Morze alifbosi. 1901 yilning 11 dekabr sanasida muhandis Gulelmo Markoni Morze alifbosi orqali boshqa qit’aga birinchi signalni jo‘natishga muvaffaq bo‘ladi. Bu signal, yirik ko‘lamli hisoblanmasa-da, bir qit’adan boshqa qit’aga yuborilgan ilk aloqa bo‘lgan. Markoni Kornuoll grafligidan (Buyuk Britaniya) Nyufaundlendga (Kanada) faqat inglizcha S harfidan iborat bitta signal translatsiya qilgan edi, xolos. Markoni tomonidan signal jo‘natish uchun barpo etilgan balandligi 150 metr bo‘lgan antenna, aytish kerak, kuchli shamollarga ham qiyinchilik bilan dosh bergan.
Vatanimizda informatika fanining rivojlanish istiqbollari. Jamiyatning ko‘pchilik a’zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlami ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo'lgan jamiyat.
Axborotlashgan jamiyatga o'tishda kompyuter va telekommunikatsiya
axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Hozirgi paytda u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o‘rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada teng qatnashishi uchun o‘z iqtisodiy tuzilishi, ustuvor jihatlari, boyliklari, institutlarini qayta qurishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi kerakligi ravshan bo'lmoqda.
Bizning respublikamiz ham mustaqillik tufayli axborotlashgan jamiyat tomon kirib bormoqda. Bu masala mamlakat Prezidenti va Respublika hukumatining diqqat markazida birinchi masalalar qatorida turibdi.
Kibernetika hamda informatika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va xalq xo‘jaligiga joriy etish maqsadida 1956-yilda akademik M.T.O‘rozboyev tashabbusi bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida, V.I. Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo‘limi ochildi. 1966-yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida hisoblash markazi bo'lgan Kibernetika instituti, 1978-yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va respublikada axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-dekabr qarori bilan Fan va texnika bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi (FTDQ) qoshida Axborotlashtirish bo‘yicha bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi.
Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari doirasida O’zR FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga yo'naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi.
Axborotlashtirish haqidagi (1993-yil, may), EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi (1994-yil, may) qonunlar shular jumlasidandir.
Vazirlar Mahkamasi Axborotlashtirish haqidagi Qonun talablarini bajara borib, 1994-yil dekabrda O’zbekiston Respublikasini axborotlashtirish konsepsiyasini ma’qulladi. Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo'yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir:
• milliy axborot-hisoblash to'rini yaratish;
• axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va
me'yoriy hujjatlarini yuritish;
• axborotlami qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish;
• informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;
• axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quwatlash;
• informatika vositalaridan foydalanuvchilami tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.
Konsepsiyaning asosiy qoidalari hisobga olingan «O’zbekiston
Respublikasining axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi. U uch maqsadli dastumi o‘z ichiga oladi:
a) milliy axborot-hisoblash tarmog‘i;
b) EHMni matematik va dasturiy ta’minlash;
d) shaxsiy kompyuter.
Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyotining asosi bo’lmish hisoblash
texnikasidan ishlab-chiqarishning turli iqtisodiy vazifalarini hal etish va har xil
murakkab masalalarni echishda keng foydalanilmoqda, chunki juda ko’p faktorlarni
hisobga olish, ulkan hajmdagi axborotlar bilan ishlash zaruriyati- elektron
mashinalarsiz hal etishga imkon bermaydi. Hisoblash texnikasi yordamida
mashinasozlik, transport ishlab-chiqarishini rejalashtirish, loyihalash, hisoblash
hamda tahlil ishlari keng hal qilinmoqda. SHuning uchun ham hisoblash texnikasi
keng joriy etilishi munosobati bilan bu texnikalardan mustaqil foydalana oladigan
mutaxassislarga talab oshib bormoqda.
Fanning asosiy maqsadi ham talabalarga zamonaviy kompyuterlarda ishlashni
o’rgatishdan iboratdir. Bu fanni o’rganish mobaynida talabalar kompyuterlarning
ichki va tashqi qurilmalari va ularning ishlash prinpiplari bilan tanishish bilan bir
qatorda aniq yo’nalishdagi masalalarni echishga qaratilgan dastur mahsulotlari bilan
ishlash qoidalarini ham o’rganib boradilar. Umuman bu fan orqali talaba
kompyuterda mustaqil ishlay oladigan foydalanuvchiga aylanadi