ta (tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan).
8) Ma’lumotlarni tuzilmalashtirilmagan usuli bu … ?
a) ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo’lmaganda ularni olish usuli
9) Ma’lumotlarni tuzilmalashtirilgan usuli bu … ?
a) ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo’lgandagi ularni olish usuli.
10) Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) bu … ?
a) foydalanuvchilar tomonidan ma’lumotlar omborini yaratish, to’ldirish va birgalikda qo’llash uchun mo’ljallangan dasturiy vositalar tizimidir.
11) Ma’lumotlar omborini boshqarish tizim dasturiy vositalari bu ?
a) MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL.
12) Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimda yaratilgan va ular ostida boshqariladigan fayl nima deb yuritiladi ?
a) ma’lumotlar banki keyinchalik esa ma’lumotlar ombori.
13) Hozirgi vaqtda deyarli barcha Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlar qanday model asosida tashkil qilinadi ?
a) relyatsion (o’zaro bog’langan – jadval ko’rinishidagi) modeli.
14) MS Access ning asosiy afzalliglari ?
a) ma’lumotlar omborini yaratish, saqlash, izlash va qayta ishlash avtomatlashtirilganligi, hamda MS Office tarkibiga kiruvchi dasturlar bilan oson o’zaro import va eksport qilish mumkinligi.
15) MS Access 2010 tasmasidagi bo’limlar ?
a) Файл, Главная, Создание, Внешние данные, Работа с базами данных, Поля, Таблица.
16) MS Access 2010 tasmasidagi - Файл - bo’lim imkoniyatlar vazifasi?
a) ma’lumotlarni xotirada saqlash, ochish, qog’ozga chop etish, dasturning parametrlarini sozlash imkoniyatlari.
17) MS Access 2010 tasmasidagi - Главная - bo’lim imkoniyatlar vazifasi?
a) jadvaldagi ma’lumotlarni filtrlash, saralash, qayta ishlash imkoniyatlari.
18) MS Access 2010 tasmasidagi - Создание - bo’lim imkoniyatlar vazifasi?
a) jadvallar,so’rovlar, formalar, hisobotlar, modular, makroslar yaratish imkoniyatlari.
19) MS Access 2010 tasmasidagi – Внешние данные - bo’lim imkoniyatlar vazifasi?
a) yaratilgan ma’lumotlarni import, eksport qilish va electron manzillarga jo’natish imkoniyatlari.
20) MS Access 2010 tasmasidagi – Работа с базами данных - bo’lim imkoniyatlar vazifasi?
a) makroslar yaratish, hosil qilingan jadvallarni o’zaro boglash, SQL server ombori bilan bog’lash imkoniyatlari.
21) MS Access 2010 tasmasidagi - Поля - bo’lim imkoniyatlar vazifasi?
a) maydon turlari, xossalarini o’zgartirish, jadval formatlarini tahrirlash, matematik funksiyalardan foydalanish imkoniyatlari.
22) MS Access 2010 tasmasidagi - Таблица - bo’lim imkoniyatlar vazifasi?
a) makros yaratish, jadvallrni o’zaro bog’lash xossalarini o’rnatish imkoniyatlari.
23) MS Access 2010 ning ma’lumotlar omborining asosiy elementlari?
a) jadvallar (Таблицы), so’rovlar (Запросы), formalar (Формы), varoqlar (Страницы), xisobotlar (Отчёты), makroslar (Макросы).
24) MS Access 2010 ning jadvallar (Таблицы) asosiy element vazifasi?
a) ma’lumotlarni saqlashga xizmat qiluvchi jadvallari.
25) MS Access 2010 ning so’rovlar (Запросы) asosiy element vazifasi?
a) ma’lumotlarni tanlash shartlari berish orqali xosil qilingan yangi jadvallar.
26) MS Access 2010 ning formalar (Формы) asosiy element vazifasi?
a) ma’lumotlarni ko’rish va tahrirlashni qulay holatda bajarish blank oynalari.
27) MS Access 2010 ning varoqlar (Страницы) asosiy element vazifasi?
a) ma’lumotlarni ko’rish va tahrirlashni Internet brouzerlar yordamida HTML formatida tasvirlash varoqlar.
28) MS Access 2010 ning xisobotlar (Отчёты) asosiy element vazifasi?
a) ma’lumotlarni umumlashtirish va chop qilishni tasvirlash varoqlar.
29) MS Access 2010 ning makroslar (Макросы) asosiy element vazifasi?
a) bir yoki bir nechta buyruq va amallarni avtomatik ravishda bajarish.
30) MS Access 2010 jadvalga ma’lumotlarni kiritish maydon turlari?
a) Matnli (Текстовый), MEMO maydoni (поле МЕМО), Raqamli (Числовой), Sana/vaqt (Дата/время), Pullik (Денежный), Hisoblagich (Счётчик), Mantiqiy (Логический),OLE obyekti (Поле объект ОЛЕ), Gipermurojaat (Гиперссылка), Qo’shish (Вложение).
31) MS Access 2010 jadvalga ma’lumotlarni kiritish Matnli (Текстовый) maydonni tariflang?
a) uzunligi 255 belgidan oshmagan matnlardan tashkil topgan.
32) MS Access 2010 jadvalga ma’lumotlarni kiritish MEMO maydoni (поле МЕМО) maydonni tariflang?
a) hajmi 65 535 belgidan ko’p bo’lmagan matnli va raqamli ma’lumotlar.
33) MS Access 2010 jadvalga ma’lumotlarni kiritish Raqamli (Числовой) maydonni tariflang?
a) turli raqamli qiymatlarni saqlaydi.
34) MS Access 2010 jadvalga ma’lumotlarni kiritish Sana/vaqt (Дата/время) maydonni tariflang?
a) sana va vaqtlar kiritish mumkin.
35) MS Access 2010 jadvalga ma’lumotlarni kiritish Pullik (Денежный) maydonni tariflang?
a) raqamlar (butun qismi 15 va kasr qismi 4 ta razryadgacha) kiritish mumkin.
36) MS Access 2010 jadvalga ma’lumotlarni kiritish Hisoblagich (Счётчик) maydonni tariflang?
a) avtomatik ravishda jadvalning satrlarini raqamlash mumkin.
37) MS Access 2010 jadvalga ma’lumotlarni kiritish Mantiqiy (Логический) maydonni tariflang?
a) maydonga HA (1 yoki rost) yoki YOQ (0 yoki yolg’on) qiymatni saqlash mumkin.

