Farg’ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti amaliy matematika va informatika yo’nalishi 19.08b guruh talabasi Todjiyeva Dilfuzaning Matematika va informatika o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: “Informatika darslarida bilimni tekshirish usullari” - Interfaol metodlardan foydalaniladigan o’quv jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar, ijodiy ishlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi.
Informatikani o’qitishda o’qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri Me’zonga asoslangan baholash- baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchash shaklidir. Bunda natijalar to‘g‘ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlardan kuchsiz guruhlarni yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki, ta’lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham baho beriladi. Informatika va axborot texnologiyalaridan nimani baholash kerak?- deganda, nazariy bilimlarni baholash, amaliy ko‘nikma va malakalarni baholash nazarda tutiladi. - Me’zonga asoslangan baholash- baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchash shaklidir. Bunda natijalar to‘g‘ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlardan kuchsiz guruhlarni yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki, ta’lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham baho beriladi. Informatika va axborot texnologiyalaridan nimani baholash kerak?- deganda, nazariy bilimlarni baholash, amaliy ko‘nikma va malakalarni baholash nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |