O‘ZEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Amaliy Matematika Va Informatika Fakulteti
206-Guruh
Mavzu: Informatika fani o’qituvchisining pedagogik faoliyatiga
qo’yiladigan asosiy talablar
Bajardi:Yo‘ldosheva R.
Tekshirdi:Bozorov I
Samarqand-2019
Reja
Informatika fani o’qituvchisining kasbiy faoliyatiga qo’yiladigan talablar
Informatika fani o’qituvchisining asosiy qobuliyatlari
O’qituvchining jamoaviy ishlari
O’qituvchining darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil qilishi
Har qanday fan o’qituvchilarida quyidagi qobuliyatlar bo’lishi lozimi:
Mutaxasisligi bo’yicha chuqur bilim,ko’nikma va malaka ega bo’lish
O’quvchilar bilan individual va jamoaviy ishlash qobuliyati
Tashkilotchilik
Tarbiyachilik
Psixologik bilimga ega bo’lish
Sabr-toqatlilik
Ser mulohazalilik
O’z fikrini erkin bayon qila olish
Davlat hujjatlari bilan ishlay olish qobuliyati
Kreativlik
Yuqorida sanab o’tilgan qobuliyatlarimizning barchasi Informatika o’qituvchisiga ham xos bo’lgan talablardir. Informatika o’qituvchisi bulardan tashqari axborot texnologiyalari bilan bemalol ishlay oluvchi, kompyuter texnikasi uskunalarini yaxshi biluvchi bo’lishi zarur.
Mutaxasisligi bo’yicha chuqur bilim,ko’nikma va malaka ega bo’lish.
Ushbu qobuliyat har bir o’qituvchi uchun zarur. Chunki o’z mutaxasisligi buyicha bilim, ko’nikma va malakasi yo’q bo’lgan shaxsni o’qituvchi deb bo’lmaydi. Qachonki o’zida bilim bor bo’lgan odamgina boshqalarga bilim bera oladi. Ko’nikmasi bo’lsagina o’quvchilarga amaliy mashg’ulotlarni o’rgata oladi.
O’quvchilar bilan individual va jamoaviy ishlash qobuliyati
Bu qobuliyat ham o’qituvchining asosiy qobuliyati. Chunki o’qituvchilar doimo o’quvchilar jamoasi yoki bir o’quvchi bilan ishlashiga to’g’ri keldi. Agarda faqatgina jamoaviy yoki bo’lmasa individual ishlashga o’rgangan o’qituvchi mukammal bo’la olmaydi. Har xil vaziyat bo’lishi mumkin. bazida jamoa, bazida yakka o’quvchi bilan ishlashga to’g’ri keladi. Ba;zi o’qituvchilar bitta o’quvchi bilan ishlaganda o’zini yuqotib qo’yishi mumkin, chunki o’quvchining bor etibori o’qituvchida bo’kladi. Lekin bazi o’qituvchilar o’quvchilar bilan jamoaviy ishlarni olib borolmaydi, barcha o’quvchini o’ziga jalb qila olmaydi. Shuning uchun ushbu qobuliyat o’qituvchilarda bo’lishi shart.
Tashkilotchilik
Bu qobuliyat nafaqat o’qituvchi balki o’quvchilarda ham bo’lishi zarur. Chunki ta’lim jarayonida faqatgina dars o’tish emas balki turli xil bayramlar, ilmiy kechalar tashkillashtirishga to’g’ri keladi. Olimpiadalar uyushtirish, sinflar o’rtasida turli xil ko’rik tanlovlar o’tkazish ham o’qituvchiga foyda keltiradi va ushbu qobuliyat bo’lsagina ularni amalga oshira oladi.
Tarbiyachilik
Biz bilamizki ta’lim va tarbiya bir-biri bilan uzviy bog’liq. Ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Ta’lim va tarbiyani birdek olib boorish uchun o’qituvchida tarbiyachilik qobuliyati rivojlangan bo’lishi kerak. Tarbiya jarayoni murakkab jarayondir. Bunda har bir o’quvchining harakter xususiyatidan kelib chiqib tarbiyaviy jarayon amalga oshirilsa qilgan ishimiz samaralio bo’ladi.
Psixologik bilimga ega bo’lish
Bu qobuliyat bo’lsagina ta’lim jarayonimiz samarali bo’ladi. Chunki har bir o’quvchi turli xil harakterga ega. Kimgadir tanbex berib tushuntirsa o’qiydi, kimdir esa yumshoq muomala kutadi. Shunday vaziyatlar bo’ladiki o’quvchilaringizdan biror biri tushkunlikka tushib qolgan. Siz o’quvchiga ko’maklashishingiz uchun uning ichidan qanday fikrlar o’tayotganini sezishingiz lozim. Dars davomida barcha o’quvchiga etiborli bo’lish lozim. O’quvchilarning tashqi ko’rinishi, o’zini tutishi, mimikasi, qo’l barmoqlarinjing holatiga qarab ham o’quvchi nimani his qilyotganini bilish zarur.
Sabr-toqatlilik
Bu qobuliyat ham o’qituvchi uchun muhim. Sabr qilishni bilgan o’qituvchigina oliy maqsadga erishadi. Texnika bilan ishlash jarayonida ham sabrli bo’lish lozim. Mabodo kompyuteringiz tusatdan qotib qoldi sekin ishlamoqda jaxl qilmay kuting. O’quvchilarga ham bir mavzuni o’rgatdingiz. O’quvchilar tushunmadimdeb turaversa, bunday paytlardsa og’irlik va mazminlik bilan mavzuni boshqa usulda tushuntirishga harakat qilish lozim
Ser mulohazalilik
Shunday holatlar bo’ladiki mavzu bo’yicha muammolarga duch keldingiz yoki o’quvchilar tomonidan biror muammo aytildi. Siz sermulohazalik bilan to’g’ri yo’lni topib ketishingiz zarur.
O’z fikrini erkin bayon qila olish
Qachonki o’qituvchi o’z fikrini erkin bayon qila olsagina o’quvchilar ichida hurmatga ega bo’ladi va ta’lim jarayoni samarali bo’ladi. Biz o’qituvchilar ota-onalar jamiyatdagi odamlar bilan ko’p hollarda muloqotda bo’lamiz. Bunday vaziyatlarda fikrimizni erkin bayon qila olishimiz lozim.
Davlat hujjatlari bilan ishlay olish qobuliyati
Davlat hujjatlari bilan ishlash o’qituvchilarning doimiy faoliyatidir. Har kuni davlat hujjatlari bilan ishlaymiz. Ularni yuritish qonun-qoidalarini bilishga majburmiz.
Bulardan tashqari Informatika o’qituvchiusi kompyuter texnikasini mukammal bilishi, nafaqat kompyuter balki ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalarni ham mukammmal bilishi lozim.
Yana bir qobuliyat o’qituvchida kreativlik qobuliyati ham bo’lishi lozim. Kreativlik bu ta’lim jarayonida o’zgacha metodlarni, o’zgacha usullarni qo’llay olish demakdir. Har bir darsga yangilik kiritib o’tish ham o’qituvchiga xos.
Har bir pedagog DTS ni mukammal bilishi, baholash mezonlarini bilishi lozim. Mavjud texnologiyalkardan unumli foydalanish ham Informatika o’qituvchisining asosiy qobul;iyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |