Orqaga
(Íàçàä)
Oldinga
(Âïåð¸ä)
To‘xtatish
(Îñòàíîâèòü)
Yangilash
(Îáíîâèòü)
Bosh sahifaga
(Äîìîé)
Izlash
(Ïîèñê)
Tanlangan
(Èçáðàííîå)
Jurnal
(Æóðíàë)
Pochta
(Ïî÷òà)
Chop etish
(Ïå÷àòü)
Bu amallar, odatda, Internet Explorer menyulariga deyarli
murojaat qilmasdan ishlashni ta’minlaydi.
Internet Explorer dasturi ishlash uchun qulay bo‘lib, oson
o‘zlashtiriladi. Chunki bu dastur yordamida Internet tarmog‘idagi
websahifa ochiladi va zarur bo‘lsa, qog‘ozga chop etiladi yoki
diskda saqlab qo‘yiladi.
Internet tarmog‘idagi websahifani ochish uchun Internet Explorer ning
manzillar satriga kerakli websahifa manzilini yozib,
ENTER
kla
vishini bosish kifoya. Masalan, manzillar satriga
www.google.ru
deb
yozib,
ENTER
klavishini bossak, bir necha soniyadan keyin ma’lu
motlar oynasida
google.ru
websahifasi paydo bo‘ladi. Xuddi shunday
ketmaket bir nechta websahifani ochish mumkin. Uskunalar pa
nelidagi «orqaga» va «oldinga» amallari yordamida ochilgan websa
hifalar bo‘ylab harakatlanish, ya’ni oldingi yoki keyingi ochilgan
websahifaga o‘tish mumkin. Websahifaning haj
miga qarab, uning
ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarfla
nishi mumkin. Websahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekran
da astasekin ko‘rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi
«To‘xtatish» tugmasini bossangiz, websahifani internetdan qabul
qilish to‘xtatiladi va ma’lumotlar oynasida mazkur websahifaning
o‘qib ulgurilgan qismi qoladi.
Ma’lumotlar oynasidagi websahifani qog‘ozga chop etish uchun
uskunalar panelidagi «chop etish» tugmasi bosiladi. Teztez murojaat
qilib turiladigan websahifalarni «
Tanlangan
» papkasiga qo‘shib
qo‘yish mumkin. Buning uchun uskunalar panelidagi «tanlangan»
tugmasi bosiladi.
61
13-dars. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar
Hosil bo‘lgan «Tanlangan» oynasidagi «Qo‘shish…» (Äîáàâèòü…)
tugmasi bosilsa, ekranga «Tanlanganlarga qo‘shib qo‘yish» (Äîáàâ
ëåíèå â èçáðàííîå») lavhasi chiqadi. Bu lavhadagi «Ok» tugmasi
bosilsa, ko‘rsatilgan websahifa «Tanlangan» papkasiga qo‘shib
qo‘yiladi. Keyinchalik «Tanlangan» papkasiga kirganda, undagi web
sahifalar ro‘yxatida mazkur websahifa nomini ko‘rish mumkin. Endi
bu websahifani chiqarish uchun uning ro‘yxatdagi nomini tanlash
kifoya.
1. Internetning WWW xizmatidan foydalanish imkoniyatini beruv
chi dasturlar haqida ma’lumot bering.
2. Webbrauzerlarning asosiy vazifalarini aytib bering.
3. Birinchi Webbrauzer qachon va kim tomonidan ishlab
chiqarilgan?
4. Internet Explorerni ishga tushirish usullarini amalda ko‘rsatib
bering.
5. Internet Explorerning menyulari haqida so‘zlab bering.
6. «Tanlangan» menyusining asosiy vazifalarini izohlang.
7. Internet Explorerning uskunalari vazifalarini tahlil etib bering.
1. Nuqtalar o‘rniga o‘ng ustundagi kerakli so‘zlarni joylashtirib
ko‘chiring:
Birinchi … 1990yil
Tim Berners-Li
tomonidan ishlab
chiqilgan.
Web-sahifa
Webbrauzerlar – …ni ko‘rsatishni ta’minlovchi dastur.
Tahrir menyusi
… yordamida
qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish
amallari bajariladi.
Web-brauzer
2. «Tanlangan» papkasiga quyidagi websahifalardan birini qo‘
shing:
Do'stlaringiz bilan baham: |