38) MS Access 2010 jadvalga ma’lumotlarni kiritish OLE obyekti (Поле объект ОЛЕ) maydonni tariflang?


a) OLE-server tomonidan qayta ishlangan obyektlarni joylashtirish mumkin.
39) MS Access 2010 jadvalga ma’lumotlarni kiritish Gipermurojaat (Гиперссылка) maydonni tariflang?
a) qattiq diskda joylashgan boshqa faylga giperbog’lanish hosil qilish mumkin.
40) MS Access 2010 jadvalga ma’lumotlarni kiritish Qo’shish (Вложение) maydonni tariflang?
a) matematik funksiyalar bilan ishlash mumkin.
41) MS Access 2010 yaratilgan fayl kengaytmasini ayting?
a) база.accdb
42) MS Access 2010 da jadvalni hosil qilib, ularga ma’lumotlarni kiritish usullari nechta?
a) 3 ta (1-ma’lumotlarni to’g’ridan to’g’ri kiritish, 2-konstruktor rejimi, 3-jadvallar konstruktori)
43) MS Access 2010 da bir nechta jadvallarni bir biri bilan o’zaro bog’lash uchun nima qilish kerak?
a) Jadvallarni yaratib, Работа с базами данных menyusining Схема данных bo’limidan Добавление таблицы yordamida jadvallarni Добавить yordamida qushib ularni bog’laymiz
44) MS Access 2010 da jadvaldagi ma’lumotlarni berilgan shablon bo’yicha izlash va qayta ishlash uchun nima qilish kerak?
a) Jadvallarni ochib, kerakli ustunni tanlaymiz, Главная menyusining Выделение bo’limini tanlab kerakli shartni tanlaymiz yoki Дополнительно yordamida yangi filtlash shartini shablonini yaratamiz
45) MS Access 2010 da so’rovda ma’lumotlarni berilgan shablon bo’yicha izlash va qayta ishlash uchun nima qilish kerak?
a) So’rovni yaratib, uni Конструктор yordamida ochamiz, kerakli ustunni tanlaymiz, Условие отбора satridan filtrlash shartini yozamiz
46) MS Access 2010 da jadvaldagi ma’lumotlarni saralash uchun nima qilish kerak?
a) Jadvallarni ochib, kerakli ustunni tanlaymiz, Главная menyusining По возрастанию yoki По убыванию bo’limini tanlab ma’lumotlarni o’sish yoki kamayish tartibida saralaymiz
47) MS Access 2010 da so’rovda ma’lumotlarni saralash uchun nima qilish kerak?
a) So’rovni yaratib, uni Конструктор yordamida ochamiz, kerakli ustunni tanlaymiz, Сортировка satridan saralash tartibini tanlaymiz
48) MS Access 2010 da Formalarni yaratish qanday amalga oshirish mumkin?
a) 2 usul (Конструктор форм yoki Мастер yordamida )

49) MS Access 2010 da jadvallarda ustunlardagi ma’lumotlarni hisoblatish qanday amalga oshirish mumkin?


a) Jadvalni ochib, Главная menyusining Итоги bo’limini tanlaymiz hamda hosil bo’lgan satrda kerakli amalni (Сумма, среднее, количество значений, максимальное, минимальное, стандартное отклонение, дисперсия) tanlaymiz
49) MS Access 2010 da so’rovlarda ustunlardagi ma’lumotlarni hisoblatish qanday amalga oshirish mumkin?
a) So’rov yaratiladi va Конструктор holatida ochib, kerakli ustun kontekst menyusi ichida Построить bo’limini tanlaymiz hamda so’rovdagi ustunlar bilan har xil matematik hisob ishlarni yaratamiz
50) MS Access 2010 da so’rovlarda qanday matematik amallarni qullash mumkin?
a) + qo’shish, - ayirish, * ko’paytirish, / bo’lish, ^ darajaga ko’tirish
51) MS Access 2010 da so’rovlarda qanday matematik munosabat amallarni qullash mumkin?
a) > katta, < kichik, = teng, >= katta yoki teng, <= kichik yoki teng, <> teng emas
52) MS Access 2010 da so’rovlarda qanday matematik funksiyalar qullash mumkin?
a) ABS - son modulini , SQR – son kvadrat ildizi , COS – son kosinusini, SIN – son sinusini , TAN – son tangensini , ATN – son arctangensini , LOG – son logarifmini , RND – 0 va 1 oraliqdagi istalgan sonni tanlab olish , INT – son butun qismini hisoblash
53) MS Access 2010 da so’rovlarda qanday statistik funksiyalar qullash mumkin?
a) MAX – eng katta qiymatni , MIN – eng kichik qiymatni , SUM – sonlar yig’indisini topish
54) MS Access 2010 da so’rovlarda qanday mantiqiy amallarni qullash mumkin?
a) NOT – inkor , AND – va , OR - yoki



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish