Mavzu: Informatika va informatika oʼqitish metodikasi fanlarining asosiy tushunchalari, maqsadi va vazifalari. Oʼzbekistonda bu fanni oʼqitishning rivojlantirilishi asoslari.
Reja:
«Informatika» fan va o'quv predmeti sifatida
Informatikani o’qitishning maqsadi va vazifalari
«Informatika» fanining vazifasi
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
1.«Informatika» fan va о‘quv predmeti sifatida
Informatika о‘quv predmeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun informatikaniо‘qitish metodikasi birinchi navbatda informatika fanining metodologiyasiga asoslanadi. О‘zining xulosalarida u ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma’lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari informatikaniо‘qitish metodikasi fiziologiya va psixologiya fani tomonidanо‘rgatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ta’lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan informatikaning fan sifatidaо‘ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutganо‘rni va rolidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda informatikaniо‘qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
о‘quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;
о‘quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustaxkam va ongliо‘zlashtirib olishlarini ta’minlash;
о‘quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy kо‘rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish;
hayotida kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish kо‘nikmalarini shakllantirish;
Informatika predmetining pedagogik funksiyalari insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishdagi qо‘shadiganо‘ziga hos qissasi bilan aniqlanadi.
О‘quvchilar tomonidan informatika asoslarini egallash va ularni tafakkurini rivojlantirish. Bu vazifa informatikaо‘qituvchisi oldida turgan birinchi vazifadir.
Ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barchaо‘quv predmetlariniо‘qitish jarayonida ishtirok etadi.
Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.
О‘quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta’lim olishni davom ettirishga tayyorlash.
«Informatika» fanining predmeti bir biri bilan uzviy bog’liq uchta tushuncha: algoritmlash, dasturlash va EHMdan tashkil topgan bo’lib, talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini o’stirish, kompyuter savodxonligini oshirish va EHMni o’qish jarayonida, ilmiy texnik ishlash ishlarida, ilmiy izlanishlarda va kelajakdagi muhandislik faoliyatlarida qo’llash bilimlarini berishni nazarda tutadi. «Informatika» fanining vazifasi talabalarga EHMda qayta ishlov uchun zarur bo’lgan axborotlarni tasvirlash yechilayotgan masalani birmuncha sodda bo’laklarga bo’lib, matematik modellash asoslarini o’zlashtirish, asosiy algoritmlar turlarini, algoritmik tillardan birini mukammal bilish, dastur tuzish va uni EHMga kiritib natija olish va shaxsiy kompyuterlarda ishlashni o’rgatishdan iboratdir.
Hozir insoniyat tashabbusidagi har bir ishda EHMni qo’llanilayotgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda. EHM ning dunyoga kelishiga avvalam bor injenerlar va fiziklar juda muhtoj bo’lganlar desak mubolag’a bo’lmaydi. Juda tez rivojlanib borayotgan fan va texnikaning oldida turgan masalalarni juda katta hisoblashlarga olib keladi va bo’larni faqat EHM yordamida hisoblash mumkinligini olimlar tushunib yetdilar. Endi EHM larning eng oddiy to’plamlaridan tanlashni boshlaymiz. Boshlang’ich informatsiyalar mashinaga uzluksiz chizislar, ya'ni tenglamalar yordamida berilishi mumkin bo’lsa va bunda mashinalarning o’zi hisoblashlarni davom ettirib chizmani ekranga chisarsa, bunday mashinalar avtomatik hisoblash mashinalari (AHM) deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |