Tizim konfiguratsiyasi. Qattiq disk kompyuter korpusiga montaj qilib bo‘linganidan so‘ng, tizimni konfiguratsiyalashga kirishish mumkin. Tokka ulanishi bilan, yuklanish to‘plovchidan amalga oshirilishi uchun kompyuterga to‘plovchi haqidagi axborotni xabar qilish kerak. Bu axborotni kiritish va saqlash usuli to‘plovchi va kompyuterning turiga bog‘liq bo‘ladi. Qattiq disklarning ko‘pchiligi uchun (SCSI turidagilardan tashqari) sozlashning standart jarayonlari mavjud. SCSI to‘plovchilarini konfiguratsiyalash murakkab ish bo‘lib u kompyuterga o‘rnatilgan asosiy adaptorning turiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |